Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi
Download 263.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Ustoz-shogird maktabi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi pedagogi”, yoki “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”
1. Ustoz-shogird maktabi
Hududlardagi taʼlim muassasalarida «Ustoz-shogird» maktabini tashkil etish uchun tuman (shahar) Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish bo‘limiga taʼlim muassasalari tavsiya etilgan nomzodlar orasidan quyidagi talablarga muvofiq Ustozlar tanlab olinib, ustoz ishlaydigan maktabda «Ustoz-shogird» maktabi tashkil etilishiga oid buyruq qabul qilinadi. oliy pedagogik maʼlumotga ega boʼlgan; o‘z fani yo‘nalishida ilg‘or tajribaga ega, ijodkor, tashabbuskor, yangilikka intiluvchan va muntazam ravishda kasbiy bilimlarini oshirib borgan; faoliyati to‘g‘risida taʼlim muassasasi rahbarlari, kasbdoshlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan ijobiy baho berilgan; ilmiy-amaliy anjumanlarda maʼruzachi sifatida ishtirok etgan, Respublika va mahalliy matbuotda eʼlon qilingan maqola yoki ilmiy, ilmiy-metodik, to‘plamlarda chop etilgan maʼruzalar muallifi; “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi pedagogi”, yoki “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʼrik-tanlovi (respublika, viloyat, tuman) sovrindori; o‘zi faoliyat olib borayotgan taʼlim yoʼnalishi boʼyicha kamida 3-5 yil davomida o‘quvchilarining o‘zlashtirish sifat ko‘rsatkichi yuqori boʼlganligi va boshqa ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Tanlangan Ustoz o‘z ish joyidagi xizmat vazifalarini to‘liq bajarishi va shu bilan birga, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan shugʼullanishi uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda bir Ustozga ko‘pi bilan uch nafardan bir nafargacha shogird biriktiriladi. (mehnat taʼlimi, tasviriy sanʼat, musiqa, chizmachilik fan o‘qituvchilar uchun bir nafar shogird boʼlishi mumkin). Shogirdlar Ustoz ishlaydigan taʼlim muassasasidan, yoki ushbu maktabga yaqin hududdagi maktablardan, tegishli fan metodika birlashmalarining tavsiyasiga binoan tanlanib, tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimining buyrugʼi bilan Ustozga biriktiriladi. Shogirdlarni tanlashda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi quyidagicha boʼlishi koʼzda tutiladi: birinchi shogird tajribali, kasbiy mahorati yuqori (ustozlik darajasiga yaqin) boʼlgan pedagog; ikkinchi shogird-tajribali, kasbiy mahorati boʼyicha malakasini oshirishga oʼzida extiyoj sezgan pedagog; uchinchi shogird - yosh mutaxassis. Tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimi shogirdlarni Ustozga biriktirish to‘g‘risidagi buyrug‘ida quyidagilar aks ettiriladi: -belgilangan Ustoz va shogirdlarning ish joyi, lavozimi; -uzluksiz malaka oshirishning o‘quv-metodik, o‘quv-moddiy, moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti masalalari; -ustoz mehnatini rag‘batlantirish tartibi va manbalari; -uzluksiz malaka oshirish jarayoni monitoringi va nazorati tartibi, shuningdek, shogirdlarning “Ustoz-shogird” maktabi bo‘yicha o‘quv yiliga mo‘ljallangan jarayoni jadvali tasdiqlanadi. Buyruq nusxasi belgilangan Ustozning va shogirdlarning ish joyiga yetkaziladi. Download 263.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling