1. B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroning soliq huquqiy munosabat sub’ekti sifatida holatini tahlil qiling


Download 30.26 Kb.
Sana08.05.2020
Hajmi30.26 Kb.
#104127
Bog'liq
Oraliq soliq


1-kazus

A. ismli fuqaro 50 yoshda vafot etdi. Jismoniy shaxs sifatida uning yer va mol-mulk solig‘idan 5 million so‘m soliq qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, A.ismli fuqarodan 13 yoshli B. ismli farzandigi 100 million qiymatdagi turar uy-joy meros tariqasida qodirilganligi ma'lum bo‘ldi.

S. ismli soliq organi xodimi 13 yoshli B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroga soliq qarzi bo‘yicha talabnoma yuborib, 1 oy ichida soliq qarzini to‘lashi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaro 5 million soliq qarzdorligini ushbu muddatda to‘laolmadi. Natijada, S. ismli soliq organi xodimi 100 million qiymatdagi turar uy-joyni kim oshdi savdosida sotib, 5 million so‘m soliq qarzdorlikni undirib oldi va qolgan pul so‘mmasini B. ismli fuqaroga qaytarib berdi.



1.B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroning soliq huquqiy munosabat sub’ekti sifatida holatini tahlil qiling.

2.Ushbu holatda soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqini qo‘llash mumkinligini tahlil qiling.

3.S. ismli soliq organi xodimi tomonidan soliqlarni undirish tartibigi rioya qilinganlik holatini tahlil qiling.

Ushbu muaommoli vaziyatga huquqiy yechim berishda, yuqorida keltrib o`tilgan savollar orqali huquqiy yechim beramiz.



1. B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroning soliq huquqiy munosabat sub’ekti sifatida holatini tahlil qiling.

2. Ushbu holatda soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqini qo‘llash mumkinligini tahlil qiling.

3. S. ismli soliq organi xodimi tomonidan soliqlarni undirish tartibigi rioya qilinganlik holatini tahlil qiling.

Ushbu savolarga javob beradigan oldin, soliq huquqi haqida qisqacha tarif berib o`tsak maqsadga muvofiq bo`ladi. Soliq nima? Soliqlar – Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari1. Soqliq – bu qadimdan shakilanib kelgan va odamlar tomonidan beg`raz yordam sifatida, qaytarib berilmaydigan to`lov hisoblanadi. Dunyodagi qancha davlat bo`lsa hammasida soliqlar mavjud. Soliqlar davlat hayotida va faloliyatida tutadigan o`rni beqiyos. Soliqlar davlat faoliyatining barcha yo`nalishlarini mablag` bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri hioblanadi. Shuningdek soliqlar bozor munosabatlarini rivojlanish sharoitida davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshiruvchi asosiy vosita ham hisoblanadi. Soliqlar davlat budjetiga to`g`ridan-to`g`ri yo`naltiriladigan, muntazam ravishda undiriladigan, qaytarib berilmaydigan va, albatta, Soliq kodeksiga muvofiq keladigan to`lovga aytiladi. Soliqlar davlatning moliyaviy resusrlarini shaklantiradigan, davlat budjetining asosiy katta qismini tashkil etadigan va davlat tomonidan belgilangan vazifalarni bajarishda yordam beradigan to`lov hisoblanadi. To`langan soliqlar davlat tomonidan ijtimoiy sohalarga, biror-bir davlat dasturiga amalga oshirish uchun sarflanadi. Misol uchun bugungi kundan mamlakatimizdagi barcha maktab, va kollejlar ta’minlash, sog`liqni saqlash bo`yicha xizmat ko`rsatish, ijtimoiy muhtoj oilalarga yordam berish va davlat xizmati organlariga oylik to`lovlarning barchasi davlat budjeti tomonida amalga oshiriladi. Budjetga tushumlar orqali amalga oshiriladi. Budjet tushumlarining katta qismini soliqlar tashkil etadi.

Soliq huquiga to`xtaladigan bo`lsak, Soliq huquqi soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish, to`lash hamda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisidan iboratdir. Ya’ni soliq huquqi davlat va jisomiy va yuridik shaxslar o`rtasidagi soliq bo`yicha amalga oshiriladigan munosabatlarni taribga soluvchi huquq normasi hisoblanadi. Soliq huquqi davlat tomonidan belgilangn soliqlar va majburiy to`lovlarni hioblablab chiqish, to`lash va soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog`liq bo`lgan tartiblarni belgilaydi.

Soliq va soliq huquqi bo`yicha qisqacha to`xtalib o`tdik. Endi, yuqorda berilgan kazus bo`yicha savolarga javob berish orqali muammoli vaziyatga huquqi baho beramiz.



B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroning soliq huquqiy munosabat subyekti sifatida holatini tahlil qiling. Soliq huquqi subyektlariga to`xtalib o`tmiz. O`zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi 2019-yil 30-dekabrdagi O`RQ-599-sonli Qonunga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksning 19-moddasiga asosan, soliq to`lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlari kiradi. Yuqoridagi kazus bo`yicha B bu yerda Soliq kodeksiga muvofiq soliq to`lovchi hisoblanadi. Soliq kodeksining 20-moddasiga asosan, ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig`imlarni to`lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to`lovchilar deb e’tirof etiladi. Ushbu kazusdagi holat bo`ycha B jismoniy shaxsligini inobatga olib soliq to`lovchi subyekt bo`ladi.

Soliq huquqi munosabatlariga kirishda subyektlar ishtirokni tahlil qilishda yana bir asosiy jihat mavjud. Soliq huquqi subyening muommila va huquq layoqatilari hisoblanadi. Soliq huquqi nazariyasida soliq huquqi subyektlarining muomila layoqatiga quydagicha yoritib o`tilgan, ya’ni har bir odam dunyoga kelganidan boshlab soliq huquqi munosabati ishtirokchisi hisoblanadi. Bu yerda, har bir inson tug`ilganidan boshlab soliq to`lovchisi hisoblanadi. Subyekt muomala layoqati soliq huquqida subyektlar huquqlari, majburiyatlari va vakolatlarining xususiyatlari hisoblanadi. Muomala layoqatiga ega bo`lishning huquqiy asoslari normativ huquqiy aktlarda o`rnatiladi. Ushbu holatni misol orqali tushuntirib beradigan bo`lsak, yosh boladan totib qariyalargacha ham do`kon, bozor, supermarket va boshqa xaridni amalga oshiradigan joylarda savdo-sotiq ishlarni amalga oshiradi. Bunda davlat tomonidan o`rnatilgan egri soliqlar tovarga mavjud. Demak, har bir inson shu tavorlarni oladi va shu yerning o`zida soliq munosabat ishtirokchisiga aylanadi. Ushbu holat soliq huquqida subyektning muomala layoqati hisoblanadi.

Soliq huquqida subyektlarining muamala layoqatiga to`xtlib o`tadigan bo`lsak, Soliq huquq layoqati – bu ma’lum bir huquqlarga ega bo`lish va majburiyatlarni bajarish, harakatlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish, soliq qonunbuzilishlari bo`yicha ishlarni ko`rib chiqish, huquqiy normalarni buzish va qonun bilan o`rnatilgan talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlikka tortilish qobiliyatiga ega bo`lishdir. Soliq huquqiga asosan huquq layoqatiga ega bo`lishda soliq to`lovlari, huquqlari va muajburiyatlarini amalga oshira oladigan subyektlarga aytiladi. Misol uchun, shaxs soliq organi vakillari tomonidan Soliq kodeksida belgilangan soliq to`lovlari bo`yicha o`zi amalga oshirish va o`z majburiyatlari yuzasidan harakatlarni olib borishi huquqiy layoqati hisoblanadi. Fuqorilik kodeksining 22-moddasiga asosan, fuqaroning o`z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo`lish va ularni amalga oshirish, o`zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o`n sakkiz yoshga to`lgach to`la hajmda vujudga keladi. Demak, soliq huquqi ishtirokchisi huquq layoqatiga ega bo`lishi uchun 18-yoshga to`lish O`zbekiston fuqarosining huquq layoqatiga egaligini anglatadi. Fuqarolik kodekisining 22-moddasining 2-3-4-qismlari va 28-modda nazarda tutilgan holatlarda shaxslar 16-yoshdan to`liq huquq layoqatiga ega bo`ladi. Ya’ni 16-yoshga to`lgan fuqaro turmush qurganda va emansipatsiya holatida huquq layoqatiga ega bo`ladi. Fuqarolik kodeksining 27-moddasiga asosan, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan fuqarolar kichik bitim tuzishda qonuniy vakilar orqali amalga oshirilish mumkin bo`ldi. Fuqarolik kodeksining 27-moddasiga asosan, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan fuqarolar kichik bitim tuzishda qonuniy vakilar orqali amalga oshirilish mumkin bo`ldi. Ushbu 27-moddaning 2-qismiga muvofiq, o`n to`rt yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:

1) o`z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;

2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o`z intellektual faoliyatining qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;

3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo`yish va ularni tasarruf etish;

4) ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.

O`n to`rt yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq o`zlari tuzgan bitimlar bo`yicha mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo`ladilar. Bunday voyaga yetmaganlar o`zlari yetkazgan zarar uchun ushbu Kodeksga muvofiq javobgar bo`ladilar. Ushbu moddada nazarda tutilgan holatlarni hisobga oladigan bo`lsak, 14 yoshdagi shaxs ham soliq huquqida huquq layotiga egaligini bo`ladi. Lekin, to`liq soliq huquqida shaxs to`liq huquq layoqati egaligini bildirmaydi.

Yuqoridagi muammoli vaziyatda B soliq huquqida yuqoridagilarni hisobga olgadigan bo`lsak, huquq layoqatga ega emas balki, muomila layoqati hisoblanadi. Demak, ushbu holatda, muomalaga layoqatsiz shaxslar tomonidan ishlarni olib borishda Fuqarolik kodeksning 32-moddasiga asosan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to`liq layoqatli bo`lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar va homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



Vasiylar va homiylar o`z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar. Ushbu 32-moddaga asosan, voyaga yetmagan muomilaga layoqatsiz shaxsning ota-ona, opa-singil bo`lmgan taqdirda vasiylar, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiladi. Demak, B yaqin qarindoshlari yo`qligini hisobga oladigan bo`lsak, B ning manfaatlarni himoya qilishda vasiylik organi ishtiroki etadi.

Yuqoridagi holat bo`yicha B ga 50 yoshli A shaxsdan meros qolgan. Jismoniy shaxs sifatida uning yer va mol-mulk solig`idan 5 million so`m soliq qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. B ga qoldirilgan uy-joyning qiymati 100 million so`mligi aniqlanadi. Ushbu holatda Soliq kodeksning 94-moddasiga asosan
Soliq qarzi mavjud bo`lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun unga hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb e’tirof etiladi. Ushbu jismoniy shaxsning soliqlar bo`yicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxo`ri (merosxo`rlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi.

Agar vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar bo`yicha soliq qarzi meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq bo`lsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb e’tirof etiladi. Mazkur norma merosxo`r (merosxo`rlar) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati hujjatlar bilan tasdiqlangan hollarda qo`llaniladi.

Merosxo`r bo`lmaganda yoki merosxo`r (merosxo`rlar) meros olish huquqidan voz kechganda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi undirilishi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Umidsiz soliq qarzi soliq organlari tomonidan hisobdan chiqarilishi lozim.

Soliq qarzi bo`lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, mazkur jismoniy shaxs hisobga qo`yilgan joydagi va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi soliq organi vafot etgan shaxsning merosxo`ri (merosxo`rlari) to`g`risida axborot olingan paytdan e’tiboran bir oy ichida unga (ularga) soliq qarzi mavjudligi to`g`risida xabar qilishi shart.

Vafot etgan jismoniy shaxsning merosxo`ri (merosxo`rlari) mazkur jismoniy shaxsning soliqlar bo`yicha qolgan qarzini meros qabul qilib olingan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmay uzishi shart. Soliq organining qaroriga binoan uzish muddati, agar soliq qarzi mavjudligi to`g`risidagi xabarni merosxo`r (merosxo`rlar) to`lash muddati o`tishiga olti oydan kam vaqt qolganida olgan bo`lsa, uzaytirilishi mumkin.

Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i va ijtimoiy soliqni to`lash bo`yicha qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarziga nisbatan ham qo`llaniladi. Yuqoridagi holat bo`yicha meros bo`yicha merosxo`r mavjud bo`lganda. Soliq organ xodimi meros bo`yicha qarizdorligi mavjudligini aniqlamoqda. Ushbu holatda, Soliq kodeksi 94-moddasga ko`ra, agar merosxo`r mavjud bo`lganda soliq qarizdorligi bo`yicha 1 oy ichida xabardor qilingan. Lekin, ushbu holatda soliq organi xodim qonun buzilishini yo`l qo`ygan. Bunga sabab B hali soliq huquqi subyekti hisonlanmasa ham, uni javobgarlikka tormoqda. Ushbu holatda, Soliq organi B ga vasiylik organ vakil ishtirokini taminlashi shart. Agarda, B voyaga yetgan shaxs yetgan bo`lganda, uning harakatlari huquqiy asosga ega bo`lardi.

Agarda, B voyaga yetganda shaxs bo`lib to`la huquq layoqatiga ega bo`lib soliq qarizdorligani to`lash imkoniyati bo`lmaganda. Yuqoridagi savolga ko`ra, soliqlarni bo`lib-bo`lib to`lash huquqini qo`llash mumkinligini tahlil qilamiz. Soliq kodeksining 100-moddasiga asosan, soliqni to`lash bo`yicha muddatni kechiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda to`lash imkonini bermasa, biroq ko`rsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash uchun berilgan muddat mobaynida to`lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo`lsa, berilishi mumkin.

Soliq to`lashni kechiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:

4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo`lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo`la to`lash imkoniyatini istisno etishi.

Ushbu 100-moddaga asosan soliq qarzi mavjud bo`lgan soliq to`lovchning soliq undiriladigan mulkidan boshqa mulki mavjud bo`lmas, agarda, keyinchalik to`lash imkoniyati mavjud bo`lsa, unga soliq qarzini bo`lib bo`lib to`lash imkoniyati beriladi. Yuqoridagi holat bo`yicha B agarda voyaga yetgan shaxs bo`lib unga meros qilib qoldirilgan mulkdan boshqa mulki bo`lamasa, u qarizni bo`lib-bo`lib to`lashi mumkin.

Kiyingi holat bo`yicha, soliq qarzini undirish tartibini yoritib o`tadigan bo`lsak, S. ismli soliq organi xodimi tomonidan soliqlarni undirish tartibigi rioya qilinganlik holatini tahlil qilamiz. Ushbu holatda S soliq organi xodimi soliq qarzini undirish maqasadida meros qolgan mol-mulkini auksionga qo`yib sotgan va qolgan so`mmani B qaytarib bergan. Ushbu holatda, Soliq kodeksining 125-moddasiga asosan, Soliq qarizdorligini undirish, agarda soliq qarzi 1 milliondan oshib ketadigan bo`lsa, sud tomonidan amalga oshirilishi begilangan. Bunda soliq organi xodimi soliq qarzdorligi mavjuda bo`lganda soliq solinadigan mol-mulkni xatlab qo`yish to`g`risida ariza kiritadi. Sud ishni ko`rib chiqib soliq solinadigan mulkini xatlovga o`tkazadi. Yuqoridagi holat bo`yicha Soliq organi xodimining harakatlari huquqiy asosga ega emasligini ko`rishimiz mumkin bo`ladi.



Xulosa qiladigan bo`lsak, ushbu kazusda B ismli shaxs soliq huquqi subyet lekin huquqiy layoqatga ega emas. Ushbu xolatda, soliq organi xodimi S unga soliq huquqi majburiyati bo`yicha huquqlarni amalga oshirish bo`yicha vasiy tayinlashi yoki tayinlanishini sudan talab qilishi shart edi. Lekin, S bunday harakatlarni amalga oshirmaganini ko`rishimiz mumkin. Soliq qarzi bo`yicha qarzni undirish bo`yicha sudaga ariza bilan chiqaish talab etilardi. Ushbu harakatni ham amalga oshirmaganini ko`rishimiz mumkin. Yana bir xolat soliq organi xodimi mulkni auksonda sotishi emas balki, sudga arizga bilan murojaat qilib suda tomonidan xatlovga olishi talab qilinardi. Chunki, B hali to`liq huquq layoqatiga ega emas. Shu sababli u soliq huquqi bo`yicha majburiyatlar yuzasida javob berish huquqiga ega emas.


  1. Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. “O’zbekiston” NMIU 2018 y.

  2. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. Toshkent. “Adolat”. 2019 y.

  3. Isayeva F.B. Soliq huquqi. Bakalavriatning 5240100 – yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / Mas’ul muharrir: prof.v.b. X.S.Islamxodjaev– Toshkent: TDYU, 2016. – 267 b.

  4. Soliq nazariyasi: O’quv qo’llanma / Mual.: Jo’raev A.,Meyliev O., Safarov G’.– T.: Toshkent Moliya instituti, 2004 y.

  5. Xvan L.B.Soliq huquqi.-T.Konsauditinform, 2001 г.

  1. Elektron ta’lim resurslari

  1. http://www.lex.uz

  2. http://www.norma.uz

  3. http://www.soliq.uz

  4. http://www.soliqinfo.uz

  5. http://www.gov.uz




1 Isayeva F.B. Soliq huquqi. Bakalavriatning 5240100 – yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / Mas’ul muharrir: prof.v.b. X.S.Islamxodjaev– Toshkent: TDYU, 2016. – 34B

Download 30.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling