1. Makon va vaqt kategoriyalarining mohiyati


Download 54.53 Kb.
bet1/27
Sana08.01.2022
Hajmi54.53 Kb.
#247449
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
ontologiya


1. Makon va vaqt kategoriyalarining mohiyati
Borliq muayyan tuzilishga, ya’ni u strukturaga ega. Borliqning asosiy tuzilishi shakli (strukturaviy shakli) uning fazo va vaqtda mavjudligi bilan izohlanadi.

Inson o‘zining kundalik hayotida «masofa», «uzunlik», «joy», «o‘rni», «ko‘lami», «miqyosi», «makoni», «balandligi», «eni», «bo‘yi», «baland», «past», «yuqori», «quyi», «ichi», «tashqarisi», «o‘ng»,«chap», «oldi», «orqasi», «o‘ngi», «teskarisi», «chuqur», «sayoz», «tubi», «yuzasi», «satxi», «osti», «usti», «yoni», «tevarak atrofi», «yaqin», «uzoq» singari fazoga oid, «lahza», «payt», «davr», «zamon», «fasl», «kecha», «bugun», «ertaga», «indin», «o‘tgan payt», «oldin», «hozir», «shu payt», «shu on», «keyin», «endi», «o‘tmish», «kelajak», «davomiylik», «erta», «kech», «azaliylik», «abadiylik», «mangulik» kabi vaqtga oid tushunchalarga duch keladi. Bu tushunchalar voqea va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladi. Fanda hodisa deb fazo va vaqt nuqtasiga, ya’ni «shu on» va «shu joy»ga aytiladi. Shu jihatdan dunyo «shu joy» va «shu on»lar majmuasidan iborat. Fazo - vaqtning muayyan lahzasida bu dunyoni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini ifodalasa, vaqt esa - fazoning har bir nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalarning ketma-ketligi, davomiyligi tartibini ifodalaydi1. Shu tarzda fazoni vaqt bilan, vaqtni fazo bilan belgilash mumkin.

Fazo va vaqt - borliqning umumiy yashash shakllari bo‘lib, fazo dunyoni tashkil etuvchi ob’ektlar va ularning tarkibiy nuqtalarining o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami va miqyosini ifoda etadi, vaqt esa dunyoda sodir bo‘luvchi hodisa va jarayonlarning ro‘y berish ketma-ketligi tartibi va davomiyligini ifodalaydi. O‘zbek tilidagi adabiyotlarda arab tilidan kirgan makon va zamon atamalari ham ishlatiladi.


Download 54.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling