1 – mavzu. Statik noaniq sistemalar va ularning xususiyatlari


Statik noaniq sistemalarning hususiyatlari


Download 152 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi152 Kb.
#1116765
1   2   3
Bog'liq
1-Маъруза

Statik noaniq sistemalarning hususiyatlari:



  1. Statik aniqmas sistema elementlaridagi zo’riqish kuchlarining miqdori, ularning ortiqcha bog’lovchilari soniga va elementlarining ko’ndalang kesim o’lchamlariga, shakliga hamda materialiga bog’liq Har bir ortiqcha bog’lanish sistemaning bikrligini oshiradi.

  2. Tashqi haroratning o’zgarishi natijasida statik aniqmas sistema elementlarida qo’shimcha zo’riqish kuchlari hosil bo’ladi.

  3. Statik aniqmas sistemaning biror tayanchi cho’kishidan uning elementlarida qo’shimcha zo’riqish kuchlari hosil bo’ladi. Statik aniq sistema elementlarida esa harorat o’zgarishi natijasida va tayanchlarning cho’kishidan zo’riqish kuchlari hosil bo’lmaydi.

  4. Statik aniqmas sistema elementlarida boshlang’ich zo’riqish kuchlari bo’lishi mumkin. Statik aniq sistemalarda esa bu zo’riqishlar nolga teng bo’ladi.

  5. Statik aniqmas sistemalarni hisoblashdan oldin, ularning elementlarining uzunliklari va ko’ndalang kesimining shakli belgilangan bo’lishi kerak. Agar bu o’lchamlar elementning mustahkamlik shartlarini qanotlantirmasa, u holda elementlar ko’ndalang kesimining YAngi o’lchamlarini belgilab, konstruktsiyani qaytadan hisoblashga to’g’ri keladi.



Statik aniqmas sistemalar quyidagi usullar yordamida hisoblanadi:

1. Kuchlar usuli. Bu usulda sistemaning ortiqcha bog’lanishlarida hosil bo’ladigan zo’riqishlar noma’lum zo’riqishlar deb qabul qilinadi va ular noma’lum kuchlar bilan almashtiriladi. SHuning uchun ham bu usul kuchlar usuli deyiladi.


2. Ko’chishlar usuli. Bu usulda statik aniqmas sistema tugunlaridagi chizikli va burchakli ko’chishlar noma’lumlar deb qabul qilinadi. Noma’lumlar ko’chishlar bo’lganligi sababli bu usul ko’chishlar usuli deb yuritiladi.
3. Aralash va kombinatsiyalash usuli. Bu usulda sistemaning ortiqcha bog’lanishlari bir qismida zo’riqish kuchlari, qolgan qismida esa sistema tugunlarining ko’chishlari noma’lum deb qabul qilinadi. Kuchlar va ko’chishlar usulining bir vaqtda qo’llanilishi sababli bu usul aralash usuli deyiladi.
4. Ketma-ket yaqinlashish usullari. Ushbu usullar ko’chishlar usulining takomillashgan taqribiy usullari hisoblanadi.
5. Matritsalar usuli. Bu usul matritsalar yordamida EHM lar bilan hisoblashga asoslangan.



Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling