1-amaliy mashg‘ulot. Siqilgan temirbeton elementlarning mustahkamligini hisoblash


Download 4.73 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi4.73 Kb.
#1732359
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

  • Ospanov R.S.
  • Dinamik yuklar-transport vositasi ko‘prik bo‘ylab harakatlanayotganda ham, zarba yukidan ham notekis yo‘l-lardan kelib chiqadigan tebranishlar-dan hosil bo‘ladi, bu esa inshootlari-mizdagi ayrim konstruktiv elementla-rining siljishiga olib keladi. Konstruk-tsiyalarning texnik holatining yomon-lashishi qulashga, harakatning to‘xta-shiga olib kelishi mumkin.
  • Demak, qandaydir yuklar ta’siridan deformatsiya jarayonida nuqtaning koordinatalarining o‘zgarishi ko‘chishlar deb ataladi.
  • Boshlang‘ich ma’lumotlar. Ko‘prik II-toifali avtomobil yo‘lida joylashgam. Ko‘prikning gabariti G-11,5, trotuarlarning kengligi 1,5 metr. Oraliq qurilmaning uzunligi 18 metr. Oraliq qurilma o‘n to‘rt dona oldindan zo‘riqtirilgan plitalardan iborat. Trotuarlar yig‘ma elementlardan iborat bo‘lib, bir qismi osilgan holatida plitalar ustiga qo‘yiladi. Oraliq qurilmaga tushayotgan yuk, uzunligi 18 metrga teng bo‘lgan plitalar, trotuarlar, panjara to‘siqlari va yo‘l qoplamasining o‘z og‘irliklari yig‘indisidan iborat.
  • Plitaning 1 metrdagi hususiy og‘irligi (temirbeton hajmiy og‘irligi γ=2,5 t/m3 va bo‘ylama choklar betonini hisobga olganda)
  • h-plita balandligi,
  • d-g‘ovak eni (g‘ovak diametri),
  • h'-g‘ovak tekis kesimi balandligi,
  • πR2-aylana yuzasi,
  • γ-temirbeton hajmiy og‘irligi,
  • S-plita kesim yuzasi,
  • g-erkin tushish tezlanishi.
  • Bunda to‘rtburchak plita ko‘ndalang kesimining to‘la yuzasidan 2 teshigi yuzasi olib tashlangan (rasm).
  • Oraliq qurilmaning kengligi bo‘yicha 14dona plita bo‘lsa, uning uzunligining har 1 metriga 9,863 ∙ 14 = 138.082kN to‘g‘ri keladi.
  • Demak, topilgan qiymatni plita uzunligining yarmiga ko‘paytirsak (ya’ni 9mga) plita yarmidan tushadigan yuk ta’siri aniqlanadi.
  • Oraliq qurilma to‘la kengligidagi yo‘l qoplamasining 1 metrdagi og‘irligi:
  • qatnov qismi va xavfsizlik polosalaridagi asfaltobeton og‘irligi:
  • a) 0,07 ∙ (Г)11.5 ∙ 2,4∙ 103 = 1.932 kN; Г - ko‘prik gabariti.
  • b) piyodalar yo‘lagidagi asfaltobeton og‘irligi: 0,04 ∙ (b)1.5 ∙ 2 ∙ 2,4 ∙ 103 = 0.288 kN;
  • b-piyodalar yo‘lagi kengligi.
  • c) qatnov polotnosi va piyodalar yo‘lagidagi qoplamaning birgalikdagi og‘irligi: 1.932+0.288=2.22kN;
  • d) armaturalangan betondan himoya qatlamining og‘irligi:
  • 0,04 ∙ (Г)11.5 ∙ 2,5 ∙ 103 = 1.15 kN; Г - ko‘prik gabariti.
  • e) gidroizolyasiyaning og‘irligi: 0,01 ∙ (c)14 ∙ 1,5 ∙ 103 = 0.21 kN; c-oraliq qurilmalar bilan bo‘ylama choklar enining yig‘indisi.
  • k) tekislovchi qatlam og‘irligi: 0,03 ∙ (c)14 ∙ 2,1 ∙ 103 = 0.882 kN; c-oraliq qurilmalar bilan bo‘ylama choklar enining yig‘indisi.
  • f) himoya va tekislovchi qatlamlarning birgalikdagi og‘irligi: 1.15+0.21+0.882=2.242 kN.
  • Barcha yukni plitalar orasida teng taqsimlab bir plitaga tushayotgan yukni topamiz:
  • 1. Konstruksiyalarning hususiy og‘irligidan tushayotgan yuk:
  • 2. Qatnov polotnosi va piyodalar yo‘lagi og‘irligidan tushayotgan yuk:
  • 3. Tekislovchi, izolyasion va himoyalovchi qatlamlar og‘irligidan tushayotgan yuk:
  • Yuklarni uch qismga, ya’ni g1, g2 va g3 ga bo‘lishning sababi – ularning har biri uchun ishonchlilik koeffitsientlarining turlicha ekanligidir.

Download 4.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling