1-maʼruza. Kirish. Entomologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi Reja
Download 81 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va iboralar
- Entomologiya fani 2 ta bo’limga bo’linadi: 1. Umumiy entomologiya.
- Xususiy entomologiya
1-maʼruza. Kirish. Entomologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi Reja: 1. Kirish 2. Umumiy entomologiya 3. Xususiy entomologiya 4. Entomologiya fanining tarixi 5. Entomologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Tayanch so’zlar va iboralar: Entomologiya, umu-xususiy entomologiya, fanining tarixi, o’rmon xo’jalik entomologiyasi, tabiat sistemasi, kanalar biologiyasi va ekologiyasi, hasharot Entomologiya fani hasharotlar olamining tashqi va ichki tuzilishini, ko’payishini, kelib chiqishini, yer sharida tarqalishini, sistimatikasini, biologiyasini, inson va tabiat uchun foyda va zararni o’rganadigan fan hisoblanadi. Entomologiya-yunoncha-entomon-hasharot-logos-fan, ya’ni hasharotlar xaqidagi fan demakdir. Ayni paytda hasharotlarning 2 mln. ga yaqin turlari ma’lum bo’lib, entomologiya biologiyaning eng tez su’ratlar bilan rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. Entomologiya fani 2 ta bo’limga bo’linadi: 1. Umumiy entomologiya. Bu bo’lim (fan) hasharotlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlarni o’rganadi. Bu bo’lim ham bir qancha tarmoqlarga bo’linadi: a) Hasharotlar morfologiyasi-hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishini o’rganadi; b) Hasharotlar fiziologiyasi-hasharotlar organizimida sodir bo’ladigan fiziologik jarayonlarni o’rganadi; v) Hasharotlar biologiyasi-hasharotlarni individual taraqqiyotini o’rganadi; g) Hasharotlar ekologiyasi-hasharotlarning tashqi muhit bilan aloqasini o’rganadi; d) Hasharotlar geografiyasi-hasharotlarning yer sharida tarqalishini o’rganadi; e) Hasharotlar sistematikasi-hasharotlarning sistematik taksonlarga joylashtirilgan holatda o’rganadi. 2. Xususiy entomologiya. Bu bo’lim hasharotlarni ma’lum yo’nalishlarga bo’lib o’rganadi. Jumladan; a) Qishloq xo’jaligi entomologiyasi-qishloq xo’jaligi ekinlarida uchraydigan parazit va zarakunanda hasharotlarni o’rganadi; b) O’rmon xo’jalik entomologiyasi-o’rmon o’simliklarida parazitlik qiladigan va zarar yetkazadigan hasharotlarni o’rganadigan sohadir; v) Meditsina entomologiyasi-odamlar organizimida parazitlik qiladigan va zarar yetkazuvchi hayvonlarni o’rganadi; g) Veterenariya entomologiyasi-qishloq xo’jaligi hayvonlarida parazitlik qiluvchi va zarar yetkazuvchi hayvonlarni o’rganadi. Hasharotlar tabiatda juda keng tarqalgan bo’lib, xar yili 7-10 ming tur yangi hasharotlar aniqlanmoqda. Hasharotlarning tabiat va inson uchun ahamiyati juda katta. 1. Hasharotlar mahsulotlaridan oziq-ovqat, kiyim-kechak sifatida foydalaniladi. Masalan, asalari, tut ipak qurti mahsulotlari. 2. Hasharotlar o’simliklarni chetdan changlantiradi. Natijada, o’simlikning mevasi yirik, mazali, kasalliklarga chidamli bo’ladi. 3. Hasharotlar tabiatining sanitarlari hisoblanadi. Jumladan, biror hayvon o’lsa hasharotlar tezda kelib u bilan oziqlanadi va o’limtikni yo’q qiladi. Hasharotlar dekorativ, ya’ni manzarali hayvon hisoblanadi.. Hasharotlarning tabiat va inson uchun zararli tomonlari ham bor. 1. Ko’plab hasharotlar parazit bo’lib, odam, hayvon va o’simlik organizmiga juda katta zarar yetkazadi; 2. Ko’plab hasharotlar zararkunanda hisoblanadi. Jumladan, chigirtkalar o’simlikning hamma organlarini bilan oziqlanib ularni nobud qiladi; 3. Ba’zi hasharotlar xar hil kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarni odam, hayvon, o’simlik organizmiga o’tishida vositachi hisoblanadi. Masalan, bezgak chivini bezgakni odam organizmiga o’tkazadi. Uy chivini askarida tuxumini qoshiq-tovoqqa, undan odam organizmiga o’tishida vositachi hisoblanadi. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling