Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi


Download 263.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi263.7 Kb.
#1621537
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ustoz-shogird maktabi



Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish 
va amalga oshirish mexanizmi 
 
Zamonaviy shaklga ega bo‘lgan maktabga bugungi kunda yuqori kasbiy layoqatga ega, tajribali, 
mahoratli, mustaqil fikrlaydigan, nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bogʼliq holda olib boradigan 
kuchli mutaxassislar kerak.
Taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, o‘qituvchilarga amaliy-metodik yordam berish, ayniqsa 
maktablarda endi ish boshlagan o‘qituvchilarga ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi uchun maslahatlar berish, 
pedagogik jamoalardagi tajribali o‘qituvchilarga izdoshlarini biriktirish bugungi kun zamonaviy maktabida 
eng muhim vazifalardan biridir. 
Bu yo‘nalishda Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabi, “Yosh o‘qituvchilar maktabi”, “Ilg‘or 
tajriba maktabi” kabi metodik ishlarni tashkil etish ko‘p yillardan buyon maktab tajribasida qo‘llanilib 
kelinmoqda. Jumladan, oliy o‘quv yurtini bitirib, endigina maktabda faoliyat boshlagan “Yosh mutaxassis”ni 
jamoadagi tajribali o‘qituvchiga 3 yil davomida biriktirib qo‘yish tajribasi ham mavjud.
Lekin, afsuski yuqorida qayd etilgan tajribalar bugungi kun talablariga yetarlicha javob bermayapti. 
Shuning uchun, taʼlim sifatini oshirish va o‘qituvchilarga amaliy-metodik yordam berish maqsadida 
joylardagi mahoratli o‘qituvchilarni aniqlab, ularga shogirdlarni biriktirish maqsadga muvofiqdir.
Respublika bo‘yicha 200 tumandanhar bir fan yo‘nalishida tashabbuskor, ijodkor, ilgʼor va o‘z kasbining 
yetuk ustalari yaʼni “Ustoz-o‘qituvchilar” aniqlanib, ularga shu hududdagi yangilikka intiluvchan, doimiy 
ravishda o‘z ustida ishlaydigan, ustoz maslahatiga ehtiyoji bo‘lgan o‘qituvchilar biriktiriladi.
Tanlash jarayonida uning qaysi yo‘nalishda tajribasi ko‘proq ekani inobatga olinadi. Buning uchun barcha 
o‘rganish usullari - testlar, o‘qituvchi faoliyati to‘g‘risida muassasa rahbarlari, kasbdoshlari, o‘quvchilar va 
ularning ota – onalari bilan oʼtkaziladigan anketa soʼrovlari, maktab maʼmuriyati, fan oʼqituvchilarining 
tegishli oʼqituvchi tomonidan oʼtkazilgan dars va sinfdan tashqari tadbirlarining tahlillari, shu oʼqituvchidan 
yozma nazorat ishlari olish va boshqalardan foydalanish kerak. Shu bilan birga oʼqituvchi faoliyati davomida 
u o‘qitgan sinf o‘quvchilarining koʼrsatgan natijalari (olimpiadalar, fan oyliklari, turli musobaqalardagi 
natijalari, oliy o‘quv yurtlariga kirishi va h.k.) ham albatta inobatga olinishi maqsadga muvofiq.
Birinchidan, yuqoridagi talablar natijasida maʼlum bir tumandan eng tajribali fan o‘qituvchisi aniqlanadi. 
Masalan, shartli ravishda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 3-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani 
o‘qituvchisi Ziyodova Ubayda tanlandi. Sabab ushbu o‘qituvchi 29 yillik pedagogik stajga ega, fanining 
nazariy asoslarini puxta biladi, 8 ta ilmiy maqolasi “Til va adabiyoti taʼlimi” jurnalida nashr etilgan. Tuman 
ona tili va adabiyoti fani oʼqituvchilari metodik kengashi raisi. Sobiq oʼquvchilaridan 18 nafari ona tili va 
adabiyoti, jurnalistika yoʼnalishida oliy oʼquv yurtlarini tugatgan. Shundan 9 nafari maktablarda o‘qituvchilik 
qiladi. O‘quvchilari so‘nggi 3 yilda fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosqichida faxrli oʼrinni egallagan. 
10 soat darsi tahlil qilinganida oʼquvchilari 100 % oʼzlashtirish, 89% samaradorlik natijasini ko‘rsatgan.
Ikkinchidan, shu tumandagi tajribali oʼqituvchiga biriktirilishi lozim boʼlgan 3 nafar o‘qituvchi 
tanlanadi. Ulardan biri ustoz- o‘qituvchining o‘zi ishlayotgan maktabdan boʼlsa, qolgan ikki nafari shu 
tumandagi boshqa maktablardan tanlanishi mumkin.

Download 263.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling