1. Kesimlari xabar maylidagi va buyruq-istak maylidagi fe’llar bilan ifodalangan


Download 223.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana26.01.2023
Hajmi223.88 Kb.
#1124386
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Test 30 talik tungi


1. Kesimlari xabar maylidagi va buyruq-istak


maylidagi fe’llar bilan ifodalangan 
ergashgan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Kim sening kamchiliklaringni to‘g‘ri 
ko‘rsatsa, u sening haqiqiy do‘stingdir.
B) Olimjon xatni o‘qiy olmadi, chunki 
xonaga kengash a’zolari yig‘ila boshlagan 
edi.
C) Birovga ayta ko‘rmang: ikkovimiz ham 
baloga qolamiz.
D) Istaymanki, shoirning orzulari, umidlari 
haqiqatga aylansin.
2. Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida 
emas?
A) Uning erta vafot etgan umr yo‘ldoshi 
Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilgan 
mashhur shoir edi.
B) U hasbi hol tarzida yozilgan "Dog‘ o‘ldi, 
dog‘ o‘ldi", "Sog‘indim" kabi g‘azallar 
muallifidir.
C) Shoira Marg‘ilon shahrida ma’rifatli 
oilada dunyoga kelgan. Akasi Oxunjon 
ashula aytar edi, el orasida hofiz nomi bilan 
tanilgan edi.
D) U chistonnavis sifatida ham o‘z 
mahoratini namoyon etgan. Ayniqsa, uning 
"Anor" chistoni she’riyat ixlosmandlari 
e’tiborini qozonib kelmoqda.
3. Tadbirni har oyning juma kunida 
o‘tkazishga ma’muriyat kafolat beradi.
Ushbu gap qaysi uslubga xosdir? 
A) rasmiy uslub
B) so‘zlashuv uslubi
C) ilmiy uslub
D) publitsistik uslub
4. U kechagi kunini unutmagan, bobolar amal 
qilgan yuksak udumlar asosida yashashga 
o‘zida kuch topa olgan adabiy qahramon. U 
haqda muallif: “Tabiatan qo‘rsroq, 
qiziqqonroq edi u, shuning uchun ham uni 
“Bo‘ron” deb atashadi-da”, − deb yozgan edi. 
Ushbu parchada fikr yuritilgan adabiy 
qahramon nomini aniqlang.
A) Nizomjon ("Ufq")
B) Ikromjon ("Ufq")
C) Kazangap ("Asrga tatigulik kun")
D) Edigey ("Asrga tatigulik kun")
5. Qaysi javobda Shuhratning romanlari 
berilgan?
A) "Jamila", "Oltin zanglamas"
B) "Shinelli yillar", "Orzu va qasos"
C) "Shinelli yillar daftari", "Mashrab"
D) "Oltin zanglamas", "Jannat qidirganlar"
6. Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal 
qilinmay qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq 
xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) Bu xushxabarni tezroq ota-onamga 
yetkazish uchun uyga chopdim.
B) Taom yeyilgandan so‘ng rang-barang 
qimmatbaho va antiqa mevalar tortildi.
C) Bu kitob bilan u faqat mamlakatnigina 
emas, balki butun jahonning e’tirofiga 
sazovor bo‘ldi.
D)Bu yerdagi qayiqchilarga uyqu yo‘q, 
chunki tun-u kun uzun eshkaklarning 
shaloplagani eshitilib turardi. 
7. Qaysi ma’lumot Tog‘ay Murod hayoti va ijodi 
haqida?
A) Ijodkor tarjimon sifatida Ernest Seton-
Tompsonning "Yovvoyi yo‘rg‘a" asarini 
o‘zbek tiliga mohirlik bilan og‘irgan.
B) Uning otasini ham "xususiy mulk egasi", 
"mushtumzo‘r" sifatida quloq qiladilar. 
1939-yilda uning otasi qamoqdan qaytadi va 
oilasini Sirdaryoga ko‘chirib ketadi.
C) Ijodkor Andijon viloyatining Marhamat 
tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida oddiy 
zahmatkash odamlar oilasida tug‘ilgan.
D) Uning qissasini o‘qigan Abdulla Qahhor 
yozuvchiga maktub bitib, asar uni 
suyuntirib yuborganini aytgan, "sof, 
samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladi"gan 
asar yozgani bilan tabriklagan. 
8. So‘ri oldida chiroyli, xushbo‘y, ko‘m-

Download 223.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling