1 – mavzu. Statik noaniq sistemalar va ularning xususiyatlari


Download 152 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi152 Kb.
#1116765
  1   2   3
Bog'liq
1-Маъруза


1 – MAVZU. Statik noaniq sistemalar va ularning xususiyatlari. Statik noaniq sistemalar to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Statik noaniq sistemalarning xususiyatlari. Statik noaniq sistemalarni hisoblash usullari. Statik noaniq sistemalarni hisoblashning kuchlar usuli. Statik noaniqlik darajasi.


Reja:

1. Statik aniqmas sistemalar to‘g‘risida tushuncha.


2. Statik noaniq sistemalarning xususiyatlari.
3. Statik aniqmas sistemalarni hisoblash usullari.
4. Kuch usulining mohiyati.
5. Statik noaniqlik darajasi.

Qurilish amaliyotida asosan statik noaniq (statik aniqmas) sistemalar ko’proq ishlatiladi. Statik noaniq sistemalar statik aniq sistemalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:


1) Statik noaniq sistemalar o’ziga mos bo’lgan statik aniq sistemalarga nisbatan tejamli hisoblanadi (1 – rasm, a va б).
2) Statik noaniq sistemalarda birorta bog’lanishning ishdan chiqishi inshootning butunlay ishdan chiqishiga olib kelmaydi. Bu hol statik aniq sistemalarning butunlay ishdan chiqishiga olib keladi (1 – rasm, a va б).
3) Statik noaniq sistemalar tarkibida ortiqcha bog’lanishlarning mavjudligi ularning mustahkamligini oshiradi (1 – rasm, a).

1 – rasm.
Elementlarida tashqi kuchlardan hosil bo’ladigan zo’riqish va tayanch reaktsiya kuchlarini statikaning muvozanat tenglamalari yordamida aniqlab bo’lmaydigan sistemalar statik noaniq sistemalar deyiladi.

S
tatik aniqmas sistemaning «ortiqcha» bog‘lovchilari soni shu sistemaning statik aniqmaslik darajasi deyiladi. Masalan: yuqoridagi balka (1-rasm, a) bitta «ortiqcha» tayanch bog‘lovchisiga ega bo‘lgani uchun, bir marta statik aniqmasdir.


Statik aniqmas sistemalar ichki, tashqi, ham ichki, ham tashqi statik aniqmas sistemalarga bo‘linadi (12.2-rasm). Ichki statik aniqmas sistema deb, uchta tayanch bog‘lovchisiga ega bo‘lgan (yopiq kontur) statik aniqmas sistemaga aytiladi (12.2-rasm, a). Uchtadan ortiq tayanch bog‘lovchisiga ega bo‘lgan, ochiq sharnirsiz sistemalar tashqi statik aniqmas sistemalar deyiladi (12.2-rasm, в). Agar sistema yopiq konturdan iborat bo‘lib, uchtadan ortiq tayanch bog‘lovchisiga ega bo‘lsa, bunday sistemalar ichki ham tashqi statik aniqmas sistemalar deyiladi (12.2-rasm, б).
Statik aniqmas sistemalarni hisoblash statik aniq sistemalarga nisbatan murakkab hisoblanadi. Statik aniqmas sistemalarda temperaturaning o‘zgarishi va tayanchlar cho‘kishi qo‘shimcha zo‘riqishlarni paydo qiladi. Sistema elementlarining uzunliklari va ko‘ndalang kesimlari hisoblashdan oldin belgilangan va aniq bo‘lishi kerak. Bu o‘lchamlardagi farqlar va elementlarini yig‘ishida yo‘l qo‘yilgan ba’zi noaniqliklar ham sistemada qo‘shimcha zo‘riqishlar hosil qiladi.



Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling