1. Elektr yuritmali spedometrni sxemasini chizing va ishlashini tushintiring


Download 1.65 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1010827
Bog'liq
elektr 5lab


Labaratoriya 5
1. Elektr yuritmali spedometrni sxemasini chizing va ishlashini tushintiring.
2.Avariyali temperatura va minimal bosim datchiklarining tuzilishi ishlashini tushintiring .

Elektr yuritmali spidometrlarda ham mexanik yuritmali spedometrlarda ishlatiladigan tezlik o’lchash va hisoblash mexanizmlari qo’llaniladi Elektr yuritma –uzatmalar qutisiga o’rnatilgan datchik ,tezlik o’lchash mexanizmini kirish valini aylantiruvchi uch fazali sinxron elektrodvigatel va elektrodigatelni boshqaruvchi elektron sxemadan iborat. Elektrodvigatel rotori tutashgan doimiy magnit ko‘rinishida tayyorlangan. Elektordvigatel va boshqarish sxemasi spidometrning tezlik o‘lchash mexanizmi bilan birga bitta qobiqqa joylashtirilgan.
Datchik sifatida uch fazali o‘zgaruvchan tok generatori ishlatilib, unda rotor vazifasini to‘rt qutbli doimiy magnit bajaradi. Egiluvchan val singari datchik rotori ham harakatni uzatmalar qutisining yetaklanuvchi validan oladi. Elektrodvigatel va generator statorlarining uchtadan g‘altagi bo‘lib, ular birbiriga nisbatan 1200 burchak ostida joylashtirilgan va «yulduz» sxemasi bo‘yicha ulangan.





1.-rasm. Elektr yuritmali
spidometr sxemasi


2. Avariyali minimal bosim xabarchilari. Avariyali bosim xabarchilari nazorat qilinayotgan tizimda suyuqlik yoki havo bosimini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qiymatlargacha kamayib ketganligi to‘g‘risida xabar berib, haydovchining diqqatini shoshilinch ravishda jalb qilish uchun xizmat qiladi. Bu xabarchilarning asosiy elementi datchik bo‘lib, u nazorat qilinayotgan muhitga joylashtiriladi. Avariyali bosim mavjud bo‘lganda, datchik
sezuvchi elementining kontaktlari tutashib, asboblar panelidagi lampa yonadi.Avtomobillarda o’rnatilgan avariyali bosim xabarchilarida sezuvchi element sifatida membrana va prujina ishlatiladi .
Membranali datchik MM10 (2.3 –rasmda )shtuser 1 mahkamlangan asos 2 dan va membrane 3 dan iborat . Chiqish qisqichli 7 bilan ulangan plastinaga qo’zg’almas kotakat 6 o’rnatilgan pishanh 4 , tutgich orqali membrane bilan bog’langan Datchikning ustki qismi yupqa metal qobiq 9 bilan yopilgan . Ishchi holatda, ya’ni membrana ostidagi bosim me’yorida bo‘lganda, u yuqori tomonga egilib turtkich va pishang 4 orqali kontaktlar 5 va 6 uzilgan holda ushlab
turadi. Membrana ostidagi bosim me’yoridan kama-yishi bilan kontaktlar
tutashadi va asboblar panelidagi xabarchi lampa yonadi. Tayanch 8 yordamida
datchikni ma’lum chegarada rostlash mumkin. ВАЗ va KaмАЗ turkumidagi
avtomobillarning dvigatellarini moylash tizimiga o‘rnatilgan MM120 belgili
datchiklar boshqacha tuzilishga ega (2.3-b
rasm). Datchik shtuser bilan birga yasalgan korpus 9 dan iborat bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘i yupqa poliefir plyonkadan tayyorlangan diafragma bilan ikki qismga ajratilgan. Diafragma ostidagi bo‘shliqqa dvigatel moylash tizimidagi moy kirib diafragma va turtkich 6 ni yuqoriga ko‘taradi. Diafrag-maning ustki qismiga qo‘zg‘almas 7 va qo‘zg‘a-luvchi 1kontaktlar va diafragmani yuqori tomonga egilishiga qarshilik ko‘rsatuvchi sezuvchi element prujina 5 joylashtirilgan. Korpusning ustki qismi chiqish qisqichi 2 mahkamlangan izolyator 4 bilan yopilgan. Diafragmaning yuqori qismidagi bo‘shliq maxsus filtr 3 orqali tashqi muhit bilan bog‘langan. Diafragma ostidagi bo‘shliqda, demak dvigatelning moylash tizimida bosim me’yorida bo‘lsa, u egiladi va kontaktlar 1 va 7 ni uzilgan holda ushlab turadi. Bosim me’yoridan kamayib ketsa kontaktlar darhol tutashadi va asboblar panelidagi xabarchi lampa yonadi. Bu turdagi datchiklar o‘lchamlari kichikligi, ishonchliligi va barqaror ishlashi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, avariyali (yoki minimal) bosim xabarchilari pnevmoyuritmalarda, eshiklarni ochishning vakuum tizimida va avtomobilning boshqa tizimlarida ham ishlatiladi.



2.1-rasm. Logometrik manometer 2.2-rasm.Magnitoelektr (logometrik)


manometrning umumiy sxemasi:
ning reostatli datchigi. 1,2 va 3–logometr g’altaklari, 4–ko’rsat-kich
strelkasi,5,6–qo’zg’aluvchan va qo’zg’al
masdoimiy magnitlar, 7–termokompensats
iya qarshiligi, 8–datchik reostat; 9–memrana



2.3-rasm. Avariyali bosim
xabarchila-rining datchiklari:
a – MM10 (membranali);
b – MM120 (prujinali)

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling