Bemorlar qabul qilinganda sanitar ishlovdan o’tishlari kerak


Download 162.66 Kb.
bet1/15
Sana08.01.2022
Hajmi162.66 Kb.
#252987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xirurgiya amaliy


Bemorlar qabul qilinganda sanitar ishlovdan o’tishlari kerak. To’liq sanitar ishlov berish bemorni vannada yoki dush ostida yuvintirish, ich kiyimlarini dezinfektsiyalash va dezinsektsiyalash, shuningdek, xonaga sanitar-gigienik ishlov berishni o’zichiga oladi.

Qisman sanitar ishlov berish – tanani qisman yuvishni va ich kiyimlarni almashtirishni o’zichiga oladi. Bemorlarga boshqa ich kiyim berilganidan so’ng, ular shu ich kiyimda bo’limga kirishadi. Hozirgi vaqtda bu qoidaga doim ham amal qilinmaydi, asosan maxsus va harbiy shifoxonalarda ushbu odat saqlangan. Buning sababi shundaki, ko’plab bemorlar shifoxonaga kelishdan oldin yuvinishadi yoki dush qabul qilishadi.

Qabul qilinuvchi bemorlar vannada yoki dush ostida yuvintiriladi. Dastlab, vannaga 0,5% xlorli eritma yoki 1-2% xloramin eritmasi bilan ishlov beriladi. Keyin vannani issiq sovunli suv bilan yaxshilab yuvib, to’ldiriladi. Vannadagi suv harorati taxminan 42 daraja bo’lishi kerak.

Haddan tashqari bug’lanishning oldini olish uchun, oldin sovuq suv vannaga quyiladi, so’ngra issiq suv quyiladi. Bemorlarning ahvoli og’ir bo’lganda, ular vannadagi skameykaga o’tirg’iziladi va ustidan suv quyiladi.

Tana qismlarini yuvish ketma-ketligi:

bosh yuviladi;

• qo’l va ko’krak qafasi;

• chot orasi, qorin soxasi va bel;

• oyoqlar.

Sanitar ishlov berish va antropometriyadan so’ng bemorlar tibbiy xodimlar bilan birgalikda ko’rikdan o’tkazish xonalariga boradilar va shundan so’ng tashhis qo’yish va davolash taktikasi belgilanadi.

Qabul qilish bo’limining shifokorlari o’rta tibbiyot xodimlari bilan birgalikda kasallik tarixini to’ldiradilar (bemorning statsionar kartasi). Uning titul sahifasida quyidagilar mavjud:

• familiyasi, ismi, otasining ismi,

• yoshi (vatug’ilgan sanasi),

• yashash joyi,

• bemorning ish joyi,

• yaqin qarindoshlari telefonlari yoki manzillari,

nogironlik haqida guvoxnoma, dorilarga allergiyasi haqida, qon guruhi, kasallikning boshlanish davri (favqulodda kasalxonaga yotqizilganlar uchun) to’g’risida eslatma.

• Yuborgan muassasaning diagnozi, qabul qilingandagi dastlabki diagnoz, klinik diagnoz va uning qo’yilgan sanasi kiritiladi.

Titul varaqda bemor anamnezida virusli gepatiti borligi, undan olingan narsalarda va bemorning o’zida pedikulyoz belgilarining mavjudligi to’g’risida ma’lumotlar maxsus yozib qo’yiladi.

 Bemor shifoxonadagi tartib qoidalar bilan tanishib chiqqanligi va ularni buzmaslikka roziligini bildirib imzo qo’yadi.

Qabul bo’limining shifokor-mutaxassislari tomonidan bemor ko’rikdan o’tganida, ular to’plagan ma’lumotlar kasallik tarixiga kiritiladi, qo’shimcha tekshirish usullarini tayinlash to’g’risidagi ko’rsatmalar beriladi.

SHifokorlar ko’rikdan o’tkazish qoidalariga rioya qilishlari kerak: Dastlab invaziv bo’lmagan usullarni qo’llash va so’ngra ularning murakkablasha borishi, og’irlashuvi va narxini oshishiga qarab tayinlash lozim. Minimal travmatik usullar doimo ko’proq travmaga olib keladigan usullardan oldin qilinishi kerak.



Xirurgik statsionarga qabul qilinayotganlarning hammasida bajarilishi kerak:

• umumiy qon taxlili;

• RW -ga(zaxmga) qon taxlili;

• flyurografiya;

• keksalar uchun EKG tekshiruvi ham o’tkaziladi.

Qolgan tekshiruvlar aniq ko’rsatmalar bo’yicha bajariladi. Buning uchun qabul bo’limining shifokori qo’l ostida mavjud:

rentgen xonasi,

• ulьtratovush tekshiruvi xonasi,

• endoskopiya bo’limi,

• favqulodda laboratoriya va boshqalar.

Navbatchi bo’lim shifokori zarur bo’lganda konsultatsiya uchun shifoxona bo’limlaridan mutaxassislarni taklif qilishi mumkin.

Reja bo’yicha qabul qilinadigan bemorlarni statsionar davolanishga yuborgan poliklinikalarda tekshiruvdan o’tkazish kerak. Ular qo’lida ultratovush, umumiy taxlillar, rengenogrammalar va boshqa tekshiruvlar natijalari bilan qabul bo’limiga kelishadi.

Og’ir ahvolda bo’lgan, gomeostazning beqaror ko’rsatkichlari bilan kelgan bemorlarga birinchi tibbiy yordam qabul bo’limida ko’rsatiladi.


Download 162.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling