1. Makon va vaqt kategoriyalarining mohiyati


Alohidalik, xususiylik, umumiylik


Download 54.53 Kb.
bet19/27
Sana08.01.2022
Hajmi54.53 Kb.
#247449
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
ontologiya

Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi
makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida,
individual tarzda namoyon bo’layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi
xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo’lishidir. Alohidalik va
umumiylik o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali
ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi
konkretlik bo’lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va
hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar
tarzidagina namoyon bo’lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining
namoyon bo’lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu
bosqich orqali umumiylikka o’tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki,
falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual
xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
o’tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo’lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy
makon va zamonda har bir davlat uchun o’ziga xos bo’lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning
umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo’llash bozor strategiyasi va
taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi.
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko’rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda
xususiyatga ega bo’lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati,
boshqacha kilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish
mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg’unlikka ega bo’lgan birlik
sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Hyegel, alohidalikni voqyealarning zaruriy shakli, makon va
zamondagi tafovutlarning namoyon bo’lish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini
mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu haqda «Osiyosentrizm»
va «Yevropasentrizm» to’g’risida eslash kifoya).

125
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizasiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud


bo’lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o’z o’rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun
umuminsoniyat sivilizasiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy
manfaatlarga asoslangan bo’lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX
asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni
sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqyelikning alohidaligi tarzida
vujudga keladi. Shunga ko’ra, har qanday sistema o’z tarkibidagi nisbatan yangi, alohida
hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo’la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqyelik
rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o’rtasidagi bog’lanishlar, bir
tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham
belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida
namoyon bo’ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan to’laqonli bo’lishini
ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o’ziga xos bo’lgan
yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu
kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy
madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil
yo’nalishlarga asos bo’lgan. Bu madaniyat yo’nalishlari nisbatan mustaqil bo’lsa ham, bir-birini
taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizasiyasi
manfaatlaridan kelib chiqqan bo’lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element»,
kategoriyalari o’rtasida uzviy bog’liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «alohidalik»,
«xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog’lanish, aloqadorlik
munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo’lsa, «butun», «qism», «struktura»,
«sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog’lanish munosabatlarini
jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni –
alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o’xshashlik bo’lishiga
qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli
darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo’lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy
jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo’lib, uning
samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko’ra, yuqorida aytilgan har ikkala
kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.

Download 54.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling