Tezkorlik qobiliyati haqida tushuncha Tezkorlik va uni tarbiyalash uslublari Tezkorlikni tarbiyalashning vositalari


Download 32.67 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1388109
  1   2   3   4   5

Mavzu: TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH


Reja:

        1. Tezkorlik qobiliyati haqida tushuncha

        2. Tezkorlik va uni tarbiyalash uslublari

        3. Tezkorlikni tarbiyalashning vositalari

        4. Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash

1. Tezkorlik qobiliyati haqida tushuncha
Muhim jismoniy sifatlar qatoriga tezkorlik ham tegishlidir. Tezkorlik insonning muayyan sharoitda minimal vaqt sarflash bilan harakat faoliyatini bajarish qobiliyatidir.
Tezkorlik namoyon bo’lishining asosiy shakllari quyidagilar:
1) harakatlantiruvchi ta’sirning latent (yashirin) vaqti;
2) ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo’lganda);
3) harakatlar sur’ati.
Tezkorlikning namoyon bo’lish shakllari bir-biriga nisbatan bog’liq emas. Bu ayniqsa, harakat reaksiyasi tezligi ko’rsatkichlariga ko’pincha aloqador bo’lmaydigan vaqt ko’rsatkichlariga taalluqlidir. Ko’rsatib o’tilgan uchta shaklning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon bo’lishining barcha hollarini belgilaydi. Masalan, sprint yugurishdagi natija start olishdagi reaksiya vaqtiga, ayrim harakatlar (depsinish, sonni oldinga o’tkazish va boshqalar) tezligiga va qadamlar sur’atiga bog’liq. Amalda esa tezkorlik namoyon bo’lishining aytib o’tilgan asosiy shakllari emas, balki yaxlit harakatlarning (yugurish, suzish va b.) tezligi katta ahamiyatga ega. Biroq murakkab koordinatsion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasi bilangina emas, balki boshqa sabablar bilan ham aloqadordir. Masalan, yugurishda ilgarilab ketish tezligi qadam uzunligiga, qadam uzunligi esa, o’z navbatida, oyoqning uzunligi va depsinish kuchiga bog’liq.
Tezkorlikni aniqlash uchun eng qulay model yugurishdir. Uni bajarish vaqtida barcha uchta tarkibiy qism namoyon bo’ladi.
Reaksiyaning yashirin vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:
1) retseptorda qo’zg’alishning paydo bo’lishi;
2) qo’zg’alishni markaziy asab tizimiga uzatish;
3) qo’zg’alishning asab yo’llari bo’ylab o’tib borishi va effektor signalning hosil bo’lishi;
4) signalning markaziy asab tizimidan mushakka o’tkazilishi;
5) mushakning qo’zg’alishi va unda mexanik faollik paydo bo’lishi. Aytib o’tilgan fazalardan uchinchisiga eng ko’p vaqt sarflanadi.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling