1. Arab publisistikasi, uning yangi arab adabiyotining vujudga kelishidagi roli


Download 1.08 Mb.
Sana26.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1722839
Bog'liq
Arab adabiyoti

  • XIX asr arab adabiyotidagi birinchi mustaqil janr publisistika bo‘lib, uning milliy asosi arablar hamma asrlarda e’zozlagan, qadimiy va hamisha navqiron notiqlik sa’nati edi.
  • Arab publisistikasi va matbuotining asosiy o‘chog‘i Misr bo‘ldi. Mamlakatdagi ijtimoiy iqlim, bosmaxonalarning mavjudligi shunga asos yaratdi. 1828 yilda Muhammad Ali saltanati davrida birinchi hukumat gazetasi – «Al-Vaqoyi al-Misriya» («Misr yangiliklari») chop etildi, uni Rifa at-Taxtaviy boshqardi. Misr matbuoti taraqqiyotiga suriyalik muhojir arablar salmoqli hissa qo‘shdilar. Shuningdek, 1870-1914 yillardagi adabiyot taqdirida muhojir arab ziyolilari sezilarli iz qoldirganliklarini o‘z vaqtida akademik I. Yu. Krachkovskiy ko‘rsatib o‘tgan edi.
  • Yevropaga, aksar hollarda Parijga, faqat ayrim siyosiy arboblargina emas, balki arab Sharqida taqiqlangan nashrlar ham ko‘chirib o‘tilar edi. Masalan, Britaniyaga zid bo‘lgan Yoqub Sannuning «Abu Naddara zarqo» («Ko‘k ko‘zoynakli odam»), 1877-1910), Jamoliddin al-Afg‘oniy va Muhammad Abduhlarning «Al-Urvat al-vusqa» («Baqquvat suyanch») gazetalari ham Parijga ko‘chirilgan edi.
  • Abd ar-Rahmon al-Kavokibiy (1849-1902) Halabda tug‘ilgan. U ko‘pgina olim va davlat arboblari yetishib chiqqan kadimiy Suriya urug‘laridan. Kambag‘al va tahqirlanganlarga xayrixohligi uchun u «Abu ad-duafo» («Bechoralar otasi») laqabini olgan. Mahalliy amaldorlar bilan kelishmovchilik tufayli adib 1900 yilda Misrga ketishga majbur bo‘ladi va u yerda musulmon modernistlarining «Al-Muayd» gazetasida ishlaydi. 1901 yilda al-Kavokibiy Makka ziyoratiga boradi, Afrikani kezadi, Hindistonda bo‘ladi.
  • Al-Kavokibiy arab millatchiligining birinchi mafkurachilaridan edi. Bu narsa uning fojiali o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham ajab emas.
  • «Istibdod tabiati» kitobi asosida ham rasionalistik diniy dunyoqarash yotadi: inson yagona Ollohga bo‘ysunadi, ozodlik va tenglik uning tabiiy va daxlsiz huquqidir. Al-Kavokibiy tadqiqoti markazida asosiy yovuzlik-bu diniy ta’limotlarning mohiyatini buzib ko‘rsatuvchi, millatning moddiy, ma’naviy boyliklarini nobud qiluvchi siyosiy istibdoddir, degan fikr yotadi. Kitobda mavjud tuzumning tanqididan tashqari, istibdodga qarshi kurashish yo‘llari haqida xam fikr yuritiladi. Muallif o‘zining ideali — mu’tadillik va boyliklardan oqilona foydalanish asosiga qurilgan jamiyat va davlat to‘g‘risidagi tasavvurlarini bayon etadi.
  • Mustafo Komil (1874-1908) Qohirada harbiy injener oilasida tug‘ildi. Mutaxassisligi huquqshunos, Tuluza universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Misrga qaytgach, bir oz muddat advokatlik qildi, keyin o‘z faoliyatini butunlay siyosiy kurash va jurnalistikaga bag‘ishladi, inglizlarni Misrdan haydash uning asosiy shiori bo‘lgan. Yevropa bo‘ylab ko‘p sayohat qildi: Vena, Budapesht, London, Berlinda bo‘ldi, hamma joyda iste’dodli siyosiy notiq sifatida o‘zini namoyon qildi.
  • Komil milliy maktablarni ochishda, Misr milliy universitetini tashkil qilishda jo‘shqin faollik ko‘rsatdi. 1900 yilda u «al-Liva» («Bayroq») gazetasini chiqardi. 1907 yilda esa «Hizb al-Vatan» («Vatan partiyasi») partiyasini tuzdi. Mazkur partiyaning asosiy vazifasi ingliz istilosiga barham berish, Misr Muxtoriyatini saqlagan holda turk sultoni hokimiyatini tan olish va konstitusion tuzum o‘rnatishdan iborat edi M. Komil 1908 yilda sil kasalidan vafot etdi.
  • Uning «Sharq masalasi» (1898), «Chiqayotgan quyosh» (1904) kitoblari mashhur. «Chiqayotgan quyosh»da u vatandoshlariga Yaponiya misolida muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini ko‘rsatdi.
  • M. Komilning butun faoliyati vatanga xizmat etishning yorqin namunasidir. U vatani Misrning ingliz istilosidan xalos bo‘lishi uchun kurashdi. Bu fidoyi inson mazkur masalada siyosiy kurash va dinni chambarchas bog‘liq, deb bilar edi. Uning fikricha, din va vatanparvarlik tushunchalari ajralmasdir.
  • M. Komil islomga butun e’tiborini qaratib, o‘z ma’naviy ustozlari-musulmon islohatchilari singari din erkinligiga va diniy totuvlikka chaqiradi. Jamoliddin al-Afg‘oniyga ergashib, turk sultoni boshchiligida tuziladigan umummusulmon xalifaligida Sharq muammolarining yagona yechimini ko‘radi. M. Komil turk imperiyasi tarkibiga kiruvchi arab mamlakatlari xalqlari chekayotgan adolatsizliklar va kamsitishlardan ko‘z yumadi.
  • M. Komil o‘z faoliyatida xalqni ma’rifatli qilishga asosiy diqqatini qaratdi. U sivilizatsiya deganda yevropaliklardan olingan moddiy madaniyatni emas, yangilangan islomga asoslangan milliy ma’naviy madaniyatni ko‘zda tutgan edi.
  • Yevropacha ta’lim-tarbiya ko‘rgan, arab ma’rifatparvarlik tafakkuridan, musulmon modernizmi g‘oyalaridan chuqur bilimga ega bo‘lgan Q.Amin ayollar masalasini jiddiy o‘rganadi, 1899 yilda arab tilida «Ayol ozodligi» («Tahrir al-mar’a») kitobini nashrdan chiqaradi. Asar keskin munozaralarga sabab bo‘ladi.
  • Milliy uyg‘onish mafkurasi tarafdorlari Q.Amin fikrlarini jo‘shqinlik bilan yoqlab, uni hatto «Sharq Lyuteri» deb atadilar.
  • Qadimparast musulmonlar esa, uni dinga hurmatsizlikda, musulmon ijtimoiy tuzumiga qarshi qo‘poruvchilik qilishda aybladilar.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling