Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi
Download 263.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Ustoz-shogird maktabi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ustoz-shogird»
«Ustoz-shogird» maktabidagi mashg‘ulotlar tegishli fan o‘qituvchilarining metodik kunlarida ilmiy, metodik
va amaliy bilimlarni oʼrganish boʼyicha oʼquv, seminar, trening, bahs-munozaralar o‘tkazish hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni mustahkamlab borish boʼyicha o‘zaro darslar kuzatish, tahlil qilish va tegishli konsulьtatsiyalar shaklida olib boriladi. O‘zaro darslar kuzatish va tahlil qilishni tegishli fan oʼqituvchilarining metodik kunlarida, har oyning birinchi haftasida Ustoz ishlaydigan taʼlim muassasasida uning darsini, keyingi haftalarda navbati bilan shogirdlar ishlaydigan taʼlim muassasalariga borib, ularning darsini kuzatish va tahlil qilish shaklida olib boriladi. Buning uchun tegishli taʼlim muassasalari maʼmuriyati tomonidan metodik kunlarda” Ustoz va shogird” darslarini o‘tkazish uchun dars jadvali muvofiqlashtirib beriladi. «Ustoz-shogird» maktabi faoliyati samaradorligiga bevosita tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimi qoshidagi taʼlim muassasalarining oʼquv-tarbiya jarayonini metodik taʼminlash kichik guruhining metodistlari masʼul hisoblanadi. Ular ustoz va shogird oʼqituvchilarning nomzodini taʼlim muassasadagi fan metod birlashmasi bilan kelishgan holda belgilaydi, hamkorlik rejasini ishlab chiqadi va ijrosini nazoratga oladi, fanlar kesimida amaliy-uslubiy yordamlar, vaqti- vaqti bilan davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralarani ko‘radi. Har chorak yakunida ustoz va shogirdlar hamkorligi natijasi bo‘yicha davra suhbatlari oʼtkazadi, o‘zaro dars kuzatuvlari xulosalarini tinglaydi, hamkorlikda tayyorlangan hujjatlar yig‘majildlari asosida umumiy faoliyat monitoringini olib boradi. Unda: Ustoz va shogirdning dars tahlillari, o‘quvchilarni har chorak davomida o‘zlashtirish sifat ko‘rsatgichlari, choraklar kesimida oʼzlashtirish sifat koʼrsatgichlarni qiyoslash, ilgʼor tajribalarni oʼrganishi va amalga tatbiq qilishi, innovatsiyalar (ilgʼor pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanishi, ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʼullanishi, faoliyatning reyting ko‘rsatgichlari eʼtiborga olinadi. Monitoring natijalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan shogirdga Ustoz va u ishlaydigan taʼlim muassasasi tegishli Fan metodika birlashmasining tavsiyasiga binoan ustozlar roʼyxatiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqadi, tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish bo‘limi qoshidagitaʼlim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik taʼminlash kichik guruhi kengashiga muhokama qilish uchun taqdim etiladi hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish bo‘limi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Ustoz va shogirdlar ishlayotgan taʼlim muassasasi rahbariyati: Ustozning taʼlim muassasasida shogirdlar bilan mashg‘ulot olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, dars jadvalini fanlar kesimida metod kunlarga qo‘yilishini taʼminlaydi. Shogirdlarning tegishli yoʼnalishlar boʼyicha kerakli asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, materiallar, koʼrgazmali qurollar, texnika vositalari kabi jihozlardan foydalanishi uchun sharoitlar yaratadi. Ustoz va shogirdlarni o‘rnatilgan tartibda direktor jamgʼarmasi hamda byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar hisobidan ragʼbatlantirib boriladi. Metodika kengashida “Ustoz-shogird” maktabi bo‘yicha hisobotlarini eshitadi va xulosalar tayyorlaydi. Natijalar shogird o‘qituvchi ishlaydigan taʼlim muassasasidagi tegishli fan metodika birlashmasi hamda Ustoz tomonidan olib borilgan kuzatuvlar va metodika birlashmasining xulosasi asosida chiqariladi. Download 263.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling