1-amaliy masg’ulot. Mavzu: Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini rejalashtirish va amalga oshirish. Mashg’ulot maqsadi


Download 1.16 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1605270
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini rejalashtirish


1-amaliy masg’ulot.
Mavzu: Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini rejalashtirish
va amalga oshirish.
Mashg’ulot maqsadi:Informatika va axborot texnologiyalari o’qituvchilarini loyihaviy faoliyatini o’rganish va loyihasini amalga oshirish mexanizmlari xaqida ma’lumot olish,
Nazariy ma’lumot:

Informatika va axborot texnologiyalari o’qituvchisi loyihaviy faoliyati ikki turga bo’linadi.


Birinchisi, o’z pedagogik faoliyatini loyihalash, ikkinchisi esa, dars jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanish.
Informatika o’qituvchisi o’z pedagogik faoliyatini loyihalashi quyidagi bosqichlardan iborat:
ta’lim maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) va natijalar(mavzu o‘rganilgandan so‘ng nimalarga erishish kerakligi)ni belgilash;
natijalar asosida nazorat topshiriqlari(yozma, og‘zaki uchun savollar, test,) va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
o‘quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish va o’qitish jarayonini amalga oshirib, xulosa va tavsiyalarga ega bo’lish.
Informatika o’qituvchilarini tayyorlashda loyiha texnologiyasidan foydalanishni ko’rib o’tamiz:


Fan. Informatika o’qitish metodikasi. Kurs: 3-kurs, 6-semestr
Mavzu. Zamonaviy informatika xonasini jihozlash
Dars turi: laboratoriya mashg‘uloti
Mashg‘ulotning maqsadlari (maqsad aniqlashtiriladi)
a) mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: Bu darsda bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini:

  • informatika xonasini jihozlashni o‘rganishiga erishish;

  • informatika xonasida partalar, kompyuterlar, o‘qituvchi o‘rni, elektron doskaning joylashuvini o‘rgatish;

  • informatika xonasidan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish;

  • zamonaviy informatika xonasidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishga o‘rgatish.

б) mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi:
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida zamonaviy informatika xonasidan foydalanishga erishish orqali o‘z-o‘ziga ishonch, o‘qituvchilik g‘ururini tarbiyalash.
v) mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida mavjud mutaxasislikka oid bilimlarini zamonaviy informatika xonasidan foydalanish orqali rivojlantirishga erishish.
2.Mashg‘ulot turi (mashg‘ulot shakli) - laboratoriya mashg‘uloti.
3. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan metod va texnologiya (mashg‘ulot qo‘llaniladigan metod va texnologiya tahlil qilinib tanlanadi): aqliy hujum, loyiha texnologiyasi, kichik guruhlarda ishlash hamkorlikda ishlash
4. Mashg‘ulotning jihozlari (vositalar tahlil qilinib, tanlanadi): kompyuter, elektron doska, zamonaviy informatika xonasi aks ettirish uchun plakatlar yoki prezentatsiyalar.
5.Mashg‘ulotdan kutiladigan natijalar (kutiladigan natija aniqlashtiriladi)
Bu dars yakunida bo‘lajak informatika o‘qituvchilari:
 informatika xonasini jihozlashni o‘rganishga erishadilar;
 informatika xonasida partalar, kompyuterlar, o‘qituvchi o‘rni, elektron doskaning joylashuvini o‘rganadilar;
 informatika xonasidan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadilar;
 zamonaviy informatika xonasidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni o‘rganib oladilar.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling