1. Avtoturar joylar. Aholi yashash punktlari, ish joylari va xizmat ko‘rsatish markazlarida avtomobil to‘xtash joylari va garajlar
Download 25.48 Kb.
|
3-mareuza
3-Ma’ruza MAVZU: Avtoturar joylar. Bir qavatli va ko‘p qavatli yer osti va yarim yerosti avtoturar joylarining qurilma yechimlari. Reja: 1. Avtoturar joylar. 2. Aholi yashash punktlari, ish joylari va xizmat ko‘rsatish markazlarida avtomobil to‘xtash joylari va garajlar Avtomobil aholining uzog‘ini yaqin qiladigan, hayot sifatini oshiradigan vositalardan biri. Mustaqillik yillarida xalqimiz turmush darajasi naqadar yuksalganini birgina shu jihat orqali ham anglash, his qilish mumkin. Mashinalar ko‘pligidan tirbandliklar yuzaga kelmoqda. To‘xtash joylari yetmay, ko‘p qavatli avtoturarjoylar barpo etilmoqda. Aholining yurtimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bilan ta’minlanish darajasi tobora o‘smoqda. Agar 2000 yilda har 100 oilaga o‘rtacha 20 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 71,4 taga yetgan. Oilalarning 31 foizdan ortig‘i ikkitadan yengil avtomobilga ega. Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimizning jadal rivojlanayotgani, xalqimiz farovonligining oshib borayotganidan dalolatdir. Tarixan qisqa davrda, o‘z kuchimiz, o‘z aqlu zakovatimiz bilan shunday ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotganimiz ertangi kunga ishonchimizni mustahkamlaydi. Avtotransport vositalarini joylashtirish ularning qanday ishlarga mo‘ljallanganligi va turlari, ekspluatatsiya sharoiti, ishga chiqish va kirish tartibi hamda almashinuvlar oralig‘ida servis va ta’mir o‘tkazish vaqtlariga mos kelishi zarur. Bulardan tashqari saqlashni tashkil etishda harakat xavfsizligini ta’minlash, maydondan tejamli foydalanish va sarflanadigan sarmoyaning samaradorligiga erishishni ta’minlash kabilar ham ko‘zdatutiladi. Shaxsiy avtomobillarni saqlash uchun garaj olish, ko‘pqavatli uyjoylar atrofiga mashinalarni qo‘yish borasida ba’zi muammolar yuzaga kelmoqda. To‘g‘ri, ko‘pqavatli uylarda yashaydigan aholining ancha-munchasi o‘z shaxsiy avtomobilini saqlash joyiga - garajlarga ega. Biroq garaji yo‘qlar ham oz emas. Bunday hollarda avtomobillarni odatda ko‘p qavatli uylar yoniga, pod’ezdlar oldiga qatorlashtirib qo‘yishadi. Avtomobillar soni yil sayin ko‘payib borishi ularni saqlash uchun yetarlicha avtoturargohlarni qurishni talab etadi. Ayniqsa, shahar joylarda bunga talab va ehtiyoj tobora ortmoqda. Shu ma’noda, avtomobillarni qo‘yish joylarini qurish, ulardan foydalanish tartibqoidalari hamda fuqarolarning ularga amal qilishiga doir munosabatlar huquqiy tartibga solinishi tabiiy ehtiyoj hisoblanadi. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 apreldagi «Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida tartibga solinadi. Bugungi kunda «Namunaviy mahalla» dasturi asosida mavzelar hududidagi betartib o‘rnatilgan garajlar buzilib, ular o‘rnida ochiq turdagi, qo‘riqlanadigan avtoturargohlar tashkil etilmoqda va avtotransport vositalarini mazkur maydonchalarda saqlash maqsadga muvofiqdir. Ko‘pincha ko‘p qavatli uy-joylar tagida pod’ezdlar oldida, yo‘lkalarda avtomobillar turadi. Bu holat uyga kirib-chiqishda ba’zan muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi ma’lum. Qolaversa, bolalarning, odamlarning hayotiga xavf solishi ham turgan gap. Ko‘pqavatli uylar yo‘lkalari va pod’ezdlarda avtomashinalar to‘xtab turishi yoki qoldirib ketilishi, bu yerda favqulodda holat sodir bo‘lganda maxsus texnikalarning yurishi (yoki o‘tishi)ni qiyinlashtirib, xalaqit beradi. Shu bois ham bunday joylarda mashinalarni qoldirib ketish qat’iyanmanetiladi. Rekonstruksiya qilinayotgan va yangi qurilayotgan avtoturargohlar ishga tushguniga qadar, shaxsiy avtotransport egasi o‘z mashinasini sanitariya me’yorlariga asosan, turarjoydan 15 metrdan kam bo‘lmagan masofada vaqtincha saqlab turishiga ruxsat berilgan. Umumfoydalanadigan avtoturargohlarni barpo etib bo‘lib, yetarlicha sharoit yaratilgandan keyingina fuqarolarning pod’ezd va yo‘lkalarga mashinalarini qoldirmasliklariga erishish mumkin. Bunda har bir fuqaroning mashinaga umumfoydalanadigan avtoturargohlardan alohida doimiy bepul joy ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Ana shundan keyin ham qoidaga amal qilinmasa, mahalla tomonidan tegishli tartibda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib boriladi, amaldagi qonunchilikka asosan shaxsiy garajlar vaqtinchalik qurilma hisoblanadi. Yerdan vaqtinchalik foydalanish uchun tuzilgan shartnomaga binoan, garajni olib tashlash talab qilinganda, garaj egasi talab qilingan muddat ichida o‘z hisobidan garajni olib tashlashi kerak. Shaxsiy garajlarni olib tashlashda asosan, quyidagilar inobatga olinmoqda: — noqonuniy o‘rnatilgani; — maqsadga muvofiq foydalanilmayotgani; — yong‘in xavfsizligi va sanitariya-gigiena me’yorlari talablariga javob bermasligi; — ariq va kanal bo‘ylarida, yer osti kommunikatsiyalar o‘tkazilgan maydonlarda, ijtimoiy soha, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari yonida joylashgani. Hozirgi kunda avtomobillar xavfsizligi to‘la ta’minlangan, video kuzatuv o‘rnatilgan, yaqin-atrofdagi aholi uchun imtiyoz tariqasida avtomobillarni saqlash uchun to‘lov narxi bir muncha arzon belgilangan. Download 25.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling