1-Labaratoriya mashg’uloti Mavzu: Matnli, grafik, audio va video axborotlar hajmini hisoblash


Download 378.81 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi378.81 Kb.
#164243
Bog'liq
1-Labaratoriya ishi

1-Labaratoriya mashg’uloti


Mavzu: Matnli, grafik, audio va video axborotlar hajmini hisoblash.


Ishdan maqsad: Talabalarga matnli, grafik, audio, va video axborotlar hajmini hisoblash bo’yicha bilim va ko’nikmalar berish va buni amaliyotda qo’llash.

Tasvirlarning hajmini o’lchash: Raqamli detektorlarning rezolyutsiyasi va bit chuqurligi yaxshilanishda davom etar ekan, foydalanuvchi tez-tez tasvir sifati yaxshilanganidan xursand bo'ladi. Yangi tizimingizning fayl hajmini hisoblashning tezkor usullaridan biri bu detektordagi piksellarning umumiy sonini hisoblash, ularni bit chuqurlikdagi bitlar soniga ko'paytirish va natijani 8 ga bo'lishdir (chunki baytda 8 bit bor)



1-qadam: Detektorning umumiy piksellar sonini olish uchun gorizontal piksellar sonini vertikal piksellar soniga ko'paytiring.

2-qadam: Ma'lumotlarning umumiy sonini olish uchun piksellarning umumiy sonini detektorning bit chuqurligiga ko'paytiring (16 bit, 14 bit va boshqalar).

3-qadam: Bitlarning umumiy sonini 8 ga bo'lish fayl hajmiga baytlarda teng bo'ladi.

4-qadam: Fayl hajmini kilobaytda olish uchun baytlar sonini 1024 ga bo'ling. Yana 1024 ga bo'ling va fayl hajmini megabaytda oling.

Misollar:

Perkin Elmer 1621: 2048 x 2048 = 4.194.304 (4.2 megapikselli detektor)

4.194.304 piksel X 16 bit = 67.108.864 ÷ 8bit = 8.388.608 bayt ÷ 1024 = 8.192 kilobayt ÷ 1024 = 8 megabayt



VARIAN 2520: 1,920 x 1536 = 2949120 (2,95 megapikselli detektor)

2.949.120 X 16 bit = 47185920 ÷ 8bit = 5.898.240 bayt 5.760 Kilobayt ÷ 1024 = 5.625 Megabayt)



Turli Bit chuqurlikdagi vizualizatsiya: Ushbu rasmda ko’rish mumkinki ularning hajmi qanchalik katta bo’lsa ko’rinishi shunchalik tiniqlashib boradi.



Tasvir xususiyatlari

Biz kompyuterimizdagi tasvirning o'lchamlarini va bit chuqurligini tasvirning

xususiyatlari bo'limidan bilib olishimiz mumkin.

Misol: 

Eni: 185

Bo'yi: 185



Piksel chuqurligi 8 ga teng ekan.



Axborotning sintaktik o‘lchov birliklari: Axborotning sintaktik o‘lchovi. Qiymatlar hajmi V xabarda belgilar (razryad) soni bilan o’lchanadi. Turli sanoq tizimlarida bir razryad turlicha uzunlikka ega bo‘lganligi sababli ularning qiymat o‘lchov birliklari ham o‘zgaradi:

  • ikkilik sanoq tizimida o‘lchov birligi – bit (ikki razryad) (axborotni o'lchov birligi sifatida, ya’ni 8 bitdan iborat bo‘lgan «bayt» o‘lchov birligi ham ishlatiladi);

  • o‘nlik sanoq tizimida o'lchov birligi – dit (o‘nlik razryad).

Axborot miqdori I ni tizim holatining noaniqlik tushunchasi (tizim entropiyasi)ni ko‘rib chiqmasdan aniqlab bo‘lmaydi.

Xabarning ixchamlik koeffitsiyenti (darajasi) quyidagi ifoda bilan ko‘rsatiladi:



Y =I/V , bu yerda 0
Topshiriq – 1.

Kitob 100 sahifadan, har bir sahifa esa 35 satrdan iborat. Agar har bir satrda 50 ta simvol bor bo’lsa, kitobdagi axborot hajmini toping.

Buning uchun quyidagi amallar bajariladi:


  1. Bitta sahifadagi axborot hajmi 35 × 50 = 1750 baytga teng.

  2. Kitobdagi axborot hajmi (har xil o’lchov birliklarida):

    1. 1750 × 100 = 175 000 baytga teng.

    2. 175 000 / 1024 = 170,8984 Kbayt.

    3. 170,8984 / 1024 = 0,166893 Mbayt.

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

      1. 350 saxifadan iborat kitob, har bir saxifa 42 satrdan va har bir satr 58 ta belgi joylashgan bо‘lsa, kitobni axborot xajmini hisoblang. (bit, bayt, Kbayt, Mbayt, Gbayt da ifodalang)

      2. 15 Gbayt axborotga 4Gbayt fleshkadan nechta kerak bо‘ladi.

      3. Quyidagi sonlarni kalkulyator yordamida ma’lumot hajmi – V ni toping (bit va ditlarda):

  1. 11101101; 11101111; 110110; 11111111111;

  2. 1239; 2345; 23146; 27934;

  3. 110,11; 101,1;1111,01; 111,010;

  4. 234,56; 6543,56; 2319,98; 234,6;


Axborotning semantik o'lchovi: Axborot ma’nosining mazmuni yoki axborotning miqdorini semantik darajada o‘lchash uchun tezaurus o‘lchovidan foydalaniladi. Bu o'lchov axborotning seman­tik xususiyatlarini foydalanuvchining kelgan habarni qabul qilish qobiliyati bilan bog‘laydi. Buning uchun foydalanuvchi tezaurus tushunchasi ishlatiladi.

Tezaums – foydalanuvchi yoki tizim ega bo‘lgan xabarlar to‘plamidir.

Semantik axborotning miqdorini nisbiy o‘lchovi sifatida mazmundorlik koeffitsiyentini ishlatish mumkin:

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:


  1. 1 dan 100 gacha bo’lgan sonlar ichidan tasodifiy tanlash natijasida bir sonning tanlanishidagi ma’lumot miqdori – I ni aniqlang.

  2. Idishda 40ta shar bor, ulardan 15 tasini rangi qizil qolganlari oq, oq sharni olish ma’lumot miqdori – I ni aniqlang?

  3. Quyidaga ma’lumotlarni bilgan xolda о‘zingizni kompyuteringizdagi axborot tashuvchi qurilmalarini tekshirib yozib oling.

1. Qattiq disk («Vinchester»). Zamonaviy kompyuterlarda 250Gbaytdan 500Gbaytgacha va undan ortiq. Hozirgi kunda 1Tbaytli vinchesterlar ishlatilmoqda.

2. Yumshoq disklar. 3,5 dyumli: 720 Kbayt va 1,44 Mbayt hajmdagi axborot sig’imiga ega.

3. Kompakt disklar(СD,DVD). Sig’imi: 640 Mbayt, 4Gbayt va undan ortiq. Turlari: Faqat o’qish uchun (CD-ROM, DVD-ROM), Bir marotaba yozish uchun(CD-R, DVD-R), Qayta yozish uchun(CD-RW, DVD-RW)

4. Fleshkalar. Hozirda 512 Mbaytdan 64Gbaytgacha sig’imli axborotlarni tashuvchi qurilmalar ishlatilmoqda



Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. V. Rajaraman. Introduction to information technology (second edition). India, 2013.

  2. N. V. Makarova. Informatika. Darslik. T.: “Talqin”, 2005 y. 30-41 bb.

  3. R.Boqiyev, N.Mirzaxmedova, A.Primkulova. Informatoka. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur”, 2016 y. 14-19 bb.


Download 378.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling