1. Ko’mir energiyasi zaxiralari. Neft energiyasi zaxiralari. Tabiiy gaz energiyasi zaxiralari


Download 1 Mb.
bet1/7
Sana17.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1205085
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko’mir, neft, tabiiy gaz va atom energiyalari zaxiralari. Shamol va quyosh energiyalari zaxiralari


Mavzu:Ko’mir, neft, tabiiy gaz va atom energiyalari zaxiralari. Shamol va quyosh energiyalari zaxiralari

Reja:



1.Ko’mir energiyasi zaxiralari.
2.Neft energiyasi zaxiralari.
3.Tabiiy gaz energiyasi zaxiralari.
4.Atom energiyasi zaxiralari. SHamol energiyasi zaxiralari. Quyosh energiyasi zaxiralari.
5.O’zbekistonda shamol va quyosh energiyasi zaxiralari.
1. Ko’mir. Neft. Tabiiy gaz
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalardan bevosita yoki oraliq o’zgartirish yo’li orqali olinadi. Buning uchun tabiiy organik energetik resurslardan va yadroviy yoqilg’i, shuningdek, qayta tiklanuvchan energiyalardan, ya’ni daryolarning oqimi, sharshalar, okean oqimlari, quyosh radiatsiyasi, shamol, geotermal massalar va boshqalardan foydalaniladi.
Elektr energiyasidan sanoat va qishloq xo’jalik sohalarida, transportda, aloqa tizimlarida, fanda maishiy xizmatda keng foydalaniladi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni tarqatish energetika sohasiga tegishli hisoblanadi. Shuning uchun energetika xalq xo’jaligining asosiy tarmog’i hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning elektrlashtirish tizimini yaratish va xalq ho’jaligini turli sohalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun elektr energiyasining ko’p qismi (80% atrofida) issiqlik elektr stansiyalarida (IES) organik yoqilg’ining kimyoviy energiyasini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi bo’yicha ikkinchi o’rinda gidroelektrostansiyalar (GES) turadi. Bunda gidroturbinalar va gidrogeneratorlar yordamida elektr energiyasiga o’zgartiriladigan daryolar oqimi energiyasidan foydalaniladi (masalan, Volga GESi, Bratsk GESi, CHorvoq GESi va boshqalar).
E lektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchilari qatorida issiqlik va gidroelektr stansiyalaridan keyin atom elektr stansiyalari (AES) turadi. Atom elektr stansiyalarining birlamchi energiyasi atomlar yadrolari energiyasi hisoblanadi. Bu energiya issiqlik energiyasiga o’zgartiriladi, keyin esa elektr energiyasini olish sxemasi esa, issiqlik elektr stansiyasi sxemasiga o’xshash bo’ladi.
Organik yoqilg’i zahiralarining tez kamayishi, shuningdek issiqlik elektr stansiyalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini hisobga olib elektr energiyasini olishni qayta tiklanuvchan elektr manbalaridan (QTEM) foydalanish asosidagi texnik va iqtisodiy echimlarini qoniqarli izlash amalga oshirilmoqda.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling