1. Kompyutеrlardan kundalik turmushda foydalanish


Download 0.54 Mb.
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1133224
  1   2   3   4
Bog'liq
1 amaliy mashqulot (1)


1.Kompyutеrlardan kundalik turmushda foydalanish
Kompyutеrlar zamonaviy kishilar hayotiga chuqur kirib borib, ularning eng zaruriy yordachisiga aylandi. Kompyutеrlardan uy sharoitida foydalanishning ikki asosiy yo’nalishi mavjud:

1. Uy-joyga xizmat:


  • himoya avtomatikasi, yong’inga saqlash avtomatikasi, gaz ta'minoti avtomatikasi;


  • yoritishni boshqarish, elеktroenеrgiya sarfi va isitish tizimini boshqarish,


  • mikromuhit boshqaruvi;


  • mikroprotsеssorli elеktroplitalar, xolodilniklar, kir yuvish mashinalari.




2. Uyda yashovchi kishilarning axborot ehtiyojlarini qondirish:


  • Tovar va xizmatlarga buyurtma;


  • Ta'lim jarayonlari;


  • Bilim va bеrilganlar bazalari bilan muloqot;


  • Salomatligi to’g’risida ma'lumot yig’ish;


  • Bo’sh vaqt va ko’ngil ochish;


  • Ma'lumotlar bilan ta'minlash;


  • elеktron pochta, tеlеkonfеrеntsiya;


  • Intеrnеt.





1-rasm. Elektron pul tizimi sub’ektlari
Mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan elektron pullar tizimida tranzaktsiyalarni operator tomonidan elektron pullar tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu qoidalar operator va emitent o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan tasdiqlanadi. Ko‘p emitentli elektron pullar tizimida esa ushbu qoidalar har bir emitent bilan kelishilgan bo‘lishi talab etiladi.
Elektron pullarning chiqarilishi
Hujjatga muvofiq, elektron pullarning chiqarilishi emitent tomonidan jismoniy shaxs yoki elektron pullar tizimining agentidan qabul qilingan pul mablag‘lari doirasida elektron pullar tizimi qoidalari hamda elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi. 
Emitent tomonidan elektron pullarning chiqarilishi uchun jismoniy shaxs naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda pul mablag‘larini taqdim etishi zarur. Ushbu pul mablag‘lari emitent tomonidan hisob-kitob bankida ochilgan maxsus hisobvaraqqa kirim qilinishi ta’minlanadi (2-rasm).
Elektron pullarni jismoniy shaxsga va elektron pullar tizimining agentiga realizatsiya qilish elektron pullar tizimi tomonidan har bir elektron pullar egasi uchun shakllantiriladigan elektron hamyonga emitentdan sotib olingan elektron pullarni kirim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Emitent yoki operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining agenti elektron hamyonga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga ushbu pullarni realizatsiya qilish yoki ularni qoplash maqsadida elektron pullarning nominal qiymati bo‘yicha uning egasi bo‘lgan jismoniy shaxsdan sotib olishi mumkin.

2-rasm. Elektron hamyonlarni to‘ldirish yo‘llari
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyutada nominallashtirilgan bo‘lishi shart.
Emitent va elektron pullar tizimining agenti tomonidan elektron pullarni chiqarishda uning egasiga elektron pullarni realizatsiya qilinganligi va elektron pullarning egasi elektron pullarni sotib olganligini tasdiqlovchi kvitantsiya yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat qog‘oz shaklda yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Mazkur kvitantsiyada ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan rekvizitlar, xususan,

  • agent, emitent va operatorning nomi;

  • operatsiyaning amalga oshirilgan sanasi hamda vaqti;

  • amalga oshirilgan operatsiyaning tartib raqami;

  • realizatsiya qilingan elektron pullar summasi;

  • elektron pullar egasiga tegishli elektron hamyonning identifikatsiya kodi;

  • undiriladigan vositachilik haqi miqdori ko‘rsatilishi shart.

Elektron pullardan foydalanish
Qoidaga ko‘ra, elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs elektron pullardan to‘lovlarni va elektron pullar tizimining qoidalarida belgilangan hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar asosida egasidan elektron pullarni mazkur tizimning boshqa ishtirokchisiga o‘tkazish orqali boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanadi (3-rasm).

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda faqat respublikamiz hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi belgilangan.





Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling