1 – mavzu. Statik noaniq sistemalar va ularning xususiyatlari


Download 152 Kb.
bet3/3
Sana24.01.2023
Hajmi152 Kb.
#1116765
1   2   3
Bog'liq
1-Маъруза

Kuch usulining mohiyati. Kuchlar usuli bilan hisoblashning asosiy maqsadi, inshootga quyilgan tashqi kuchlar va ta’sirlar natijasida uning elementlari uchun eguvchi moment M, ko’ndalang kuch Q va bo’ylama kuch N epyuralarini qurishdir.
Qurilish amaliyotida eng ko’p uchraydigan statik aniqmas sistemalardan biri ramalardir. Stejenlari ayrim yoki hamma tugunlarda uzaro bikir qilib biriktirilgan sterjenlar sistemasi rama deyiladi. Ramaning gorizontal yoki gorizontalga yaqin og’ma sterjenlari rigel’ deb, vertikal elementlari esa ustun deb ataladi.
Tekis ramalarni kuch usulida hisoblash. Agar tashqi kuchlar va rama elementlarining o’qi bir tekislikda yotsa, bunday ramalar tekis ramalar deyiladi.
Statik noaniq sistemalarni erkinlik darajasi.. Kuchlar usulining xarakterli jihatlaridan biri – ramaning statik aniqmaslik (erkinlik) darajasidir. Ramaning statik aniqmaslik (noaniqlik) darajasi qancha kam bo’lsa, uni hisoblash shuncha osonlashadi. Umuman olganda sistemaning statik aniqmaslik darajasi uni hisoblash qay darajada murakkab yoki murakkab emasligini belgilaydi.
Statik aniqmas sistemalardagi ortiqcha bog’lanishlar soni quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
(1)
bunda - tayanch bog’lanishlari soni, - oddiy sharnirlar soni, - statik aniq disklar soni.
Tashqi statik aniqmas sistemalarning ortiqcha bog’lanishlari sonini (1) formula Bilan aniqlasa bo’ladi. Lekin yopiq konturli ichki statik aniqmas sistemalarning ortiqcha bog’lanishlari sonini bu formula orqali doimo aniqlab bo’lmaydi.

2 – rasm.

Masalan, to’g’ri to’rtburchakli yopiq konturli rama uch marta statik aniqmas hisoblanadi (2 – rasm, a). SHarnirsiz ramaga yopiq kontur deyiladi (2 – rasm, б).


Agarda yopiq konturning elementlaridan biriga sharnir kiritilsa, u holda ramaning statik aniqmaslik darajasi bittaga kamayadi (2 – rasm, в). Demak, yopiq konturli ramalarning statik aniqmaslik darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(2)
bunda - ramadagi yopiq konturlar soni; - yopiq konturlardagi oddiy sharnirlar soni. Oddiy sharnirlar soni quyidagi formuladan aniqlanadi
bu erda - sharnirdan chiqadigan sterjenlar soni.
3-rasmda ayrim ramalar va ularning statik noaniqlik darajalari keltirilgan.


3 rasm.
Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling