1 – mavzu: Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar fanining maqsadi va vazifalari


Download 400.81 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi400.81 Kb.
#138771

1 – mavzu: Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar fanining maqsadi va vazifalari

Reja:

1. Ta’lim vositalari haqida tushuncha. 2. Ta’lim vositalarining klassifikatsiyasi. 3. Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar, grafik organayzerlar. 4. Ta’limning texnik vositalari: kompyuter va axborot texnologiyalari, elektron o‘quv uslubiy majmua va uning tuzilishi.

Tayanch tushunchalar: Ta’lim vositalari, matnli vositalar, tasvirli vositalar, audio vizual vositalar, yordamchi (jixoz) vositalar, modelli vositalar, real vositalar, ta’lim berishning texnik vositalar, diaproyektor, grafoproyektor, doska-bloknot, doska-stend, videofilmlar, yordamchi texnik vositalar, model-mulyajlar, grafik, diagrammalar, chizma, sxema, xaritalar, o‘quv - uslubiy materiallar, ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi.

Mavzuni va alohida savollarini o‘rganish uchun foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxati:

    • Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent.: Ma’naviyat, 2008. - B. 173.
    • Karimov I.A. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Malakali pedagog kadrlar hamda o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora - tadbirlar to‘g‘risida. // Xalq so‘zi, 2012. 29 - may, № 10.
    • O‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim to‘g‘risida“gi qonuni. Barkamol avlod
    • O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq, 1997.
    • Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. - T., Nizomiy nomidagi TDPU, 2009.
    • A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov. „Ta’limda innovatsion texnologiyalar“ T.: 2008
    • S.Usmonov „Pedagogik texnologiya asoslari“ T.: 2004.
    • Fuzailova G.S. Rahmatullayeva O.R. „Tarix fanini kasbiy sohalarga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi“. Uslubiy qo‘llanma. - T., TDPU, 2012.
    • Xodiyev B.Yu. Golish L.V. Rixsimboyev O.K. Keys - studi - iqtisodiy oliy o‘quv yurtidagi zamonaviy ta’lim texnologiyasi: Ilmiy - uslubiy qo‘llanma / „Zamonaviy ta’lim texnologiyalari“ turkumi - T.: TDIU, 2009.
    • J.Yo‘ldoshev, F.Yo‘ldosheva, G.Yo‘ldosheva „Interfaol ta’lim sifat kafolati“ - T.: 2008.

Ta’lim vositalari haqida tushuncha

Ta’lim vositalari haqida tushuncha

O‘zbekiston milliy taraqqiyotining eng mas’uliyatli bosqichi - ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotining keskin burilishi davrini boshidan kechirmoqda. XX asr tugab, jamiyatimiz har bir fuqarosi XXI asr ibtidosida, ortda qolgan yillarni sarhisob qilish va kelajak hayotining turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.

Yuqoridagilar jamiyat hayoti barcha jabhalarining muvaffaqiyatini belgilab beruvchi, shu bilan birga, ularning poydevori hisoblanuvchi ta’lim - tarbiya sohasiga ham to‘laligicha tegishlidir.

„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ yuksak umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb - hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o‘zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.

„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash milliy modelida „kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy - texnika jihatidan ta’minlash jarayonining ishtirokchisi“ sifatida namoyon bo‘ladi.

Ushbu pedagogik g‘oya ta’lim tizimi oldiga:

Ushbu pedagogik g‘oya ta’lim tizimi oldiga:

    • ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy - demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
    • kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
    • ta’lim oluvchilarni ma’naviy - axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini ko‘ndalang qilib qo‘ydi.
    • Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integrasiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p marta takrorlanib, ularni o‘quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan.

      Uzoq yillardan beri pedagogik texnologiyalarga o‘quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish deb qarab kelindi. Faqat, 70 - yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi.

      Ta’lim vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi Ta’lim vositalari:

    • Ta’lim berishning texnik vositalari.
    • Yordamchi texnik vositalari.
    • O‘quv - uslubiy materiallar.

Ta’limning texnik vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o‘quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (Diaproyektor, Grafoproyektor, Doska - bloknot, Doska - stend, Flipchart, Vidiofilmlar).

Ta’limning texnik vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o‘quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (Diaproyektor, Grafoproyektor, Doska - bloknot, Doska - stend, Flipchart, Vidiofilmlar).

Yordamchi ta’lim vositalari - grafiklar, chizmalar, na’munalar va boshqalar (Model - mulyajlar, diagrammalar, sxema, xaritalar va boshqalar).

O‘quv - uslubiy materiallar - o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan o‘quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlashlarini faollashtirishga yordam beradilar (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar).

Ta’lim vositalari o‘qituvchi va o‘quvchi uchun, hamda dars o‘tkazish uchun alohida variantlarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.

O‘qituvchi uchun vositalar: o‘quv predmetini o‘qitish metodikasi bo‘yicha qo‘llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy struktura.

Tarqatma materiallar - ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1 - 2 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar mashg‘ulotni qiziqarli qilish imkonini berib, ko‘p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda o‘qib chiqib, muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

    • ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materiallar bermaslik kerak;
    • sarlavhalarni bosh harflar bilan yozish, bir mashg‘ ulot uchun ikkita tarqatmali material zarur bo‘lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni osonlashtirish kerak;
    • matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak;
    • bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va h.k.) ishlatmaslik kerak;
    • matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak;
    • varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi kerak.

Ishchi varaqalar - guruhlarda, juft bo‘lib va individual mashqlar bajarishda qo‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo‘lib, ta’lim oluvchilar tomonidan to‘ldirish talab qilinadi.

Ishchi varaqalar - guruhlarda, juft bo‘lib va individual mashqlar bajarishda qo‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo‘lib, ta’lim oluvchilar tomonidan to‘ldirish talab qilinadi.

Nazorat varaqalari - mashg‘ulot yakunida ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo‘llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.

Matnlar - mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishda, mashg‘ulot davomida shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.

O‘quvchi uchun vosita darslik, o‘quv qo‘llanma yoki o‘qituvchining ma’ruza matnlari, jadvallar, turli - xil xaritalar, topshiriq kartochkalar va hokazolar.

Dars o‘tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, laboratoriya amaliy ishlarni o‘tkazish uchun jihozlar, audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopozitivlar.

Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir - birini to‘ldirishi ya’ni uyg‘unlashuvi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o‘qituvchi qaysi vositani qachon qo‘llashini mashg‘ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.

Grafoproyektor - shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga proyeksiyalash uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo‘lmagan hollarda asosiy tushuncha g‘oyalar va natijalarni o‘qituvchi plyonkaga flomaster yordamida to‘g‘ridan - to‘g‘ri yozib ko‘rsatish ham mumkin.

Sinf doskasi - o‘quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o‘quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda, yoki biror narsani tez yozish lozim bo‘lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o‘quv xonasida mavjuddir.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 400.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling