1. Makon va vaqt kategoriyalarining mohiyati


Download 54.53 Kb.
bet27/27
Sana08.01.2022
Hajmi54.53 Kb.
#247449
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
ontologiya

Sabab va oqibat — narsa va hodisalar oʻrtasidagi umumiy zaruriy aloqani ifodalovchi tushunchalar. Hodisalar zanjirida oʻzidan boshqa yana bir hodisani keltirib chiqaradigani sabab , paydo boʻlgan hodisa esa oqibat deyiladi.

S. va o. oʻrtasidagi aloqadorlik sababiyat sanaladi. Sabab, birinchidan, vaqt jihatdan oqibatdan oldin keladi, ikkinchidan, oqibatni tugʻdiruvchi, yaʼni oqibatning vujudga kelishida zaruriy shart boʻlib xizmat qiladi. Mac, farzandning sababchisi ota-ona. Farzand ota-onadan ilgari dunyoga kelishi mumkin emas, yaʼni ota-ona shu farzandning vujudga kelishidagi zaruriy shart hisoblanadi. Sabablar turli koʻrinish, shakl va holatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Falsafa tarixida narsa va hodisalar oʻzaro sababiy bogʻlanishda deb biluvchilar deterministlar (qarang Determinizm), buni inkor etuvchilar indeterministlar (qarang Indeterminizm) deb ataladi. Sababning asosiy va asosiy boʻlmagan, tashki va ichki, obʼyektiv va subʼyektiv shakllari bor. Sabab oqibatni vujudga keltirganidek, oqibat ham sababga taʼsir koʻrsatishi mumkin. S. va o. aloqadorligi boʻyicha Aristotel, Forobiy, Ibn Sinolar maxsus asarlar yozishgan. Diniy taʼlimotlarda esa, birlamchi sabab yoki hamma narsaning sababchisi xudo deb taʼkidlanadi.[1]



1 Гегель // Всемирная энциклопедия. -М.: Современнiй литератор, 2001. –С.207.

Download 54.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling