1. Gap bo'laklarining odatdagi tartibi qanday bo’ladi?


Download 26.84 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi26.84 Kb.
#186638
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-sinf ona ttili


1.Gap bo'laklarining odatdagi tartibi qanday bo’ladi?

1) kesim odatda gapning oxirida keladi; 2) hol kesimdan oldin turadi; 3)hol egadan oldin turadi; 4) to'ldiruvchi kesimdan oldin turadi; 5) aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi.

A) 1,2,4,5 B) 1,2,4 C) 1,3,4, 5, D) 1, 3, 4

2.Qaysi gapda aniqlovchi inversiyaga uchragan?

A) Tilingizga olmang bu muqaddas, pokiza so'zni.

B) Ko'ringanidan iste’dod yasab, ko'tar-ko'tar qilib yurish nima kerak ekan o'zi bu xotinga?!

C) Sen o'zing kimsen? - dedi. - Bobur sening kiming?

D) Qahring qattiq-da sening... - dedi Soliyev tanbeh ohangida.

3.Qaysi gapda so'roq gap orqali taxmin ma'nosi ifodalangan?

A) Axir, akam tirik-ku, shukr qilmaysizmi? Kampir uning gapini cho'rt kesdi: - U yo'q endi!

B) Agar shunday qilganda, Toshkent kulfati ancha kamaygan bo'larmidi? Qachon yer qimirlashini odamlar oldindan bilib, tayyorgarligini ko'rib qo'yarmidi?!

C) Uning xushmuomalaligini aytmaysizmi?!

D) O'qimaysanmi?! - dedi Shahodat xola yengidan tortib.

4.Bajarmoq, ado etmoq, bitirmoq, o'rinlatmoq, do'ndirmoq, o'tamoq, bajo qilmoq. Ushbu sinonimik qatordagi qaysi so'z nisbatan eskirgan, kam qo'llanadi?

A) do'ndirmoq B) o'tamoq C) o'rinlatmoq D) bajo qilmoq

5.So'roq gaplar orqali qanday ma’nolarni ifodalash mumkin?

1) hayrat va taajjubni; 2) sevinch- hayajonni; 3) shubha-gumonni; 4) buyruqni; 5) xabami.

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2, 3,4, 5 D) 1,2

6.Balo, usta, ustamon, bilag'on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon. Ushbu sinonimlardan qaysi biri salbiy bo'yoqqa ega?

A) chechan' B) bilag'on C) bilarmon D) uddaburon

7.Qaysi ritorik so'roq gapda yashirin tasdiq ma’nosi ifodalangan?

A) Hozir erta turmasa bo'ladimi?!

B) Xalqini sevgan qaysi farzand vatanini ozod ko'rishni xohlamaydi?!

C) Yelkasidagi tashvish yuki bilan qayerga sig'adi?

D) Oliy adolat degani mana shu emasmi?!

8.Boshliq, rahbar, yo'lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug‘, rahnamo, sard or, peshvo, sarvar, sarkarda, xojayin, kallampo. Berilgan sinonimik qatorning qaysi so'zi asosan, «davlat idoralarining boshchilari» ma'nosida qo'llanadi?

A) rahnamo B) ishboshi C) yo'lboshchi D) rahbar

9. Qaysi gapda undalma undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun xizmat qilgan?

A) Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki...

B) Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi.

C) Ey Vatan, bag'ringda shod Erkin o'g'loning bo'lib Yurmoqni istaydir ko'ngil.

D) Oq yo'l bo'lsin siziarga, yosh do'stlarim.

10.Qaysi undalma orqali so'zlovchining tinglovchiga nisbatan ijobiy munosabati, mamnunligi ifodalangan?

A) Mayda bolalar bilan bel oiishadigan bachkana polvon bo'lib qoldingmi, Jalol, - derdi boshini sarak-sarak qilib.

B) Ermat: «Yo Egam, o'zingdan madadl» - dedi uni bir siltab ko'tarib, oyog'ini yerdan uzdi.

C) Bu sizning fuqarolik burchingiz, aka.

D) Yashang, xo'jayin. Boshingiz oltin-da.


Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling