1. Baholash mezonlari haqida tushuncha


Download 62.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1527340
  1   2   3   4
Bog'liq
Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o‘qish. Apellyatsiya shartlari.


Mavzu: Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o‘qish. Apellyatsiya shartlari.

Reja:




1. Baholash mezonlari haqida tushuncha.
2. Baholash mezonlarini har bir fan bo’yicha ishlab chiqishning maqsadi.
3. Talabalar bilim darajasini oqilona baholash.

1. Baholash mezonlari haqida tushuncha.

Semestr davomida o’qitilgan fan bo’yicha maksimal balning kamida 55 foizini to’plagan talaba qoniqarli o’qiyotgan deb hisoblanadi. Semestr davomida o’qitilgan fan bo’yicha maksimal balning 55 foizidan kam ball to’plgan talaba qoniqarsiz o’qiyotgan talaba (akademik qarzdor) deb hisoblanadi.


Semestr davomida fanlar bo’yicha to’plangan ballar quyidagi o’zlashtirish ko’rsatkichlari bilan baholanadi:
-86-100 foiz - «a`lo»;
-71-85 foiz - «yaxshi»;
-55 fozidan kam – «qoniqarsiz».
Talabaning barcha turdagi amaliyotlardan olgan bilim va ko’nikmalari, kurs ish yoki kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi (loyihasi), davlat attestatsiyasi natijalari o’zlashtirish ko’rsatkichlari bilan baholanadi va reyting daftarchasida alohida kayd etiladi.
Bunda quydagi tartibda reyting ballar belgilanadi.
- malkaviy amaliyotga ajratilgan reyting ballar miqdori, shu amaliyotga ajratilgan akademik soatlarga tengdir;
- har bir yakuniy davlat attestatsiyasi ajratilgan maksimal reyting ballar miqdori – 100 ball, deb qabul qilinadi.
- kurs loyihalari uchun ajratilgan reyting ballar miqdori – 50 ball;
- kurs ishi uchun – 30 ball, deb qabul qilinadi.
Reyting ballarini hisoblashda talabaning o’quv mashg’ulotlaridagi faolligi, mustaqil ishlarni bajarishga ijodiy yondasha olish, o’quv-mehnat intizomiga amal qilish sifatlari ham hisobga olinishi (reyting bali doirasida 10% gacha) maqsadga muvofiq.
Joriy baholash (JB), oraliq baholash (OB) va yakuniy baholash (YAB) turlarida fanni o’zlashtira olmagan (55% dan kam ball to’plagan) yoki sababli baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga bir hafta muddat ichida qayta baholashdan o’tishga ruxsat beriladi.
Fan bo’yicha belgilangan maksimal reyting balning 55% dan kam ball to’plagan talaba, belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga nisbatan o’quv yili yakunlari bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiq).
Talabani kursdan kursga o’tkazishda o’quv rejada muayyan semestr (o’quv yil)ga belgilangan fanlardan talaba to’plagan reyting ballar miqdori hisobga olinadi va rektorning buyrug’i bilan amalga oshiriladi.



Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling