1-amaliy mashg`ulоt: Kinеmatika va dinamika Vоlkеnshtеyn, 1-2 § 1
Download 16.54 Kb.
|
1 2
Bog'liq1- Amaliy
1-amaliy mashg`ulоt: Kinеmatika va dinamika Vоlkеnshtеyn, 1-2 § 1. (V. 1.1) Avtomobil o'z xarakati vaqtining birinchi yarmida 80 km/soat tezlik bilan, qolgan vaqtida esa 40 km/soat tezlik bilan xarakatlangan. Avtomobil xarakatining o'rtacha tezligi topilsin. J: 60 km/soat 2. (V.1.2) Avtomobil yo'lining birinchi yarmini 80 km/soat tezlik bilan, qolgan yo'lini esa 40 km/soat tezlik bilan bosib o'tgan. Avtomobilning xarakatining o'rtacha tezligi topilsin. J: 53,3 km/soat 3. (V.1.6) Samolyot A punktdan sharq tomondagi 300 km uzoqlikda joylashgan V punktga uchmoqda.Quyidagi xol- larda samolyotning bu masofani uchib o'tish vaqti topilsin: I) shamol bo'lmaganda, 2) shamol janubdan shimolga esganda va 3) shamol g’arbdan sharqqa esganda. Shamolning tezligi V1= 20 m/sek, samolyotning tezligi v2 = 600 km/soat. J: 1) 30 min, 2) 30,2 min, 3) 26,8 min. 4. (V.1.16) Metropoliten ikki stantsiyasining oraligi 1,5 km. Poezd bu masofaning birinchi yarmida tekis tezla- nuvchan, qolgan ikkinchi yarmida tekis sekinlanuvchan xarakat qiladi. Poezdning maksimal tezligi 50 km/soat ga teng. 1) tezlanuvchan va sekinlanuvchan xarakatning tezlanishlarini miqdor jixatdan teng deb xisoblab, uning kattaligi, 2) poezdning ikki stantsiya orasidagi xarakat vaqti topilsin. J: a = 0,13 m/sek 2, t = 3,4c 5. (V. 1.23) Jismning bosib o'tgan yo'li s ning t vaqtga bog’likligi s = A – Bt – Ct 2 tenglama orqali b.erilgan, bunda A = 6 m, V = 3 m/sek va S = 2 m/sek 2. Jismning 1 sek dan 4 sek gacha bo'lgan vaqt chegarasidagi o'rtacha tezlanishi topilsin. 0 < t < 5 sek int.ervalda 1 sek dan oralatib yo'l, tezlik va tezlanishning grafigi tuzilsin. J: v = 7 m/sek; a = 4 m/sek 2 6. (V. 1.2) Paroxod daryoda A punkdan V punktga v1 = 10 km/soat tezlik bilan, qaytishda esa v2 = 16 km/soat tezlik bilan xarakatlanadi.1)Paroxodning tezligi, 2)daryoning oqim tezligi topilsin. J: 1)12,3 km/soat; 2)0,83 m/sek 7. ( S. I.25) 1500 min -1 chastota bilan aylanuvchi g’ildirak tormozlangandan keyin tekis - sekinlanib aylana boshlab, 30 sek dan so'ng to'xtagan. Tonnozlanish boshlangan paytdan to to'xtaguncha bo'lgan burchak tezlanishi va aylanish soni topilsin. J: -5,24 sek -2; 375 8. ( S.1.26) Biror jism 0,04 sek-2 o'zgarmas burchak tezlanish bilan aylana boshladi. Aylanish boshlangandan qancha vakt o'tgach jismning qandaydir nuqtasining to'la tezlanishi uning tezligi yo'nalishi bilan 76 0 burchak hosil qiladi? J: 10 sek o'tgach 9. ( V.1.45) Aylanma xarakat qilayotgan g’ildirak gardishidagi nuqtaning V1 chiziqli tezligi gardishdan o'qqa 5 sm yaqin bo'lgan nuqtasining V2 chiziqli tezligidan 2,5 marta katta bo’lsa, g’ildirakning radiusi topilsin. J: R = 8,33 sm. 10. (V.I.48) Tekis sekinlanib aylanayotgan g’ildirak tormozlanish natijasida l min davomida o'zining tezligini 300 ayl/min dan 180 ayl/min gacha kamaytiradi. G’ildirakning burchak tezlanishi va bu minut ichidagi aylanishlar soni topilsin. J: ε = - 0,21 rad /sek 2, N = 240 ayl. Download 16.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling