O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv ta’minotining


Download 22.36 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi22.36 Kb.
#1525416
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzala


O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy-sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida
NIZOM
1. Mazkur Nizom suvni muhofaza qilish zonalarini va suv inshootlarining sanitariya muhofazasi zonalari (okruglari)ni belgilash tartibini, shuningdek, suv resurslari ifloslanishi, bulg‘anishi va tugashining oldini olish uchun bu zonalarda xo‘jalik faoliyati tartibini boshqarib boradi.
2. Suv omborlari va boshqa suv havzalari atrofiga, shuningdek, daryolar, magistral kanallar va kollektorlar bo‘ylab suvni muhofaza qilish zonalari va kirg‘oqbo‘yi mintaqalar belgilanadi; xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti manbalari atrofida sanitariya muhofazasi zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi; mineral suvlar va boshqa davolash vositalari manbalari atrofida sanitariya muhofazasi okruglari belgilanadi.
Suvni muhofaza qilish zonalarining belgilanishi suv omborlari va xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti, davolash va aholining madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan boshqa suv manbalarining zonalari va sanitariya muhofazasi okruglarini belgilash zaruriyatini istisno etmaydi.
3. Suvni muhofaza qilish zonalari va sanitariya muhofazasi zonalari (okruglari)* tabiatni muhofaza qilish organlari va tegishli suv inshootlaridan foydalanuvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning takliflari bo‘yicha belgilanadi.
* Bundan keyin “suvni muhofaza qilish zonalari” deb ataladi.
4. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha ishlar gidrologik, gidrogeologik, muhandislik-geologiya, sanitariya-epidemiologiya, agroxo‘jalik, tuproq, geobotanik va topografik qidiruvlar va tadqiqotlar ma’lumotlaridan foydalanilgan holda loyiha tashkilotlari mutaxassislari tomonidan bajariladi.
5. Ishlab turgan suv inshootlari bo‘yicha suvni muhofaza qilish tadbirlari ikki bosqichda bajariladi:
birinchi bosqichda bu mintaqalarda suvni muhofaza qilish zonalari va xo‘jalik faoliyati tartibi belgilanadi;
ikkinchi bosqichda qurilish normalari va qoidalariga, shuningdek, tarmoq metodik ko‘rsatmalariga muvofiq zaruriyatga ko‘ra, muhandislik, meliorativ, sanitariya-texnika va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.
6. Yangidan qurilgan suv inshootlari bo‘yicha suvni muhofaza qilish tadbirlari mazkur Nizomga rioya qilingan holda suv inshooti qurilishi loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Suvni muhofaza qilish zonasiga kiritilgan yerlar, daryolar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, magistral kanallar va kollektorlar, gidrouzellar, nasos stansiyalarining qirg‘oqbo‘yi yerlari hamda suv ta’minoti va mineral suv ta’minoti manbalarining sanitariya muhofazasi zonalari (okruglari) qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, fuqarolarning yer egaligidan va yerdan foydalanishlaridan olib qo‘yilmaydi, balki mazkur Nizomning talablariga rioya qilingan holda ular tomonidan foydalaniladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori tahririda)
8. Daryolar, suv omborlari, suv havzalari, magistral, xo‘jaliklararo kanallar va kollektorlar, gidrouzellar, nasos stansiyalari va boshqa suv inshootlarining qirg‘oqbo‘yi yerlari mahalliy boshqaruv organlarining qarori bilan ulardan normal foydalanish uchun zarur bo‘lgan tabiatni muhofaza qilish va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida bu obyektlar tegishli bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga beriladi.
Suv ta’minoti va mineral suv manbalari sanitariya muhofazasining birinchi zonasi mintaqalari (okruglari) yer uchastkalari bilan birgalikda suv olish va boshqa inshootlar qurish uchun belgilangan tartibda bu inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanishga beriladi.

Download 22.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling