1-amaliy ish Mavzu: Organik va noorganik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan va berilmagan gruntlardan asos qatlamlarini qurish texnologik jarayonlari hisobi Ishdan maqsad


Download 76.86 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi76.86 Kb.
#1213019
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1-amaliy ish
Mavzu: Organik va noorganik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan va berilmagan gruntlardan asos qatlamlarini qurish texnologik jarayonlari hisobi
Ishdan maqsad: Talabalarga berilgan topshiriqqga asosan organik va noorganik materialdan asos qatlamlarini qurish ishlarini tashkil qilish jarayonlarini urganadilar.
Noorganik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlangan gruntli asoslar va qoplamalar
ShNQ 3.06.03-08ga asosan, noorganik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlangan asos va qoplamalarni qurishni, havoning harorati 50 S dan kam bo‘lmaganda bajarish tavsiya etiladi. Pastroq haroratlarda esa ishlarni, havo harorati sovuq bo‘lgan sharoitlarda mustahkamlangan gruntlarni muzlash havfidan saqlovchi choralar ko‘rish lozim va iqlim sharoiti juda og‘ir mintaqalarda, transport harakatlarini ochishni tezlashtirish maqsadida, qish paytda yo‘lga, yiriktoshli gruntlar bog‘lovchi materiallar bilan qorishma tayyorlovchi uskunalarda aralishtirilganda, gruntlar tarkibida 40 mm dan katta zarralar bo‘lmasligi shart (40 mm dan katta zarralar ishlov berishdan oldin saralab olinadi), katta bo‘lakli gruntlarda 25 mm dan katta bo‘lgan zarralarning bo‘lmasligi, unda 2-25 mm gacha bo‘lgan zarralarning miqdori grunt umumiy massasining 70 % ko‘p bo‘lmasligi kerak. Yirik toshli gruntlarning tarkibiga kirgan 0,5 mm dan kichik bo‘lgan mayda zarrali gruntlarning plastiklik (cho‘ziluvchanlik) soni 12 dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Katta bo‘lakli gruntlarni bog‘lovchilar bilan yo‘lda aralashtirilganda, gruntlarning katta zarrasi 25 mm dan oshmasligi kerak.
Bandda ko‘rsatilgan qoplama o‘rniga yig‘ma temirbeton taxtalardan yotqizishga ruxsat etiladi. Muzlar erishi natijasida yo‘l poyi va qoplamasida deformatsiyalar yuz bermasa, choklar mahkamlanadi.
Gruntlarni noorganik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlanganda, qorishma tayyorlash usulidan qat’iy nazar ularni qo‘shishni og‘irligi yoki hajmiy o‘lchovlar bilan bajariladi.
Gruntlar noorganik bog‘lovchilar bilan mustahkamlansa, qorishmaga solinayotgan tuzlik va ishqorlik suyuqlikdagi suvning hajmini hisobga olish zarur.
Yirik bo‘lakli, qumlik, gillik gruntlar sement bilan bitum emulsiyasi, suyuq bitum, neftdan gudron yoki xom neft ishlatilsa, unda qorishmalarga avval organik bog‘lovchilar qo‘shilib grunt bilan bajariladi, so‘ngra ketma-ket qorishmaga sement va suv quyiladi.
Gruntlarni, sementga tutilgan kul, kul-kuyundi yoki boshqa bog‘lanmagan sochiladigan materiallar bilan qo‘shilib mustahkamlanganda, qo‘shimchalarni grunt yuzasiga yoyib tarqatiladi, u bilan aralashtiriladi, qorishma tekislanadi, so‘ngra ketma-ket suv va sement kiritiladi.
Gruntni sementga maydalangan, o‘chirilmagan ohak bilan mustahkamlansa, gruntni sementni, oxak va suv qurilgandan bir sutkadan so‘ng aralashtiriladi.
Gil gruntlarni noorganik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlanganda, asosan, grunt bilan bog‘lovchilarni yo‘l ustida aralashtirishni tavsiya qilinadi. Mustahkamlash uchun tayyorlab qo‘yilgan gruntlar ustidan transport harakati ruxsat etilmaydi.
Gruntlarni oxak bilan birga tutilgan yoki kul kuyundilari qo‘shilgan holda mustahkamlansa, gruntga avva qo‘shimchalar kiritilib ular bir xil ko‘rinishga kelgunicha aralashtiriladi, so‘ng ohak kiritilib, grunt optimal holatga kelguncha namlanadi, so‘ngra birsutkadan so‘ng tekislanib zichlanadi.
Gruntning organik moddalar bilan qorishmasi namligi zichlashdan oldin optimal holatda bo‘lishi kerak, lekin ishlab chiqarish paytida havo sharoitiga qarab quyidagilarcha ruxsat eiladi:
- optimal 2-3% ko‘p quruq yog‘ingarchiliksiz havoda harorati +200 S dan yuqori bo‘lsa;
- optimal 1-2% kam yog‘ingarchilik sharoitda, havoning harorati +100 S dan past bo‘lsa.
Havoning harorati 200 S dan oshganda qorishmalarning qotishini sekinlashtirish va zichlash uchun optimal sharoit tug‘dirish niyatida, qorishma SDB qo‘shimcha (suvlik eritma), yoki GJ-136-41 (emulsiya shaklida) sement massasining 0.5%, yeki bitum emulsiyasi holatda organik bog‘lovchilar, suyuq bitum, neftdan gudron yoki hom neft grunt massasining 1-3% hisobidan qorishmalarga kiritiladi.
Gruntni sement bilan qorishmasining yuqori zichlikni yetkazish suv tuzli eritma qo‘shigandan so‘ng ko‘pi bilan 3 soat; agar havoning harorati past bo‘lsa (+100 S dan past) ko‘pi bilan 5 soat ichida tugallanishi kerak.
Sement va yuzani faollashtiruvchi moddalar (Sdb, GJ 136-41, neytrallashtirilgan gudron va boshqalar) bilan birgalikda yoki bitum emul-siyalari, suyuq bitum, gudron yoki xom neft bilan mustahkamlangan gruntlarni zichlashni suv qo‘shilgandan so‘ng 8 soat o‘tmasdan bajariladi.
Gruntlarni oxak yoki tutilgan faol kullar bog‘lovchi sifatida qabul qilib mustahkamlansa, zichlashni qorishmaga suv sepilgandan so‘ng 14-18 soat vaqt o‘tguncha tugallash lozim.
Noorganik bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan yangi aralashtirilgan gruntlarni qatlamlarini parvarishini, sathiga 50% lik tez ajraluvchi yoki o‘rta ajralgan bitum ishlatilgan emulsiyalar, yoki boshqa organik bog‘lovchilarni 1 m 2 ga 0,5-0,8 litr sepish bilan amalga oshiriladi.
Mustaxkamlagan asos va qoplami uchun foydalanilgan materiallar chidamligi I turkum talablariga javob berib qalinligi 15 cm dan kam bo‘lmasa, shu qatorda qatorda qo‘llanilgan materiallar mustahkamligi II turkum talablariga javob berib qalinligi 20 cm dan kam bo‘lmagan holda qurilishdagi transport vositalarini harakatini 5 kundan so‘ng ruxsat etiladi. Qalinligi ko‘rsatilgandan kam bo‘lib, ishlatilgan mustahkamlangan materiallar chidamliligi III turkum talablarigi javob bersa, qurilishdagi transport harakatlarini qatlam qurilgan 7 sutka o‘tgandan so‘ng ruxsat etiladi.
Qurilish transportlarni harakatini va ustiga yotqizuvchi qatlamni mustahkamlangan gruntning qatlami bitishining ertasi kuni ruxsat etiladi. Agar gruntlar noorganik bog‘lovchilar bilan bog‘langan gruntlarga ishlov berilganda, shu qatorda gruntlarni mustahkamlashda sement yoki karbomidoformaldegid smolasi qo‘shimchalar bilan yuzani faollashtiruvchi modda ko‘rinishida, bitum emulsiya, suyuq bitum, gudronlar, xom neft yoki sekin qotuvchi bog‘lovchilar bilan sement, yoki sementsiz qatlam qurilganining birinchi 2 sutkasida ruxsat etiladi.
Bog‘lovchi bilan ishlov berilgan grunt bir tekislikda hamda qalinlikda ko‘ndalang nishabligini ta’minlagan holda yoyilishi kerak.
Sement, ohak yoki boshqa noorganik bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan o‘ta namlangan gruntlarda, ishlov berilayotgan gruntlarning namligi 12.1-jadvaldagi talab etilgan ko‘rsatkichlaridan oshmasligi lozim.
O‘ta namlangan gruntlarni (qum, supes) g‘ov va uyum qilib ularni ko‘p marta surib quritiladi (oftobli kunda), ular bilan ishlab (o‘chirilmagan kukunsimon, maydalangan zarralik va kulsimon holatda) yoki tutilgan aktiv kullar bilan quritiladi.
16.1.jadval

Grunt turi

Ruxsat etilgan namlikda (optimaldan nisbati) zilanish koeffitsienti 1-0.98

Changsimon qumlar

1.35

Yengil yirik supeslar, yengil supeslar

1.25

Changsimon supeslar, og‘ir changsimon supeslar, yengil suglinoklar

1.15

Og‘ir suglinoklar, qumlangan va changsimon gillar

1.1

Bog‘lovchi materiallar qo‘shib gruntlarni quritishda qo‘shimchaning miqdori 16.2-jadvalga asosan belgilanadi.

Download 76.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling