1. Ishchi hududning havo parametrlarini aniqlash va issiqlik ta’siridan himoya qilish Ishning maqsadi


Download 47.93 Kb.
bet1/4
Sana30.01.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1140719
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Ishchi hududning havo parametrlarini aniqlash va issiqlik ta’siridan himoya qilish


1. Ishchi hududning havo parametrlarini aniqlash va issiqlik ta’siridan himoya qilish
Ishning maqsadi: Ish zonasida normal sanitar-gigiyenik sharoitlarni yaratish uchun temir yo’l va temir yo’l sanoat korxonalarida qо‘llaniladigan sо‘ruvchi shkaf va sо‘ruvchi zontlarni texnik xarakteristikalari bilan talabalarni tanishtirish.
6.1.Umumiy ma’lumotlar
Ishlab chiqaruvchi xonalardagi zararli bug‘, gaz yoki changlarni bevosita ular ajralib chiqayotgan joydan mahalliy sо‘rib oluvchi moslamalar orqali tutib olish maqsadga muvofiqdir.
Shamollatishni bunday usulida havoning har bir kub metri umum almashuv shamollatishga nisbatan katta miqdordagi zararli moddalarni tashqariga chiqaradi, shuning uchun zarur bо‘lgan sanitar-gigiyenik samaradorlikka kam miqdordagi havo almashuvi hisobiga erishiladi.
Tikuvchilik, poyafzal, charm-attorlik, shuningdek temir yo’l va temir yo’l sanoat korxonalariga servis xizmat kо‘rsatish korxonalarida ochiq va yopiq turdagi mahalliy sо‘ruvchi shamollatish moslamalari keng qо‘llaniladi.
Yopiq turdagi mahalliy sо‘ruvchi shamollatish moslamalarida ajralib chiqayotgan zarali moddalarni manbaasi xonada alohida ihotalangan bо‘lib, pana joylarga joylashtiriladi. Bunday sо‘ruvchi shamollatish moslamalari ishonchli bо‘lib chiqarilayotgan havoni kam sarf bо‘lishini talab etadi. Ularga: sо‘ruvchi shkaflar, bо‘yovchi kameralar va changlanuvchi jihozlarni о‘rab turuvchi moslamalar kiradi.
Sо‘ruvchi shkaflarni loyihalashda sexga tashqaridan havo kirmasligini ta’minlash kerak.
Havo oqimi yopiq qutiga sо‘rilishining hisoblab aniqlanadigan tezligi quyidagicha ifodalanadi:
( 6.1)
bu yerda: -quti ichidagi zaryadsizlantirish, kg/m2;
-og‘irlik kuchi tezlanishi-9,81/m/s2
-tirqish va tuynuklarning mahalliy qarshiligi koeffitsiyenti;
-Havoning solishtirma og‘irligi, kg/m3
Qutidan chiqayotgan kerakli havo xajmi quyidagicha hisoblanadi
L=3600WF m3/soat
bu yerda: F- qutidagi ishchi tirqishlarning va zichlanmagan joylarning yuzalarning yig‘indisi, m2.
Sо‘rish tezligini tanlashda toksinlik konsentratsiyasini va ajralib chiqayotgan zararli moddalarning solishtirma og‘irligini hisobga olish kerak. Bu tezlik 0,3-0,5dan to 1,5-2,5 m/s gacha о‘zgarib turadi.
6.1-rasmda havo sо‘rish shkaflardan biri tasvirlangan.


Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling