1. Makon va vaqt kategoriyalarining mohiyati


Sistema, struktura, element


Download 54.53 Kb.
bet20/27
Sana08.01.2022
Hajmi54.53 Kb.
#247449
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
ontologiya

Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan bo’lib hisoblanadi.
Sistema – grekcha so’z bo’lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan
birikma, degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy
munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy
faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga
keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko’ra
turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati
sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi obyektiv qonuniyatlarini
o’rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning obyektiv
reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari
samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan
xarakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog’lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli
tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog’lanishi, aloqadorligi va
munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik
holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil
qilgan elementlarning nisbatan turg’un bog’lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud
falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil

126
qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish


istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga
qarab, moddiy olamning xilma-xil ko’rinishlari, DNK yoki RNK larning o’zaro ichki
munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular
umumlashgan xolda, moddiy olamning obyektiv realligi tarzida mavjud bo’lsa ham, moddiylikning
konkret strukturasiga ega bo’lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning
munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi
struktura» ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o’zaro bog’lanish, aloqadorlik, munosabat
jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy
munosabatlarning konkret ko’rinishlari tarzida namoyon bo’ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema
deb oladigan bo’lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli
munosabatlari tarzida ko’zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va
boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O’z navbatida, sistemani to’laligicha
bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida tahlil
qilishni taqozo etadi.
Shuni alohida ta’kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va
ehtiyojlariga ko’ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash
mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri
hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo’lsak, uning
ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko’ramiz. Shunga ko’ra, sistema, struktura va element
nisbiy tushunchalar bo’lib, kategoriyalar sifatida, unga bo’lgan munosabat doirasida konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va
hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi
bo’lib hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko’ra: muhim va muhim
bo’lmagan, asosiy va asosiy bo’lmagan elementlarga ajratib o’rganish alohida ahamiyatga ega.
Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko’ra, o’z
ahamiyatiga ega bo’ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida ko’rsatilganidek, turkumlashtirish
mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo’lib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida
yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi
elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan
izohlanadi. Ya’ni, sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan muhim element, ma’lum vaqtga
kelib muhim bo’lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo’lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning
mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo’ladi.
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o’quv qo’lanmalaridan farqli o’laroq, bu
kategoriyalarni qiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib
berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va
oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va voqyelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida
ko’rsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element»,
kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini
taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim
topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur.

Download 54.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling