1. Aristotel haqida Aristotel falsafasining o`ziga xosligi
Download 34.72 Kb.
|
Razzaqov
Reja: 1. Aristotel haqida 2. Aristotel falsafasining o`ziga xosligi 3. Aristotelning "Ritorika" kitobi haqida 4.Notiqlik sa`nati haqida Aristotelning falsafiy qarashlari 1. Aristotel yoki ASrtastu miloddan avvalgi 384 yilda Yunonistonda dunyoga kelgan.Aristotel mashhur sarkarda Iskandar Zulqarnaynni ustozi. Aristotel Fizik, Matematika,nazm, mantiq, ritorika,siyosat,etika,biologiya,zoologiyaga oid ishlar yozib qildirgan. Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan soʻng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻldi va umrining oxirigacha shu erda yashadi. Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Arastu insoniyat tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli taʼsir koʻrsatdi. Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va harvaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin. Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini toʻrt guruhga boʻladi: 1) moddiy sabab yoki materiya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuzaga keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan biri, deb eʼtirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni esa – faol sabab, deb hisoblaydi.Masalan, uning fikricha, shaklsiz hech qanday narsaning boʻlishi aslo mumkin emas, shakl – borliq mohiyatidir, shakl – abadiy, oʻzgarmas va moddiy sababdan ustunroqdir. Yuzaga keltiruvchi sabab harakat yoxud turgʻunlik manbaidir. Harakat, deydi Arastu, biron-bir narsaning imkoniyatdan voqelikka oʻtishidir. Harakatning toʻrt turi bor, bular: sifatli harakat yoki oʻzgarish; miqdoriy harakat yoki koʻpayish va kamayish; joyni oʻzgartirish yoki makondagi harakat; vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad – harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining oqibatidir.Arastu taʼlimotiga binoan, xudo – oʻz qonunlari boʻyicha rivojlanayotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi, „shakllarning shakli“, maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu nazariyasiga koʻra, har qanday real mavjud boʻlgan ayrim narsa „materiya“ bilan „shakl“ning birligidan iborat, „shakl“ esa narsaning oʻziga xos „koʻrinishi“dir, unga ham „materiya“, ham „shakl“ deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam „materiya“dan – „shakl“ ga va „shakl“dan – „materiya“ga izchil ravishda oʻtish jarayonidan iborat.Arastu bilish haqidagi taʼlimotida „dialektik“ bilish bilan „apodiktik“ bilishni bir-biridan farqlaydi. „Dialektik“ bilish – tajriba samarasi boʻlmish „fikr“ni, „apodiktik“ bilish esa ishonchli bilimni vujudga keltiradi. Ammo Arastu tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonun qoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi. Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va „analitika“ deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qaramaqarshilik va uchinchisi istisnoqonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq „ilk falsafa“ („metafizika“) bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – oʻsimlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼlimotidir. Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib ravishda harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.Arastu jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani – etikaga asos soldi. Uning axloq sohasidagi maʼnaviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf va mutafakkirdir. Arastu aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan iborat faoliyatini barcha neʼmatlardan ustun qoʻyadi, uni ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga boʻysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy tajribani ishga solib oʻrta yoʻlni tanlagan maʼqul. Arastuning siyosiy qarashlari „inson – ijtimoiy mahluqdir“ degan gʻoyaga asoslanadi, yaʼni oila, jamiyat, davlat – inson hayoti va faoliyatining asosiysohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Arastu oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat davlatniki boʻlishi, unda barcha fuqarolar (qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk tartibotidan saboq beruvchi ilmlarni egallashi shart. Arastu davlat masalasida har qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib oʻtirmay, mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qaygʻurishi lozim, deb hisoblaydi.Arastu davlatni idora etishning uchta maʼqul va uchta nomaʼqul shakli mavjud, degan gʻoyani olgʻa suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari amal qilgan davlatda undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish imkoni istisno etiladi, hokimiyat esa butun jamiyat xizmatida boʻladiki, bular – monarxiya (yakka podsho hukmronligi), aristokratiya (aslzodalar hukmronligi) va „politiya“ (oʻrta tabaqa, moʻʼtadil demokratiya hukmronligi)dir. Aksincha, tiraniya (zolimona hukmronlik), sof oligarxiya (qudratli kishilar toʻdasining hukmronligi) va oxlokratiya (haddan oshgan olomon hukmronligi) – monarxiya, aristokratiya va „politiyashakllarining vaqt oʻtishi bilan batamom aynigan, yuz tuban ketgan koʻrinishidir. Arastuning tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy qarashlari yotadi: tarbiyadan maqsad – ruhning oliy jihatlari boʻlmish aql-zakovat va irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning oʻzaro chambarchas bogʻliq uch jihati – jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya – ruhning uch turiga muvofiq keladi, yaʼni kamolatga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari – tabiiy qobiliyat, koʻnikma va aql-idrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur. Arastu oʻz iqtisodiy taʼlimotida qullik – tabiiy bir hodisa va udoimo ishlab chiqarish? negizi boʻlishi lozim, degan nuqtai nazarga suyanadi. U tovar-pul munosabatlarini tadqiq etib, natural xoʻjalik bilan tovar ishlab chiqarish? oʻrtasidagi tafovutlarni anglab etish darajasiga yaqin keldi. Uningcha, boylik ikki turdan iborat: isteʼmol qiymatlari yigʻindisi sifatidagi boylik va tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni Arastu „tabiiy boylik“ deb ataydi) manbai – dehqonchilik va hunarmandchilik boʻlib, kishilarning tub ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni Arastu „gʻayritabiiy boylik“ deb nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat boʻlmay, oʻzaroayirboshlash, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-turining miqdori inson ehtiyojlari bilan chegaralansa, 2-turining miqdorini esa aslo cheklab-chegaralab boʻlmaydi. Shuningdek Arastu isteʼmol qiymati bilan tovar qiymati oʻrtasidagi chegarani birinchi boʻlib belgilab berdi, turli xil tovarlari faqat pul vositasida oʻzaro qiyoslash mumkin, deb hisobladi. Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari: „Politiya“, „Gʻoyalar haqida“, „Farovonlik haqida“, „Birinchi analitika“,Ikkinchi analitika“, „Kategoriyalar“, „Fizika“, „Metafizika“, „Jon haqida“, „Nikomax axloqi“, „Yevdem axloqi“, „Axloqi kabir“, „Siyosat“, „Ekonomika“, „Etika“, Poetika“ „Ritorika`` 2. Aristotel qadimgi buyuk yunon faylasufi, qomuschi, o‘z davrida mavjud barcha fanlar bo‘yicha qalam tebratgan allomadir. Uning yashab o‘tganiga ikki ming yildan ortiq vaqt bo‘lganiga qaramay, hamon o‘z ta’limoti bilan jahon ahli orasida yashab kelmoqda. Aristotel dunyoqarashi iz qoldirmagan biron-bir fan sohasini ko‘rsatish qiyin. Alloma haqida bizning fikrimiz qanday bo‘lmasin, uning aql-zakovatini, jasoratini tan olishimiz kerak. Aristotel yashab, ijod qilgan davrda Yunoniston na faqat Yevropada, balki butun jahonda iqtisodi, madaniyati, fani rivojlangan davlat sifatida tanilgan edi. Sharqda Aristotelni “muallimi avval” deb atashgan. Uning ta’limoti o‘nlab asrlar davomida Bog‘dod va Kordovada, Misr va Buyuk Britaniyada ilm-fan, ayniqsa falsafa va mantiq ilmining gurkirab o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatib kelgan. Aristotelning buyukligi yana shundaki, u o‘z ustozi Platon singari Afinada o‘z maktabini tashkil etdi. Bu maktabda yuzdan ortiq shogirdlar tahsil olgan. Ular keyinchalik o‘z ustozlari bilan birga tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy ilmlarni rivojlantirdilar. Falsafa tarixini o‘rganish falsafaning ijtimoiy ong shakllari o‘rtasidagi o‘rnini aniqlash va u jamiyat moddiy hayotining ijtimoiy amaliyotga bog‘liqligi, nisbiy mustaqilligi, shuningdek, ichki taraqqiyotida, ichki mantiqqa egaligini aniqlashni taqozo etadi. O‘tmish falsafiy ta’limotlar tarixi bosib o‘tilgan bosqich sifatida qaralib, uni o‘rganish hozirgi davrda katta ahamiyat kasb etmoqda. . Darhaqiqat, buyuk mutafakkirlarning falsafiy qarashlarini o‘rganish doimo dolzarb masala bo‘lib qoladiAristotel barcha fanlarni ikki qismga — nazariy va amaliy fanlarga ajratadi. Uning fikricha, nazariy fanlarni o‘rganish faqat ularni bilishga qaratilgan. Amaliy fanlar esa insonlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga, biror foydali ishni amalga oshirishga qaratilgan. Nazariy fanlarni Aristotel uch qismga: Birinchi falsafa (metafizika), matematika va fizikaga bo‘ladi. Agar «Metafizika», ya’ni birinchi falsafa borliqning o‘zgarmas asosini o‘rgansa, matematika jismlarning mavhum, mikdorny va fazoviy xossalarini, fizika jismlarning tabiatdagi turli holatlari va aniq «materiyalar»ni o‘rganadi. Aristotelning borliqni turli fanlar yordamida o‘rganishini olimlar yuqori baholganlar. Shunday qilib, Aristotel falsafasining xususiyati materializm bilan idealizm o‘rtasida ikkilanishdan iboratdir. U o‘zining ilk falsafiy qarashlarida ustozi Platonga ergashgan bo‘lsa, keyinchalik uning falsafasini tanqid qilib, o‘zining mustaqil ta’limotini yaratdi. Aristotelning fikricha, Platonning «g‘oyalar nazariyasi» jiddiy asosga ega emas. Unga ko‘ra, g‘oyalar birlamchi bo‘lib, moddiy dunyo, jism va hodisalar ularning nushasidir. Aristotel Platonning bu ta’limotini rad etib, g‘oyalarning o‘zi jismning oddiy nushasi va o‘z mazmuni jihatidan uning bu jismlardan farqi yo‘q, deb ta’kidlaydi. «Umumiy g‘oya» o‘z nushasi sifatida jism va hodisalarni yaratgan g‘oya-jismning mohiyatidan iborat. Platonning bu g‘oyasini Aristotel rad ztdi. Agar «g‘oya» jism va hodisalarning mohiyati bo‘lsa, u vaqtda bu mohiyat shu jism va hodisalarda gavdalanishi va ifoda etilishi lozim edi. Vaholanki, Platon jism va hodisalar o‘z mohiyatidan (g‘oyadan) butunlay ajralgan deb ta’kidlaydi Aristotel. Shuning uchun Platon narsa va hodisalarni o‘rganish ularning mohiyatini bilishga yordam bermaydi, moddiy narsa va hodisalarni bilishning hojati yo‘q. Shu sababli sezgi a’zolarimiz xizmatidan voz kechish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Aristotel Platonda g‘oya bilan moddiy predmetlar, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik o‘rtasida bog‘lanish butunlay yo‘q ekanini ta’kidlaydi. Shunday qilib, Platonning fikricha, g‘oyalar abadiy, birlamchi, harakatsiz, o‘zgarmas, ularning nushasi hisoblanadi. Moddiy narsalar va hodisalar harakatda, o‘zgarishda va o‘tkinchi xarakterga egadir. Platonning bu g‘ayri-ilmiy ta’limoti, Aristotelning fikricha, asossiz va qarama-qarshi qutbga ega. Modomiki, predmet va hodisalar «g‘oya»larning mahsuli, nushasi ekan, deb ta’kidlaydi Aristotel, nega «g‘oyalar» harakatsiz, o‘zgarmas, mangu, ularning nushasi, mahsuli esa harakatda, o‘zgarishda va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lishi kerak? Aristotel bu yerda Platon ta’limotida ta’kidlangan predmet va hodisalar bilan «g‘oyalar dunyosi» o‘rtasida sababiy bog‘lanish yo‘q ekanini ochib tashlaydi. Aristotel Platon singari tushunchalar orqali borliqning muhim, tub va o‘zgarmas xossasini bilish mumkin, deydi. Lekin Aristotel Platonning tushunchalar orqasida konkret moddiy narsalar yotishini inkor etishini tanqid qilib, tushunchalar orqasida konkret narsalar yotadi, deb ta’kidlaydi. Masalan, Platon «o‘rmon» tushunchasi ortida konkret daraxtlar yotishini ko‘ra olmaydi. Platon tushunchalarni hissiy borliqqa qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Aristotelning fikricha, «g‘oyalar dunyosi» ta’limotining yuzaga kelishidanazariyasi» jiddiy asosga ega emas. Unga ko‘ra, g‘oyalar birlamchi bo‘lib, moddiy dunyo, jism va hodisalar ularning nushasidir. Aristotel Platonning bu ta’limotini rad etib, g‘oyalarning o‘zi jismning oddiy nushasi va o‘z mazmuni jihatidan uning bu jismlardan farqi yo‘q, deb ta’kidlaydi. «Umumiy g‘oya» o‘z nushasi sifatida jism va hodisalarni yaratgan g‘oya-jismning mohiyatidan iborat. Platonning bu g‘oyasini Aristotel rad ztdi. Agar «g‘oya» jism va hodisalarning mohiyati bo‘lsa, u vaqtda bu mohiyat shu jism va hodisalarda gavdalanishi va ifoda etilishi lozim edi. Vaholanki, Platon jism va hodisalar o‘z mohiyatidan (g‘oyadan) butunlay ajralgan deb ta’kidlaydi Aristotel. Shuning uchun Platon narsa va hodisalarni o‘rganish ularning mohiyatini bilishga yordam bermaydi, moddiy narsa va hodisalarni bilishning hojati yo‘q. Shu sababli sezgi a’zolarimiz xizmatidan voz kechish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Aristotel Platonda g‘oya bilan moddiy predmetlar, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik o‘rtasida bog‘lanish butunlay yo‘q ekanini ta’kidlaydi. Shunday qilib, Platonning fikricha, g‘oyalar abadiy, birlamchi, harakatsiz, o‘zgarmas, ularning nushasi hisoblanadi. Moddiy narsalar va hodisalar harakatda, o‘zgarishda va o‘tkinchi xarakterga egadir. Platonning bu g‘ayri-ilmiy ta’limoti, Aristotelning fikricha, asossiz va qarama-qarshi qutbga ega. Modomiki, predmet va hodisalar «g‘oya»larning mahsuli, nushasi ekan, deb ta’kidlaydi Aristotel, nega «g‘oyalar» harakatsiz, o‘zgarmas, mangu, ularning nushasi, mahsuli esa harakatda, o‘zgarishda va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lishi kerak? Aristotel bu yerda Platon ta’limotida ta’kidlangan predmet va hodisalar bilan «g‘oyalar dunyosi» o‘rtasida sababiy bog‘lanish yo‘q ekanini ochib tashlaydi. Aristotel Platon singari tushunchalar orqali borliqning muhim, tub va o‘zgarmas xossasini bilish mumkin, deydi. Lekin Aristotel Platonning tushunchalar orqasida konkret moddiy narsalar yotishini inkor etishini tanqid qilib, tushunchalar orqasida konkret narsalar yotadi, deb ta’kidlaydi. Masalan, Platon «o‘rmon» tushunchasi ortida konkret daraxtlar yotishini ko‘ra olmaydi. Platon tushunchalarni hissiy borliqqa qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Aristotelning fikricha, «g‘oyalar dunyosi» ta’limotining yuzaga kelishidamutafakkirlarning ham hissalari benihoya katta. . Shu sababli ham xususan, Abu Nasr Forobiy Sharqda “Muallimi soniy” (ikkinchi muallim) degan sharafli unvonga muyassar bo‘lgan. Aristotelning "Ritorika" kitobi haqida Agar siz falsafa, adabiyot va san’atga mehr qo‘ysangiz, buyuk faylasuf va so‘z ustasi Arastu haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Sizni adibning zamonamizda juda mashhur bo‘lgan noyob asarlarini o‘qishga taklif qilamiz. Aristotel rasmiy falsafa va mantiqning asoschisi bo'lib, uning rivojlanishida katta rol o'ynagan. zamonaviy fan va san'at. Muallif “Ritorika” asarida poetikaning metafizik tabiati va ritorikaning texnik tomoni haqida fikr yuritadi. Buni qadimgi yunon faylasufi va olimi Arastu yozgan noyob ish taxminan 2500 yil oldin, ammo bizning davrimizda uning asarlari o'z ahamiyatini yo'qotmagan va har bir o'quvchining ritorikaga bo'lgan qiziqishini jonlantirgan. Poetika, uning fikricha, falsafiy mustaqil ob'ekt bo'lib, u san'at va falsafaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ish ma'lum mavzularga bag'ishlangan bir necha qismlarga bo'lingan. Muallif o‘z asarida inson borlig‘ining asosiy yo‘nalishlarini yoritib, o‘ziga xos ko‘p qirrali falsafa tizimini yaratadi. Ritorika notiqlikdagi asosiy muammolarni aniqlash va tizimlashtirilgan jarayon sifatida qaraladi. Xususiyatlari haqida ham bilib olishimiz mumkin notiqlik tinglovchining e'tiborini o'ziga tortadigan va ushlab turadigan. Keyinchalik, muallif asosiy narsani tahlil qiladi texnik nuqtalar ritorika. Aristotel o'z asarida inson tuyg'ularini har tomonlama tahlil qiladi va ularni muhokama usullari bilan mahorat bilan tasdiqlaydi. Uyatga bag'ishlangan juda qiziqarli qism, bu erda muallif yaxshi o'rnak bilan beg'ubor obro'ga ega bo'lgan fazilatli shaxs sifatida namoyon bo'ladi. Shuningdek, muallif turli yosh toifalariga oid o‘z fikrlari, xulosalari va xususiyatlarini alohida tartibda joylashtirgan holda o‘rtoqlashadi. Ish oxirida biz muallifning aforizmlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Bu kitobga kim qiziqadi? Jahon falsafasi va san'atining asosiy g'oyalari haqida ko'proq bilishni istagan har bir kishi, shuningdek, gumanitar fanlar talabalari uchun. Bu asarlar ko'p asrlar davomida eng yaxshi ilmiy ongni hayajonga solib kelgan, chunki bu asarlarda she'riy va ritorik metafizika mavzusidagi teng asarlar yo'q. "Ritorika" kitobini o'qish juda qiyin, garchi u sodda va hatto sodda tilda yozilgan bo'lsa ham. Asar o‘z o‘quvchisini har bir so‘z, jumla, band va aforizmlar haqida to‘g‘ri va teran ma’noni anglash uchun o‘ylashga majbur qiladi. Aristotelning «Ritorika»si uch kitobdan tashkil topgan. Asarning birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqidagi fikr va mulohazalardan iborat bo‘Isa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi. Olimning fikricha, notiq tilidagi turli «qorishmalar», ya’ni so‘zlarning noto‘gri va noto'rin talaffuz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikmi ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so'zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, Aristotel notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metofaralami qo‘llasa, nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar ko'payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi. Arsitotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi: Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash). Materialni joylashtirish shakli (rejasi). Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish). Materialni socz yordamida to‘g‘ri aks ettirish. Materialni to‘g‘ri talaffuz etish. Aristotelning fikrlari hozirgi kunda ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda Download 34.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling