1. Ijtimoiy-gumanitar izlanish sifatida pedagogik tadqiqotlarning oʻziga xosliklari. Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida


Download 118.63 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi118.63 Kb.

2-Маvzu. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING O‘ZIGA XOSLIKLARI VA METODOLOGIK TA’MINOTI. (2 soat)

Reja.

1. Ijtimoiy-gumanitar izlanish sifatida pedagogik tadqiqotlarning oʻziga xosliklari.

2. Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida.

3. Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta’minoti va pedagogik refleksiyaga doir manbalari.


1. Ijtimoiy-gumanitar izlanish sifatida pedagogik tadqiqotlarning oʻziga xosliklari

Har bir fan ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalar asosida rivojlanadi. Oʻziga xos tadqiqot ob’yekti, predmetidan kelib chiqadigan ilmiy tadqiqot usuliga ega. Tabiiy fanlarda tajriba ustuvorligi, gumanitar fanlarda tafakkur eksperimenti ustuvorligi amal qiladi. Chunki gumanitar insonshunos fanlarda qirq oʻlchab bir xulosa chiqarish talab etiladi. Inson ob’yektida, ayniqsa yoshlarda boʻlar boʻlmas tajriba oʻtkazish maqsadga muvofiq emas. Tabiiy fanlarda tajriba yaxshi natija bermasa tadqiqot predmetini qayta-qayta bir necha bosqichda ilmiy tajriba oʻtkazish mumkin, insonshunoslik fanlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar inson, buyuk mavjudodni har shaklga solib eksperiment oʻtkazish murakkab jarayon.

Ma’lumki, tadqiqot yangi fundamental va amaliy bilimlar yaratish, asoslash, ob’yektiv ilmiy faoliyat jarayoni tadqiqot predmeti voqyea hodisalarning qonuniyatlarini aniqlashdir. Har qanday tadqiqotda, avvalo dalillar aniqlanadi va u asosda nazariy qoidalar shakllanadi. Tadqiqotchining metodologik yondashuvi, uning dunyoqarashi, maqsad vazifalarni qoʻyishi, hayotiy misollar, dalillarni tahlil qilishi va xulosa chiqarishga bogʻliq.

Globallashuv jarayonida tadqiqotchi jahon fani yutuqlaridan xabardor boʻlishi, insonshunoslik borasida tadqiqotlarni tahliliy va tanqidiy oʻrganishi shart. Bizning asrimiz fanlarning tutash bandida yangi fanlar, tadqiqotlar yaratilishi bilan xarakterli. Pedagogik tadqiqot samarasi, mukammalligi insonni oʻrganadigan fanlar yutugʻidan foydalanilganiga bogʻliq. Demak, tadqiqotning boshlanishida, pedagogik dalillarni ilmiy ob’yektiv baholash, ilmiy tahlil etish, maqsad va vazifasini belgilash, fanning nazariy asosini bilish, falsafiy qonun va kategoriyalar asosida ta’lim-tarbiya voqyeligini baholash, jahon ilmi fan yutuqlaridan maqadli foydalanish, fanlarning tutash qonuniyatlari, imkoniyatlarini bilish ilmiy faoliyatga yoʻllanmadir.

Pedagogik tadqiqotni emperik amaliy darajasi muayyan dalillar, tajribalar umumiyligi, ommaviyligi bilan oʻlchanadi. Har qanday yakka, muayyan dalildan umumiy xulosa chiqarish, tipiklik va har qanday kategoriyalar talabidan kelib chiqadi. Shuningdek fanning qonuniyatlari tamoyillari, nazariyasi metodologiyasi hal qiluvchi mezondir. Tadqiqotning nazariy darajasi quyidagicha ifodalanadi:

- voqyelik har tomonlama, yaxlit oʻrganilganligi;

- Har qanday nazariy bilim oʻz mohiyatiga koʻra izchil ifodalanadi;

- Oddiydan murakkabga;

- Dastlabki umumlashtirishdan mukammal, yuqori abstraksiyalash.

Amaliy tushunchalarni nazariy darajasida asoslash, ifodalash uchun tadqiqotchidan yetarli dalillar, uni baholash, tahlil qilish va mantiqiy tafakkur kerak. Ilmiy mantiq, mantiqiy tafakkur oʻziga xos qoniniyatlarga ega. Pedagogik tadqiqotda formal tafakkur har bir tadqiqotdagi kabi ilmiy mantiqqa asoslanadi. Shuning uchung ilmiy tadqiqotchi quyidagi ijodkorlik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak:

- muhim ilmiy tushunchalarni bilish, tasavvur qilish;

- qabul qilingan ilmiy tushunchalarni, dalillarni aniq tavsiflash;

- oʻxshash dalillarni tanlab olish;

- umumiy qoidalar asosida, oʻxshash mohiyatiga asosan daliliy misollarni guruhlashtirish;

- dalillar voqyelikdagi umumiylik, xususiylikning tasodifiy qonuniyatlarini tahlil qilish;

- dalillar va voqyelikda oʻxshashlik va farqini tasodifiyligining qonuniyatli tomonlarini qiyoslash;

- fanning har xil tadqiqotlaridagi qarashlarini inkor qilish, asoslash, ilmiy munozara;

- Ta’lim-tarbiya borasidagi dalillar, boshqa fanlar boʻyicha ma’lumotlar, tarixiy va hozirgi davr potensiyalari asosida rivojlanish imkoniyatlarini bilish;

- Nazariy xulosalash kabi qobiliyatlar..

2. Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida.

Olingan ilmiy bilim, qonun va qonuniyat tartibga keltiriladi Ammo hamma vaqt tadqiqot qonun va qonuniyatli natija beravermaydi. Koʻpincha olim ilmiy bilim, nazariya yaratadi, konseptual tajriba ishlab chiqadi. Har bir tadqiqotda maqsad, yangi ma’lumotlar olish, yangilik yaratish shu sohadagi mavzudagi gʻoyalarni tadqiq etish yoki inkor qilish argumentiga qaratiladi. Tizimli yondashuv ilmiy faraz, taxminlarni asoslash imkoniyatini beradi.

Pedagogik tadqiqotda tizimli yondashuv quyidagilardan iborat:

- oʻrganilayotgan pedagogik jarayon, voqyelikning barcha tarkibiy qismini aniqlash;

- har bir qismning oʻzaro bogʻliqligini oʻrganish va asosiysini aniqlash;

- oʻziga xos modelni tuzish, tashkiliy yaxlitlik va tarixiylik.

Tizimli yondashuv murakkab pedagogik muammolarni hal etishda vaqt va kuchni tejash imkoniyatini beradi. Shuning uchun nazariy g’oyalarni amalga joriy etish tizimida ham tezkorlik talab etiladi, tezkor zamonda tezkorlik bo’lmasa, ertaga tadqiqot natijasi eskirishi mumkin. Shundan kelib chiqadigan pedagogik tadqiqotning quyidagi tamoyillarini ko’rsatish mumkin.

1. Pedagogik voqyelik va ta’lim-tarbiya jarayonini bir butunlikda yaxlit o’rganish;

2. Pedagogik muammolarni o’rganishda kompleks metodlarni qo’llash;

3. Tadqiqotning obyektivlik tamoyili;

4. Tadqiqot va tarbiyaning uyg’unligi;

5. Shaxsni va jamoani o’rganish;

6. Tadqiqotning tarixiylik tamoyili;

7. Ilmiy jasorat, tashabbuskorlik tamoyili;

8. Muammoni chuqur o’rganish tamoyili.

Quyida ushbu tamoyillarni ko’rib chiqamiz.

1. Pedagogik voqyelik va ta’lim-tarbiya jarayonini bir butunlikda yaxlit o’rganish:

- tadqiqotda qat’iy, izchillik;

- o’rganilayotgan shaxslarning ma’naviy ruhiy, yot xususiyatlarini, yo’nalishini aniqlash;

- shaxsiy fazilatlar shakllanishiga tashqi ta’sirlarni ko’rsatish;

- Pedagogik voqyelikni o’rganish joyini aniqlash.

2. Pedagogik muammolarni oʻrganishda kompleks metodlarni qoʻllash:

- avvalo pedagogik tadqiqot metodlarini maqsadli qoʻllash, kuzatish, anketa, test, eksperiment metodlar orqali tadqiqot muammosini tizimli oʻrganish;

- pedagogik voqyelikni har tomonlama oʻrganish maqsad vazifalari;

- tadqiqotga tashqi ta’sir, kutilgan va tasodifiy ta’sirlarni hisobga olish;

- har bir pedagogik dalilni, voqyelikni, misolni, koʻpmartalab har xil metodlar bilan tekshirish, tahlil etish;

- tadqiqot natijalarini falsafiy-mantiqiy va psixologik-pedagogik tahlil qilish.

- Inson hayoti singari pedagogik voqyelik murakkab, serqirra boʻladi, tipik holatni aniqlash tadqiqotga qoʻyiladigan talabdir.

3. Tadqiqotning ob’yektivlik tamoyili.

Ma’lumki pedagogikada subyektivlik holati koʻp uchraydi, chunki har bir bola, shaxs oʻziga xos moʻjizaviy takrorlanmas xususiyatga ega Biriga ijobiy ta’sir etgan, ikkinchisiga aksiy natija berishi mumkin. Shuning uchun tadqiqotchidan ob’yektivlikka erishish uchun yuksak vijdonli, oʻzidagi subyektivlikdan qutilish talabchanligi, oʻzini-oʻzi tanqid qilish, ob’yektiv haqiqatga shubha qoldirmaslik talab etiladi. Albatta:

- har bir dalil, natijani bir necha metodlar bilan tekshirish;

- olingan natijani eksperiment, tajriba asosida qayta tekshirish;

- shaxsning barcha oʻzgarish xususiyatini hisobga olish (kamchiligini ham)

- oʻz tadqiqoti natijalarini oʻzga olimlar natijalari bilan qiyoslash, oʻxshashligi va rivojlanish farqini koʻrsatish;

- olingan ilmiy natijalarni oʻquvchilar, ota-onalar, oʻrganilayotgan ob’yektning yaqinlari fikri bilan qiyoslash;

- Tadqiqotchi oʻzidagi subyektiv holatlar: kayfiyat, hissiyot, simpatiya, antipatiya kabilarni oʻzi nazorat qilishi.



4. Tadqiqot va tarbiyaning uygʻunligi:

Yuqorida ta’kidlaganimizdek insonni oʻrganish murakkab, ayniqsa yoshlarda tadqiqot olib borish tarbiya qonuniyatlariga mos tarbiyaviy xarakterda boʻlishi talab etiladi. Tadqiqot metodlari tarbiya metodlari bilan uygʻun boʻlishi bolalarning oʻzligini bilishga yoʻnaltirish, ilhomlantirish maqsadga muvofiq boʻladi. Ayniqsa suhbat metodi, eksperiment, test metodlari tadqiqot va tarbiya uygʻunligida natijali boʻladi.



5. Shaxsni va jamoani oʻrganish:

Shaxsni oʻrganish uchun jamoani oʻrganish, jamoani oʻrganish uchun esa shaxslarni oʻrganish, oʻrab turgan mahitni oʻrganish pedagogik tadqiqotning oʻziga xos tamoyilidir. Ma’lumki shaxs ikki tomonlama ma’naviy holatga ega: jamoadagi hayoti, faoliyati va oʻzining ichki dunyosi bilan yashaydi.



6. Tadqiqotning tarixiylik tamoyili.

Tadqiqotchi eksperiment oʻtkazishdan oldin fanning tarixi, muammoning oʻrganilganlik darajasini aniqlashi shart. Pedagogik tadqiqotda mavzuning oʻrganilish tarixini chuqur bilishi, muammoli yondashuv muhimdir. Tadqiqotda qaysi ma’lumotga, qaysi metodologik ta’limotga tayanish izlanish samarasini belgilaydi.



7. Ilmiy jasorat, tashabbuskorlik tamoyili:

Har bir ulkan yangilik, koʻpgina samarasiz eksperiment, xatolardan xulosa chiqarib, tadqiqotchining yangi metodlar qoʻllashi asosida yaratilgani fanshunoslik tarixidan ma’lum:

muammoni yechishda yangi istiqbolli metodika yaratish, izlash;

yangi metodikaning eskisidan afzalligi;

yangi metodikani asoslash, mashhur olimlar qarashlarini tahlil qilish jasorati;

tadqiqotda omadsizlikdan qoʻrqmaslik;

eksperiment zararini bilsa, yoshlarga aksiy ta’sir etsa undan voz kechish;

eksperimentning xavfli holatlarini va uni yechish yoʻllarini oldindan koʻra bilish kabilar.



8. Muammoni chuqur oʻrganish tamoyili:

Ilm kenglikka emas, chuqur oʻrganishni taqazo etadi. Fizikada atomning zarralarini oʻrganish bunga misol boʻladi. Pedagogik voqyelikning ichki botuniy mohiyati, qonuniyatiga qarab borish insonning murakkab qalbini, jismini, ma’naviy olamini yoritish imkonini beradi.



3. Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta’minoti va pedagogik refleksiyaga doir manbalari.

Fanning taraqqiyoti shuningdek, pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi uning metodologik ta’minotiga bogʻliq. Bir asrdan ortiq barcha ijtimoiy gumanitar fanlarning metodologik yoʻnalishidagi subyektivlik holati fanni oʻz predmetidan, tarixiy ildizidan mahrum qildi. Avvalo, shovinistik tizim uchun, keyin shunga oʻxshash siyosiy aqidalarni asoslash uchun xizmat qildi. Ikki-uch avlod olimlar shu gʻoya asosida shakllandi, fanga fidoyilik xalqqa fidoyilik siyosatga xizmat qilish deb tushunildi.

Aks holda yuzlab millatparvar olimlar, ularning gʻoyasiga ergashgan ziyolilar qatagʻon qilindi. Ma’lumki koʻhna Sharqda ma’naviyat, ta’lim, tarbiyaning ustunligi xalq pedagogikasini badiiy ommalashtirganida, adabiyot (“adab”- xulq, odob, “yot” – fan ta’limot) ta’lim tarbiyaning asosiy vositasiga aylanganida, insoniy fazilatlar ulugʻlanganida, ilhom manbaiga aylanganida, adabiyot hayot darsligiga aylanganida. Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma” asarida ellik podshoxlik saltanati ta’lim tarbiyasini yoritdi, Sa’diy Sheroziy ta’lim-tarbiya mazmuni metodologiyasini “Guliston”, “Boʻston”ni adab kitobi deb atadi. Alisher Navoiy asarlarida insonshunoslik ta’limotiga asos soldi. Yusuf Xos Xojib baxt saodat yoʻlini nasriy madh etdi. Ya’ni, ming-ming yillar xalqimizning buyuk allomalarining ilmiy merosini milliy istiqlol gʻoyasi asosida oʻrganish- qudratli manba tadqiqotchilari kutmoqda.

XX asrda dunyo ziyosidan, ilmdan, taraqqiyotdan ilhomlangan Choʻlpon, Fitrat, Bexbudiy kabi ma’rifatparvarlar ta’limoti tahqirlandi, oʻzlari qatl ettirildi. Xalqimizning ming-ming yillik ma’naviy xazinasini yoʻqotishga urinildi. Oʻz davrida ularning vatanparvarligi, millatparvarligi jasorati bugungi ilm ahli uchun ham namuna.

XX asrning 20-40 yillaridagi qatagʻonlar fanlarning metodologiyasiga toʻla kommunistik gʻoyani, mezonni singdirishga erishdi.

Fanlarning metodologik ta’minoti haqida fikr yuritganda Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asarining kirish soʻzidagi bir umumiy fikrni misol keltirish mumkin. “Inqilobdan keyingi turgʻunlik yillaridagi metodologiya oʻzining ilmiy zaifligiga binoan, haqiqatga nisbatan yolgʻonligi bilan juda uzoq yashadi” (Vaxob Raxmon).

Masalan, pedagogikaning metodologiyasi masalasida tadqiqot olib borgan Oʻzbekistonda xizmat koʻrgatgan fan arbobi, professor koʻziga yosh olib “qadrdonlarim partiya bizni aldadi, ming bor kechiringlar fanimizni toʻgʻri yoʻlga , millatga xizmat qilishiga toʻgʻri yoʻl topinglar” deb zorlangan edi.

Mustaqillik fanimizning yorqin yoʻlini belgilab berdi. Ma’lumki, fan tadqiqotchidan insoniyat uchun, millat uchun Vatan uchun fan uchun fidoiylikni talab etadi. “olimning yostigʻi toshdan boʻlishi kerak”degan qoida zamirida ana shu hikmat mujassam. Buyuk allomalarning hayot yoʻli, ularning bugun ham insoniyat tomonidan ulugʻlanishi fanning qadr qimmatini bildiradi. Fanning tarixida Arastudan keyil “ikkinchi muallim” deb dunyo tan olgan Abu Nasr Farobiy bobomizdan siz bilimda yuqorimi yoki Arastu, deb soʻraganlarida “Agar men oʻsha davrda yashaganimda Arastuga shogird boʻlar edim”- degan ekan.

Tadqiqotchi uchun metodologik manbalardan biri buyuk olimlarning hayot yoʻli, fanga fidoiyiligi, ularning ta’limotiga nimadir qoʻsha olganida, bugun va kelajak uchun xizmat qiladigan ilm yaratganida. Mustaqillikning dastlabki yillarida Oʻzbekiston fanlar akademiyasining yigʻilishida birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “ilm fan mamalakat taraqqiyoti uchun xizmat qilsin” mavzusidagi da’vatiy nutqi barcha fanlarning jumladan pedagogikaning istiqbolini belgilab beradi.

Metodologik ta’limotda refleksiya fanshunoslikning muhim yoʻnalishidir. Refleksiya (lotincha ortga munosabat) tafakkur, oʻz-oʻzini nazorat qilish, oʻz-oʻzini bilish, ya’ni, insonning nazariy faoliyatining shakli, qonuniyatlari, oʻz-oʻzini tahlil qilishi.



Pedagogik refleksiya oʻziga xos xususiyatga ega, chunki fanning predmeti ta’lim, tahsil, tarbiya boʻlgani uchun ham oʻzi haqida fikr yuritish uygʻunlashib ketadi. Masalan, injenerlik pedagogik psixologiyasi, tabiat fanlari pedagogikasi kabi har bir fanning pedagogikasi ma’lum darajada shakllangan. Pedagogik refleksiya fanning shuningdek har bir tadqiqotning nazariy darajasini, oʻziga xos qonuniyatlarini amaliy ahamiyatini aniqlash metodologik mezonidir. Shaxs oʻz oʻzini bilishi, anglashi muammosini psixologiya oʻrganadi. Ilmiy tadqiqotda refleksiya fanning metodologiyasidir.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Tadqiqotning nazariy darajasi qanday ifodalanadi?

2. Tadqiqotchi qanday ijodkorlik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak?

3. Pedagogik tadqiqotda tizimli yondashuv nimalardan iborat?



4. Pedagogik tadqiqotning nechta tamoyillari mavjud, nomlarini ayting?

5. Refleksiyaning ma’nosi?
Download 118.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling