1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida islom iqtisodiyotining tutgan o’rni va ahamiyati hamda uning samaradorligi


Download 16.04 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi16.04 Kb.
#1212177
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Biz bugungi kunimizni,ya'ni texnika-texnologiya tobora rivojlanib borayotgan hayotni zamonaviy hayot deb ataymiz.Albatta bu hayotda Inson qadri,inson omili bu eng muhim omil sifatida ko'rilmoqda.Yaratilgan har bir texnika yoki innovatsiya yashash joyi, urf-odatlaridan qat’iy nazar har bir inson uchun xizmat qilmoqda va shu innovatsiyalar inson qo'li bilan yaratilmoqda.Shu bilan bir qatorda dam olish bog’lari hamda salomatlik maskanlarining borligi bu albatta quvonarlidir.O’ylaymanki ba’zi og’riqli nuqtalar ham yo’q emas va bu nuqtalar madaniyatga bog’liq.Ishonamanki ko’p ko’ngil ochar joylarda yoki sport majmualarida hamda salomatlik markazlarida islom madaniyati shakllanmagan insonlar kiyinish odobi va savdo sohalarida oqsoqlik mavjud, islom madaniyati tamoyillariga tayangan bunday bog’larda va sayohat joylari afsuslar bo’lsinki sanoqli joylarda mavjud.Musulmon bo’lgan insonlar ko’ngil yozish uchun hamda vaqti chog’lik qilish uchun joy tanlashda qiyinchilikka duch kelmoqda kamina esa bu sohada izlanib,rivojlantirish uchun aynan Turkiya davlatini munosib deb hisobladim.O’qishim davomida islom iqtisodi va madaniyatini chuqur o’rganib dunyo iqtisodi va turizm hamda tibbiyot sohalarida ushbu tashabbusni shior qilib islom iqtisodi va tamoyillarini kengroq targ’ib qilishni uzimga maqsad deb qaror qildim.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida islom iqtisodiyotining tutgan o’rni va ahamiyati hamda uning samaradorligi.
2. Turizm va ekoturizmni rivojlantirish va uning jozibadorligida islom madaniyatining tutgan o’rni hamda muhimliligi.
3. Bu mavzuda chuqur izlanish olib borgan holda biz loyihamiz orqali insonlarga islomning tarixini o’z hayotlarida yashab ko’rish imkoniyatini bergan bolamiz.
Har bir harakatimiz tarixning ,o’sha davr madaniyatining bugungi kundagi bir andozasi sifatida paydo boladi.Bizga albatta marketinga ham e’tibor beramiz bunda marketologlar vazifasini tashrif buyuruvchilarnig o’zlari amalga oshirishadi.O’ylaymanki bu tashabbus orqali madaniyat rivojlanadi ,san’at ravnaq topadi va iqtisodiyot yuksaladi mustahkamlanadi. Loyihamizda kutubxona va Kinoteatr ,Ot sporti , yoy tortish kabi sport turlari barcha uchun faoliyat yuritadi. Jahon bozoriga chiqishda Turkiya bozori eng maqbul bozor.Amalga oshirmoqchi bo’lgan bu harakatlar o’ylaymanki mamlakat iqtisodiy,ma’naviy,moddiy va madaniy hayotini yuksaltiradi.
4. Avvalambor ishni nmadan boshlash kerak? Tabiiyki bozordagi talabni o’rganishdan.Qanday qilib degan savolga quyidagicha javob beramiz.Anketa orqali ovoz berish orqali yani ma’lum bir jamoat joylarida odamlardan savol so’raymiz va bizning g’oyamiz insonlarga kerakmi , qanchalik muhim va ular buni qanchallik qo’llab quvvatlaydi.Bizni qiziqtirgan savollarga albatta insonlarning o’zlari fikrlari orqali bildirishadi va so’rovnomamizda buni aniqlab olamiz.
5. Albatta,har bir harakat ortida bir moddiy yoki ma’naviy naf, foyda mavjuddir.Asosiy maqsad islom iqtisodiyoti tamoyillariga tayangan holda davlatning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish.Har bir yo’nalishdan oz qismini o’z ichiga oladigan bizning bu tizimda, faqatgina moliyaviy barqarorlik uchungina emas boshqa sohalarda ham rivojlanish va o’sishni ta’minlaydi.
Mavzumizning keying yana bir asosiy g’oyasi –bu islom madaniyatini targ’ib qilish, ya’ni odamlar islom madaniyatini unda yashash orqali uning tarixini o’rganish orqali bu madaniyatning qanchalik jozibali ekanligini anglashlaridir.Bunda asosan kiyinish va ovqatlanish (parxez) madaniyati nazarda tutilgan.

6. Foydali tomonlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, bu albatta mamlakatga sayyoh (turist)lar qatnovini oshirishga yordam beradi va o’z o’zidan valyuta oqimini sog’lomlashtiradi. Sayyohlar oqimining ortishi orqali ko’plab savdo va xizmat ko’rsatish markazlarining tobora kengayishiga,sababchi bo’lib qoladi. Pul aylanishi kupayadi,tezlashadi bu o’z o’zidan pulning qadrsizlanishining o’sish ehtimolligini kamaytiradi.Mehmonxona xizmati va transport xizmati rivojlanadi va yangi ish o’rinlari yaratiladi.Transport xizmatining rivojlanishi mamlakat yo’l fondining mustahkamlanishiga o’z hissasini qo’shadi.


Nafaqat iqtisodiyot rivojlanibgina qolmay islomning go’zal va nafis madaniyati yuksaladi.Madaniyat yuksalgan mamlakatda ma’naviyat ham yuksaladi.
Download 16.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling