O’tkir Hoshimov hikoyalarida sinonimlarning o’rni Mahkamova Gulhida Namangan davlat universiteti


Download 89.5 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1596370
  1   2   3
Bog'liq
O\'tkir Hoshimov hikoyalari da sinonimlarning o\'rni


O’tkir Hoshimov hikoyalarida sinonimlarning o’rni
Mahkamova Gulhida
Namangan davlat universiteti
Filologiya fakulteti
Lingvistika: o’zbek tili
2-kurs magistranti
Ma’nodosh so’zlar badiiy adabiyotda muhim tasvirlash vositalaridan biri hisoblanib, yozuvchi ular yordamida voqea-hodisalarni, qahramonlarning xarakter-xususiyatlarini, manzaralarni, badiiy tasvirlarni aniq, ravshan va jonli qilib ifodalay oladi. O`zaro ma’nodoshlik qatorini hosil qiluvchi so`zlar tushunchaning belgisini turli daraja bilan ifodalashi, ba’zi so`zlar belgini neytral ifodalasa, ba’zilari kuchli darajasini ifodalashi mumkin. Sinonim so`zlar emotsional bo`yoqli va emotsional bo`yoqsiz so`zlarni tashkil etib, ular yana salbiy emotsional va ijobiy emotsional so`zlarga bo`linib ketishi mumkin:
- Men shu qadar hayajondamanki, gapni nimadan boshlashni bilolmayapman! Men sizning mo'tabar otangizga havas qilaman: sizdek ulug‘ farzandni tug'dirgani uchun. Men sizning muhtarama onangizga havas qilaman: sizdek buyuk o ‘g ‘ilni tug'gani uchun! Men o ‘z kollektivimizga havas qilaman: shunday odamning dono rahbarligi ostida ishlash baxtiga muyassar bo‘lgani uchun. Men... O'zimga havas qilaman: sizdek jahonshumul shaxsning ,,zami“ bo'lganim uchun! Menga bundan katta baxt yo'q, aziz ustozim! (O’.Hoshimov. Yubiley.85-bet)
Yozuvchining “Osmondan tushgan pul” to’plamidan olingan ushbu parchada foydalanilgan leksik-stilistik sinonimlar matnning ijobiy-ekspressiv bo’yog‘ini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Ulug‘, buyuk leksemalarining ifoda semalari neytral bo’lsa, mo’tabar, jahonshumul leksemalari uslubiy xoslanish bilan bir qatorda, tasvir bo’yog’ini darajalab, kuchaytirib bermoqda. Ushbu leksemalar ulug’vorlik semasi ostida birlashishi natijasida sinonimik paradigma hosil bo’lgan.
Kimki, dunyoda bitta oftob bor, desa bekor aytibdi, - dedi ishonch bilan. - Men uchun olamda ikkita quyosh bor. Biri - osmonda, biri yerda. Vali Soliyevich yerdagi quyosh bo’ladilar! (O’.Hoshimov. Yubiley.85-bet).
Bir nutq vaziyatidan olingan ushbu gapda bir leksemaning boshqa ma’nodoshidan foydalanish nutq egasining emotsiyasini ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga nutqning ta’sirchanligini orttiradi. Bunday sinonim leksemalar sememelaridagi atash va vazifa semalari aynan bir xil bo’lib, ifoda semalari farqlanadi
,,Tug‘ma iste’dod" egasi, beqiyos sozanda, benazir bastakor, bulbulnafas xonanda Berdiqulovning ijod qilishi uchun hech qanday sharoit yo‘q!( O’.Hoshimov. Tug‘ma iste’dod).Ushbu leksik ma’nodoshlikda “tengsiz, betakror” lik ottenkasi oydinlashadi. Tasvir obyektiga e’tiborni jalb qilish uchun foydalanilgan bu kabi sinonimlarni O‘.Hoshimov hikoyalarida ko’plab uchratishimiz mumkin:
Toshkent dorilfununi (hozirgi 0 ‘zMU)ning domlasi Bahodir G‘ulomov boladek beg‘ubor, o ‘ta samimiy, sodda odam edi (O‘.Hoshimov. O‘zbekning soddasi).
Yelkasiga miltiq osgan odamlar „lnqilob!“, „Hurriyat!“deb hayqirishibdi. Hamma xursand, hamma , bo'pti(O‘.Hoshimov. Qizil qarg’a).
Man-ku. savodsiz, omi bir odamman. Ammo-lokigin Xudoning begunoh bandasini shunchalik xo'rlash insofdanmidi?( O‘.Hoshimov. O‘ldi –aziz bo’ldi).
Cho‘ntagidan to‘rt buklangan qog‘oz chiqarib, hijjalab o ‘qibdi. „Qizil qarg‘a, xo'p ajoyib isming bor, nomginangga monand go'zal jisming bor. Qarg'aginam qanotlaring omon bo‘lsin, zamon bo‘sa, zamonamde zamon bo'lsin(O‘.Hoshimov. Qizil qarg’a).".
Odam-chi, vey, xohlasa bir kunda telba bo’lishi mumkin ekan, qandoq jinni bo’lganini o'zi bilmas ekan.(Jinni bo’lish oson ekan)
Qani, insof bilan ayting-chi, askar bolada nima gunoh? Hamma ayb kampirning o‘zida! (Mehmon otangdan ulug’)„
Qandoq uyat! Qandoq sharmandalik! Xo‘sh, bo’lmasa nima qilsin? O‘g‘irlik qilsinmi?( Quyosh tarozisi)

Keltirilgan parchalarda sinonimlar turli shaklda bo’lsa-da bir ifoda semasi ostida birlashadi. Masalan, samimiy, sodda, beg‘ubor – poklik; xursand, baxtiyor-mamnunlik; savodsiz, omi-avom; isming,nomgingga-ot; telba, jinni-aqldan ozganlik; gunoh, ayb-xilof ish; sharmanda, uyat –xijolatlik hissi.


E’tibor bergan bo’lsangiz keltirilgan misollarda ma’lum predmet, narsa nomi yoki xususiyati bir necha adekvat leksik birliklar orqali ifodalanadi.
Sinonimik qatordagi so`zlar leksik ma’no qirrasi, uslubiy tomoni hamda pragmatik semasi bilan o`zaro farqlanishidan kelib chiqib, tilshunos olim M. Mirtojiyev ularni bir necha tipga ajratadi.
Kontekstual sinonimiya – til birligi sifatida o`zaro sinonim bo`lmagan leksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida)sinonimik munosabatga kiritilishi1. Katta mahoratli yozuvchilarning badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bo`lgan, tayyor ma’nodosh so`zlardangina foydalanib qolmasdan, badiiy tasvir ehtiyojiga ko`ra ma’nodosh bo`lmagan so‘zlarni ham shunday qo`llaydilarki, bu so`zlar ham matnda xuddi ma’nodosh so`zlar kabi idrok etiladi. Kontekst doirasida sinonimlashish hodisasi ayniqsa muallif leksemasining nutqdagi qo`llanishida ko`p uchraydi:

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling