1. Bernulli qonuni nima Bernulli tenglamasi qanday keltirib chiqariladi


Download 289.34 Kb.
bet1/5
Sana04.11.2023
Hajmi289.34 Kb.
#1748220
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kimyo


Mavzu: Bernulli tenglamasining amaliy qo`llanilishi. O`xshashlik nazariyasi va o`lchamlari tahliliasoslari.Asosiy o`xshashlik mezonlarini keltirib chiqish.
REJA
1.Bernulli qonuni nima
2.Bernulli tenglamasi qanday keltirib chiqariladi.
3. Bernulli tenglamasi nima.
4.O`xshashlik nazariyasi.

Bernulli qonuni nima?
Bernulli qonuni – suyuqlik tezligining suyuqlik bosimiga bogʻliqligi haqidagi fikrlarning aksi. Koʻpchilik Bernulli qonuni notoʻgʻri boʻlsa kerak deb oʻylashadi, ammo bu Bernulli qonuni aslida nima deganini tushunmaslikdan boʻlishi mumkin. Bernulli qonuni quyidagicha:
Bernulli qonuni: gorizontal oqayotgan suyuqlikning tezroq oqayotgan nuqtalarida bosim sekinroq oqayotgan nuqtalarga nisbatan kichik boʻladi. 
[Nega oqim gorizontal boʻlishi kerak?]
Shunday qilib, diametri oʻzgaradigan gorizontal suv quvurining suv tez harakatlanadigan qismi suv sekin harakatlanadigan qismiga qaraganda kichikroq bosim ostida boʻladi. Bu koʻpchilikka erish tuyuladi, chunki odamlar yuqori tezlikni yuqori bosim bilan bogʻlaydi. Ammo biz keyingi boʻlimda haqiqatan ham suv ortida oldiga nisbatan kattatoq bosim boʻlsa, u tezroq harakatlanishini koʻrsatamiz. Quyidagi boʻlimda biz Bernulli tenglamasini keltirib chiqaramiz va uni tushunishga harakat qilamiz.
Bernulli tenglamasi qanday keltirib chiqariladi?
Siqilmaydigan suyuqliklar oʻzgarmas hajmiy oqimni ushlab turishi uchun quvurning ingichka qismiga yetib kelganda tezlashishi kerak. Shu sababli ingichka joʻmrak quvurdagi suvning tezlashishiga olib keladi. Ammo bir narsa sizni oʻyga solayotgan boʻlishi mumkin. Agar suv siqilish paytida tezlashsa, u qoʻshimcha kinetik energiya oladi. Bu qoʻshimcha kinetik energiya qayerdan keladi? Joʻmrakdanmi? Quvurdanmi? 
[Energiya farishtasimi?]
Biror jismga kinetik energiya berish uchun uning ustida ish bajarilishi kerak. Buni ish-energiya qonuni bilan tushuntirish mumkin.

Shunday qilib, agar suyuqlikning biror qismi tezlashayotgan boʻlsa, suyuqlikning bu qismi uchun tashqi kuch ish bajarishi kerak. Suyuqlik ustida qanday kuch ish bajaryapti? Hayotda suyuqlik ustida manfiy ish bajarayotgan kuchlar juda koʻp, biroq biz sistemani mukammal va suyuqlik toʻliq laminar oqmoqda deb tasavvur qilamiz. Laminar (qatlamli) oqim suyuqlikning parallel qatlamlarda (oʻzaro kesishmasdan) oqishini anglatadi. Laminar oqayotgan suyuqlikda girdoblar yoki burilishlar boʻlmaydi. 
[Bu fikrlar qanchalik toʻgʻri?]
Shuning uchun biz dissipativ kuchlar tufayli energiya yoʻqotilmaydi deb olamiz. Xoʻsh, qaysi nodissipativ kuchlarning ishi suyuqlikning tezlashishiga sabab boʻlmoqda? Atrofdagi suyuqlikning bosimi suyuqlik ustida ish bajaradi va tezlashtiruvchi kuch hosil qiladi.
Quyidagi chizmada chapdan oʻngga qarab oqayotgan suv nayi koʻrsatilgan. Belgilangan suv hajmi cheklangan hududga kirishi bilan u tezlashadi. Belgilangan suvning chap tomonidagi \[ P_1 \] bosimidan kelib chiqqan kuch uni oʻng tomonga itaradi va musbat ish bajaradi, chunki kuchning yoʻnalishi suyuqlik harakati bilan ustma-ust. Belgilangan suyuqlikning oʻng tomonidagi \[P_2\] bosimidan chapga yoʻnalgan kuch hosil boʻladi va u manfiy ish bajaradi, chunki kuchning yoʻnalishi suyuqlik harakatiga qarama-qarshi.

Biz bilamizki, suv tezlashishi kerak (oqim uzluksizlik tenglamasidan) va shu sababli uning ustida musbat ish bajarilishi zarur. Demak, chap tarafdagi bosim kuchi tomonidan bajarilgan ish oʻng tarafdagi bosim kuchi bajargan manfiy ishdan kattaroq boʻlishi kerak. Bu shuni anglatadiki, kengroq/sekinroq qismdagi \[P_1\] bosim tor/tez qismdagi \[P_2\] bosimdan kattaroq boʻlishi kerak. 


[Shoshmang, haqiqatan ham shundaymi?]
Suyuqlikdagi bosim va tezlik oʻrtasidagi teskari proporsionallik Bernulli qonuni deb ataladi.

Download 289.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling