Shaharni me’moriy-badiiy kompozitsiyasi


Download 19.09 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi19.09 Kb.
#1038053
  1   2   3   4
Bog'liq
SHAHARNI ME


SHAHARNI ME’MORIY-BADIIY KOMPOZITSIYASI.
6.1. Shaharning me’moriy-badiiy ko’rinishini tashkil etuvchi asosiy
omillar.
Shaharning me’moriy ko’rinishining ma’nodorligi – uning muhim sifati ko’p omillar bilan, avvalo shaharning rejaviy tuzilishining to’g’riligi, uning elementlarining bir-biriga mos va uyg’unligi bilan belgilanadi. Shaharning funksional vazifalari, jamoat markazi sistemasi, kompleks turar-joylar va aniq ajratilgan sanoat tumanlari, o’zaro bog’liq yo’l kommunikatsiyalari tizimi echilgan bo’lsa, qoida bo’yicha shahar ko’rinishi ma’nodor hisoblanadi. U insonga tushunarli va engil qabul qilinadi. Shahar ko’rinishi ma’nodorligining yana bir muhim omili – o’ziga xoslik va takrorlanmaslikdir. Aynan shaharning individualligi orqali shaharning rangbarangligi ochiladi. Shahar ko’rinishining individualligi doimiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar – tabiiy muhit, tarixiy merosning saqlanishi, shaharsozlik madaniyati darajasi, texnik imkoniyatlar va h.k.lar bilan yaratiladi.
Shahar ko’rinishida har xil davrlar asoratlari bog’langan. Shahar
chegarasida, ayniqsa tarixiy shakllangan markaziy qismida o’zaro yonma-yon holda o’tmish, hozirgi kun va kelajak alomatlari hisoblangan inshootlar joylashgan.
SHahar muhitida ular yagona birlikni tashkil qiladi va ularning birligi jamiyatning o’sib borayotgan talablarini o’zida aks etib, dinamik xarakterni ifodalaydi.
Shaharning me’moriy-badiiy ko’rinishining ma’nodorligi quyidagilarga asoslanadi:
magistral ko’chalar bilan bog’langan asosiy ansambllar (jamoat
markazlari, maydonlar) ajratiladigan shaharning umumiy rejaviy tuzilishi;
bu ansambllarning vizual aloqasi va shaharning fazoviy muhitlarini to’g’ri ochib berish; qurilish hududining milliy va iqlimiy xususiyatlarini hisobga olish;
shahar kompozitsiyasiga tabiat elementlari – relef, o’simliklar, suv havzalarini ko’p miqdorda qo’shish; kompozitsion vositalar – rang, kontrast, ritm, masshtab va masshtablilikdan foydalanish; qurilishga arxitektura yodgorliklarini qo’shish.
Shahar maydonlari har xil arxitekturaviy-rejaviy tashkil etishga ega bo’lishi mumkin. Maydonlar yopiq, butunlay qurilmalar bilan o’ralgan bo’lishi mumkin.
Ularning kompozitsiyasi va badiiy ma’nodorligi maydonning shakli, mutanosibligi (proporsiyasi) va atrofidagi binolar arxitekturasiga bog’liq. Perimetri butunlay binolar bilan o’rab olinmagan maydonlar ham bo’ladi. Bu holda maydon kompozitsiyasida qurilmalardan ochiq hududlarida namoyon bo’ladigan shahar perspektivalari ishtirk etadi. Asosiy kompozitsion rolni o’simliklar egallaydigan maydonlar ham mavjud.

Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling