1 – seminar bo’yicha nazorat savollari


Download 23.77 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi23.77 Kb.
#135660
Bog'liq
Xursanorova Xolisxon 1-seminar javobi


1 – seminar: Suzish sportining rivojlanish tarixi. Suzish va uni o’qitish metodikasi fanining maqsad hamda vazifalari.

1 – seminar bo’yicha nazorat savollari:

  1. O'zbekistonda dastlabki suzish inshootlari qachon paydo bo'ldi?

  2. O'zbekistonda suzish bo'yicha Respublika Federatiyasi qachon tuzildi?

  3. O'zbekistonlik sportchilar sportcha suzish bo'yicha qanaqa muvaffaqiyatlarga erishganlar?

  4. Mustaqillik davrida suzish sportiga e'tibor kuchayganligi to'g'risida nima bilasiz?

  5. Brass usuli haqida tushuncha bering.

Javoblar:

  1. Oʻzbekistonda qadimdan suvda turli oʻyin va musobaqalar oʻtkazilgan. Suvda suzish sporti respublikada 1924—25 yillardan rivojlana boshladi. Ana shu davrda ilk gidrostansiyalar qurilgan. Chunonchi, Toshkentda Boʻzsuv toʻgʻon bilan toʻsilib, sunʼiy suv ombori hosil qilindi. Bu yerda 2 ta suv stansiyasi qurilib, suzish havzasi va balandlikdan suvga sakrash minoralari bunyod etildi. 1927 y. 1marta shu yerda Toshkent va Samara (Rossiya) sh.lari jamoalari oʻrtasida suzish musobaqasi boʻlib oʻtdi. 1930 y. Toshkent toʻqimachilik k-ti qoshida stadion va uz. 50 m li suvi isitiladigan ochiq havza qurilib ishga tushirildi. 1935 y. Andijonning sunʼiy suv havzasida 1 marta respublika suv sporti bayrami, Suvda suzish boʻyicha Oʻzbekiston birinchiligi oʻtkaziddi, 1937 y. Toshkentdagi temiryoʻlchilar istirohat bogʻida ochiq suv havzasi qurilib, suzish boʻyicha 1-bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tashkil etildi. 1939 y. Oʻzbekistonda Suvda suzish boʻyicha respublika federatsiyasi tuzildi. Oʻtgan asrning 60y.larida Toshkentda (jismoniy tarbiya instituti qoshida, "Mehnat rezervlari" sport jamiyati huzurida, Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi. Respublikada qobiliyatli yosh sportchisuzuvchilar yetishib chiqa boshladi. Olimpiada oʻyinlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan S.Babanina, N.Ustinova, S.Iskandarova, S.Konov, SZabolotnovlar sportning ana shu turida shuhrat qozondilar. Hozir respublikamizning viloyat va tuman markazlarida 200 dan ortiq suv havzalari mavjud.

  2. 1939 yil O‘zbekistonda Suvda suzish bo‘yicha respublika federatsiyasi tuzildi. O‘tgan asrning 60-yillarida Toshkentda (jismoniy tarbiya instituti qoshida, “Mehnat rezervlari” sport jamiyati huzurida, Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi.

  3. Komsomol  koiidagr  “Dinamo”  va  “Spartak”  suv  stansiyalari 
    to‘la  quvvat  bilan  ishlar  edi.  Ommaviy  musobaqalar  uyushtirilib, 
    ularda  yoshlar,  turli  kasb  egalari  faol  ishtirok  etadigan  bo‘ldi. 
    Masalan,  1942-yilda  respublikada  suzish  bo‘yicha  musobaqalarda 
    qatnashganlar soni 4300 kishini tashkil etdi.
    Bu  muhim  ishga  urush  yillarida  Toshkentda  bo‘lgan  sobiq 
    sovet  ittifoqining  ko‘p  karra  chempionlari:  opa-singil  Vtorovalar, 
    L.Meshkov,  Yu.Kochetkova,  murabbiy,  xizmat  ko‘rsatgan.  sport 
    ustasi,  dotsent  N.Butovich,  I.L.Krivenko,  opa-singil  Briksinalar, 
    shuningdek, o'zbekistonlik murabbiy V.N.  Mixaylov va O.V.  Vese­
    lov katta hissa qo‘shdilar.

  4. O‘zbekiston viloyatlarida suzish sportining rivojlanishi, Andijon viloyatidagi boshlagan Andijon, Farg‘ona vodiysida joylashgan bulganligi sababli geografik joylashuvi jihatidan tog‘ tizimlariga yaqinroq joylashganligi, uziga xos iqlimi bilan ajralib turadi. Ob-havo tez-tez uzgarib goh isib, gohida 26+36‘C gacha chiqsa, bazan -3-5‘C gacha pasayib ketishi mumkin. Tog adirlarida yoqqan jalalar oqibatida sellar vujudga kelib, xalq xo‘jaligiga zarar keltirardi. Shu sasabli selga qarshi kurashish uchun vujudga kelishi mumkin bulgan soylar tusilib, kichik suv omborlari va hovuzlar qurilmoqda. May oyining ikkinchi yarmidan boshlab havo isib ketadi, haqiqiy issiq, quruq yoz fasli boshlinadi. Yozning maksimum issiqlik harorati +40+42‘C bo‘lib uzoq davom etadi, davomiyligi 235-240 kun. Obhavoning bunday qulayligi tabiiy suv havzalari, sun‘iy ochiq suv havzalarida suzish bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi. Fargona vodiysini urab olgan tog‘lardan juda kup soy va daryolar oqib, aholi turar joylari yaqinidan oqib utadi, undan qishloq xujaligi uchun foydalanishi bilan birga suzish sportining rivojlanishi uchun ham samarali foydalaniladi. Bu daryolar yassi, kucharit, qorachigit, moyli suv daryolaridir. Andijon viloyati markazi Andijon shahrida hozirgi vaqtda suzish sportining inshootlaridan 3ta usti yopiq, yozgi basseynlar joriy maktablari, kollej va uquv yurtlari talabalari ixtiyoriga topshirilgan. Bu suzish maskanlarida bir necha yuzlab sportchi yoshlar uz sport malakalarini oshirmoqdalar. Andijon viloyatiga eng yaqin tumanlardan bulgan Andijon tumani hududida mustaqillikka yaqin suniy suzish havzalari bulmasada ariq va suniy hovuzlar kup edi. Mustaqillik davrida shaharchada ikkita usti ochiq basseynlar qurilib yoshlarga topshirildi. Asaka tumani 1926yilda tashkil qilingan bulsada bu tumanda suzish sportiga unchalik etibor berilmagan edi. Mustaqillik yillarida eski umid nihollari musobaqalari basseynlari tamirlanib UMT talabalari uchun umid nihollari arafasida yangi zamonaviy yozgi basseyn qurib topshirildi.

  5. Brass (frans. brasse, bras — qoʻl soʻzidan) — koʻkrakda suzish usuli. Bunda qoʻl va oyoq bir vaqtning oʻzida (qoʻl suvdan chiqmagan holda) gorizontal tekislikda harakat qiladi. Oyoq harakati suzayotgan baqaning harakatlariga oʻxshab ketadi. B. eng qad. suzish usuli boʻlib, u 16-asr 1-yarmidan maʼlum. 1904 yildan erkaklar, 1924 yildan ayollar oʻrtasida olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. B. usulida suzish boʻiicha oʻzbekistonlik Svetlana Babanina jahon rekordchisi boʻlgan. Shuningdek xalqaro sport ustalari Larisa Belakon, Leonid Kolesnikov, Temur Podmarev ham Oʻzbekistonning mashhur B.chi suzuvchilaridir.

Bolalar umurtqasi qiyshayganda, ularda bukirsimonlik sezylganda B. usulida suzish bilan shugʻullanish yordam beradi.
Download 23.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling