1. Informatika darslarida nazorat qilish nima uchun kerak?


Download 16.61 Kb.
Sana26.12.2022
Hajmi16.61 Kb.
#1067112
Bog'liq
4 keys labaratoriya ishi IO\'T va L


1. Informatika darslarida nazorat qilish nima uchun kerak?
2. An’anaviy va noan’anaviy nazorat turlari nima bilan farq qiladi?
3. Og‘izaki so‘rovda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Yozma ishdachi?
4. Testning qanday turlarini bilasiz, faoliyatingizda qaysilaridan foydalangansiz?
5. Qaysi kompyuter dasturlaridan foydalanib testlarni tuza olasiz, algoritmini yoritib bering!
6. Baholashda qanday zamonaviy metodlardan foydalanish mumkin?
7. Informatika darsligiga asosan biror mavzuda krossvord tuzib bering!
8. Informatika darsligiga asosan biror mavzuda viktorina savollarini tuzib bering!
• Informatikani fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda ta’lim oluvchilar o‘qituvchidan kam bo‘lmagan faollikka ega bo‘lib, o‘quv dasturini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Pedagog o‘z faoliyati davomida inson shaxsining bir butunligi, individualligi, takrorlanmasligini hisobga olish bilan birga, o‘quvchi shaxsining hissiy, emotsional, estetik, ma’naviy, ijodiy imkoniyatlarini ham hisobga olishi lozim bo‘ladi
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi o‘quvchi shaxsning faolligiga erishish va quyidagi vazifalarni to‘liq bajara olishi uchun shart-sharoit yaratishdir:
• tanlash (mavjudlardan eng maqbulini) qobiliyati shakllantirish;
• o‘quvchining o‘z hayoti, faoliyati, qobiliyatini baholashga o‘rgatish;
• o‘quvchini o‘z hayot mazmunini qidirish, ijodkorlik (-Men kimman? - qo‘limdan nima keladi? -Kelajakda kim bo‘laman? -Qanday yashayman? va hokazo savollarga javob bera olish)ga o‘rgatish;
• o‘quvchi shaxsining avtonomligi: o‘zini tuta bilishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, xatti-harakat, his-tuyg‘ulariga javobgarligi, o‘zining ongli qaror qabul qilishiga erishish.
Ta’lim metodlari deganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va talabalar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim. Ta’lim markazida o‘qituvchi turgan, muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim jarayoni an’anaviy (subyekt-obyekt munosabati), ta’lim markazida talaba turgan ta’lim jarayoni noan’anaviy (subyektsubyekt) ta’lim jarayoni deb yuritiladi.
An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, suhbat, hikoya va hokazolar kirsa, noan’aviy ta’lim metodlariga esa, Noan’an aviy An’ana viy ta’lim Passiv, faol va interfaol Informatika fanini o‘qitish jarayoni tabaqalashtirilgan o‘qitish, elektron ta’lim manbalari asosida o‘qitish, muammoli, modulli, masofali o‘qitish, o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish kabilar kiradi.
Download 16.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling