1. Makon va vaqt kategoriyalarining mohiyati
Download 54.53 Kb.
|
ontologiya
Imkoniyat va voqyelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning
makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqyelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo’lishidir. Imkoniyat va voqyelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra, boshqa kategoriyalar bilan bog’liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan. Imkoniyatning voqyelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko’rsatib berildi. Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga ta’sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud voqyelik tarixiy genezisiga ko’ra, o’zida boshqa voqyelikning imkoniyatlarini mujasamlashtirgan bo’ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichi real voqyelik sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi. Download 54.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling