1-bob. Audit tekshiruvi õtkazish usullarining nazariy masalalari


Download 110.32 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi110.32 Kb.
#1576000
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit 1


Mundarija


1-BOB. AUDIT TEKSHIRUVI ÕTKAZISH USULLARINING NAZARIY MASALALARI
1.1. Audit tekshiruvi usuli va aslublari
1.2. Audit tekshiruvini õtkazishda audit usullari.
2-BOB. XÕJALIK YURUTUVCHI SUBYEKT AUDIT TEKSHIRUVI USULLARINING AUDIT XALQARO STANDARTLARIGA MUVOFIQ TASHKIL ETISH.
2.1. Audit Xalqaro Standartlariga muvofiq audit tekshiruvi usullari.
2.2. Auditorlik tekshiruvi usullariga qõllaniladigan AXSlari.
2.3. Audit tekshiruvi usullarining xalqaro va milliy jihatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har bir faoliyatni rejalashtirishdan boshlanadi. Rejaning toʻgʻri tuzilishi uni samarali tashkil etilishi bilan izohlanadi. Shu singari, auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish jarayoni ham “Auditni rejalashtirish” deb nomlangan 3-sonli auditorlik faoliyatining milliy standarti asosida tartibga solinadi. Soʻnggi yillarda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash natijasida biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchligi toʻgʻrisida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yoʻl-yoʻriq va boshqa turdagi amaliy yordam koʻrsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga ehtiyoj kuchaymoqda. Chunki, bunga bir necha sabablar bor. Birinchidan, ular xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga xolisona baho beradi. Ikkinchidan, ular moliyaviy hisobotining shaffofligini baholaydi, yuritilgan faoliyatning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda audit tekshiruvlari kam vaqt talab qilishi va iqtisodiy tejamkor boʻlishida rejaning optimal tuzilishi talab etiladi. Buning uchun esa, auditni rejalashtirishning maqsadi, uning bosqichlarini toʻliq oʻrganish, undagi muammolarga xolisona baho berish, ularni bartaraf etish asosida rejalashtirish jarayonini takomillashtirish zarur. Bu borada uning huquqiy zaminini mustahkamlash talab etiladi. Bu borada, iqtisodiyotning barcha soha va tizimlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini auditorlik tekshiruvlaridan oʻtkazuvchi auditorlik takshilotlarida iqtisodiyni modernizatsiya qilish sharoitida asosiy yoʻnalishlarini belgilash lozimligi takitlab oʻtgan. Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis Palatalariga taqdim etgan murojaatida quyidagilarni taʼkidlab oʻtdi: “… Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, 1hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.…”.
Prezidentimizning ushbu nutqlaridan tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb etish naqadar muhimligini koʻrish mumkin. Bunday sharoitda investorning ishonchini qozonish uchun xalqaro talablarga javob beradigan auditorlik xulosasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar egalari, investorlar va boshqalar muhim qarorlar qabul qilishi uchun xoʻjalik subyektining moliyaviy hisobotlarini oʻrganadi. Ular mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kamaytirish, asosiy vositalarni ijaraga berish yoki ijaraga olish, xodimlarni ishdan boʻshatish yoki malakali xodimlarni ishga qabul qilish, mahsulot yoki xizmatlarni narxini oshirish yoki tushirish, asosiy vositalarni taʼmirlash, xodimlarga ragʻbatlantirish belgilash va ular kompaniyaga investitsiya kiritish kerakligini aniqlash uchun hisobotlardan foydalanadilar. Shu sababdan, moliyaviy hisobotda aktivlarning, majburiyatlarning, daromadlarning va xarajatlarning aniq ifodalanganligi juda muhimdir. Xoʻjalik yurituvchi subektlarda audit oʻtkazish jarayonida moliyaviy hisobotlarni tashkil etuvchi har bir boʻlimini oʻrganib chiqish, shu jumladan, korxonalarda davr xarajatlari hisobini toʻgʻri olib borganligini va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibiga amal qilinishiga etibor qaratish lozim. Yuqoridagilarni hisobga olsak, shu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borilishi kerakligini taqozo etadi. Bu esa mavzuning hozirgi paytda naqadar dolzarbligini koʻrsatadi.Ishlab chiqarish qurilishi uchun moʻljallanayotgan jami investitsiyalarning qariyb toʻrtdan uch qismini yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun yoʻnaltirishga toʻgʻri kelmoqda” . Natijada, auditorlik amaliyotini samara va sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilishiga asos solindi. Biroq, shuni ham taʼkidlash joizki, auditorlik ish sifati uni toʻgʻri rejalashtirishga ham bevosita bogʻliq.



Download 110.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling