1- laboratoriya ishi Po‘latni cho‘zilishga sinash va uning elastiklik modulini aniqlash


Download 212.33 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi212.33 Kb.
#1329630
  1   2   3
Bog'liq
1-lab


1- laboratoriya ishi


Po‘latni cho‘zilishga sinash va uning elastiklik modulini aniqlash


1.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad
1. Po‘latning elastiklik modulini aniqlash.
2. Cho‘zilishda Guk qonunini tekshirish.
1.2. Ish bo‘yicha asosiy tushunchalar
Sterjenga cho‘zuvchi (siquvchi) yuk statik ravishda qo‘yilsa yukning miqdori noldan berilgan qiymatgacha asta-sekin oshib boradi, sterjen ko‘ndalang kesimidagi kuchlanish proporsionallik chegarasidan kichik holda hosil bo‘layotgan absolyut uzayish (qisqarish) o‘zgarayotgan yuk miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni
. (1.1)
Bu formula Guk qonunini ifodalaydi.
Bunda P–sterjenga qo‘yilgan bo‘ylama kuch, l –sterjenning uzunligi, Fo–sterjen ko‘ndalang kesimining yuzasi, E–sterjen materialining elastiklik moduli, –sterjenning absolyut uzayishi.
Guk qonunidan (1.1) foydalanib, materialning elastiklik moduli aniqlanadi:
(1.2)
(1.2) formulaga asosan elastiklik modulini aniqlash uchun namunani sinash mashinasining qisqichlariga mahkamlab, statik ravishda cho‘zuvchi yuk ta’sir ettiriladi.
Cho‘zilishda Guk qonunini tekshirish uchun namunaga qo‘yiladigan yukni bir xil bosqich bilan bir necha marta oshirib, har bosqichga mos kelgan absolyut uzayish o‘lchanadi.
Yukning har bir bosqichiga to‘g‘ri kelgan absolyut uzayish miqdorlarining bir-biriga deyarli tengligi cho‘zilishda Guk qonuni to‘g‘ri ekanligini isbotlaydi.
va P koordinata o‘qlarida cho‘zilish diagrammasini chizsak, u to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi.
1.3. Tajribani o‘tqazishda ishlatiladigan mashina
Tajriba ikki plunjerli, besh shkalali UG-20/2 universal gidravlik mashinada o‘tkaziladi. Bu mashina yordamida namunaga 20 tonnagacha yuk quyilishi mumkin. Mashinaning 1.1-shaklda keltirilgan soddalashtirilgan sxemasida yuk hosil qiluvchi qism (1), yukni o‘lchaydigan qism (2), diagramma chizuvchi baraban (3) va sinaladigan namuna (4) ko‘rsatilgan. Namuna qo‘zg‘almas (5) va qo‘zg‘aluvchan (6) qisqichlarga mahkamlangan.
Mashinaning yuk hosil qiluvchi qismida joylashgan gidravlik nasos (7) elektromotor yordamida mineral moyni trubka (8) orqali mashina silindriga (9) uzatib, porshen (10) ostida katta bosim hosil qiladi. Bunda porshen va unga mahkamlangan yuqoridagi (11) va pastki (12) traverslar yuqoriga ko‘tarilib namunani cho‘zadi.
Porshen ostidagi bosim trubka (13) yordamida kuch o‘lchovchi qismdagi silindrga uzatiladi. Bu silindr porsheni richaglar va mayatnik orqali yuk o‘lchovchi shkalaning strelkasi (14) bilan bog‘langan. Shuning uchun porshen harakatlanganda, strelka burilib shkalada namunaga ta’sir qilayotgan kuchning miqdorini ko‘rsatadi.
va P o‘qlarda cho‘zilish diagrammasini chizish mahsus asbobda (3) bajariladi. Diagramma chizadigan qalam (15) yuk o‘lchovchi strelka bilan bog‘langan reykaga (16) o‘rnatilgan. Shuning uchun namunaga qo‘yilgan yukning miqdorini ko‘rsatuvchi strelka burilganda, reyka ham siljib qalamni P o‘qi bo‘yicha harakatga keltiradi. Qalamning o‘qi bo‘ylab siljishi baraban (3) ning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida hosil bo‘ladi. Baraban bloklar orqali o‘tgan va uchiga yuk (17) osilgan shnur (18) yordamida qo‘zg‘aluvchan qisqich joylashgan travers bilan bog‘langan. Namuna cho‘zilganda qo‘zg‘aluvchan qisqich va travers bilan yuqoriga ko‘tariladi va osilgan yuk ta’siridan surilib, barabanni aylantiradi.
1.2-shaklda richagli MIL tenzometri keltirilgan. Tenzometr bazasi 100 mm. Kattalashtirish koeffitsienti K=500.










1.1- shakl

1.2-shakl


Download 212.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling