Ii. Bob. Adabiyotlar sharxi III. Bob. Asosiy qism


Download 122.5 Kb.
bet1/8
Sana22.06.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1648958
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
termitlar


Mavzu: Termitlar turkumi vakillari.
Reja:
I.Bob.Kirish
II.Bob.Adabiyotlar sharxi
III.Bob.Asosiy qism
3.1. Termitlarni yashashi va termit tepaliklari;
3.2. Qirol va malika hamda askar termitlar;
3.3. Termit vakillari.
IV.Bob. Xulosalar
V.Bob.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish
Entomologiya-hashorotlar to`g`risidagi fan. Hashorotlarnining tuzilishi, hayot kechirishi, ularning individual va tarixiy rivojlanishi, xilma xilligi, yer yuzida tarqalishi, yashash muhiti bilan munosabatlarini o`rganadi. Vazifasiga binoan , nazariy yani umumiy entomologiya va amaliy entomologiyaga bo`linadi. Umumiy entomologiya hashoratlar morfologiyasi, embriologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, etologiyasi, entomogeografiyasi, paleontologiyasi, sistematikasi va boshqalarni o`rganadi.
Amaliy entomologiyaning o`rganish ob`yekti-qishloq xo`jaligi o`simliklari va mahsulotlari zararkunandalari, odam, hayvonlar va o`simliklarning parazitlari hamda xalq xo`jaligida va tabiatda foydali ahamiyatiga ega bo`lgaan hashorotlar. Amamliy entomologiya ham o`z vazifasiga binoan, o`rmon zararkunandalari(o`rmon entomologiyasi), qishloq xo`jaligi zararkunandalari(qishloq xo`jalik entomologiyasi) xonaki va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiluvchi hashorotlar(veterinariya entomologiyasi), odamda parazitlik qiluvchi(tibbiyot entomologiyasi), hamda odam foydalanadigan, mahsulot beradigan tut va dub ipak qurti(ipakchilik), asalarini(asalarichilik) o`rganadigan fanlarga ajratiladi
Entomologiya fani faqat 17-asrda Gollondiya olimi Ya.Svammerdamning asalari anatomiyasi va rivojlanishi(1669), Italiya olimlari M.Malpigining ipak qurti anatomiyasi va rivojlanishi(1686) va F.Buonaning hashoratlar og`iz organlarini ng tuzilishi, Nemis olimi I.Gedartning hashoratlar metamorfozi to`g`risidagi ishlari asosida shakllandi. Shved olimi K.Linney hashorotlarning zamonaviy sistematikasiga asos soldi. U hashoratlarning 1936 turiga tavsif berib, qanotlarning tuzilishi asosida ularni 9 turkimga ajratadi va binar nomenklaturani asoslab beradi. 19-asrda Ingiliz entomologlari U.Kyorbi, J.Uestvud va J.Lebbok yana bir necha turkumlarini tavsiflab berishdi. Fransiya entomologi P.Laterl hashorotlarning sinf hajmidagi sistematikasini taklif etdi. Ch.Darvinni “Turlarning kelib chiqishi(1859) asarining yuzaga kelishi bilan hashorotlar sistematikasi filogenetik asosida tuzila boshladi
19-asrning 2-yarimida hashorotlar anatomiyasi va metomorfozi to`g`risda yirik ishlar paydo bo`ldi. Rus olomlari N.P.Vagner pedogenezni A.A.Tixomirov ipak qurtida sun`iy partonogenezni(1886), A.O.Kovoloveskiy hashorotlarda murtak varaqdarini(1869-1871), P.Marshal poliembrionni(1898)kashf qildi. 20-asr davomida dunyo entomofaunasi bo`yicha juda kata material to`plandi, nazariy va amaliy entomologiya sohasida ko`plab kashfiyotlar qilindi. 20-asr oxirlariga kelib hashorotlarning 1 mln dan ortiq turi aniqlandi, turkumlar soni 40 ga yaqinlashdi, hashorotlar sistematikasi qayta ko`rib chiqildi va takomillashtirildi. Entomologiyada yangi va nozik metodlar(elektron mikroskopiya kariosistematika ) va kompyuter texnologiyasi , sistematikada sonli taksonomiya va taksonomik tahlil qo`llanila boshladi. Hashorotlar fiziologiyasi, nafas olishi(daniyalik olim A.Krog), ayirish (ingiliz olimi V.B.Unglsuort), sezgi organlari, qutblashgan nurni qabul qilish va undan mo`ljal olish(nemis olimi K.Frish) va boshqalar masalalar keng miqyosda o`rganila boshladi. Hashorotlar markaziy nerv sistemasining gormon ajratishi(polyak olimi S.Kopets,1917), tullash gormonlari- ekdizonlar (A.Butenand,1954), hashorotlar rivojlanishini boshqaruvchi yuvenil gormon(K.Uilyams,1956)kashf qilindi. 20-asrning 2- yarimiga kelib hashoratlar ajratadigan va xatti-harakatini boshqaradigan fermentlarning kashf etilishi, hashorotlarni xatti- harakatini o`rganishga qiziqishni kuchaytirdi.
Hashorotlar ekologiyasi sohasidagi dastlabki yirik tadqiqotlar amerika olimlari V.Shelford(1913) va R.Chempen(1913) nomi bilan bog`liq. Nemis olimi G.Blunk(1922) hashorotlani yashash muhiti bilan o`zaro munosabatlarini o`rganadi va ularning rivojlanishi harorat bilan bog`liqni ko`rsatadi. Norvegiya biologi K.Fegri(1975) hashorotlar bilan entomofil o`simliklar o`rtasidagi murakkab munosabatlarni umumlashtiradi.Amaliy entomologiya sohasida tadqiqotlar 19 va 20-asr chegarasida rivojlana boshladi.. Tibbiyot entomologiyaning rivojlanishi bezgak kasalligini tarqatuvchi chivnning o`rganilishidan boshlandi. Tibbiyot va veterinariya entomologiyani rivojlanishida rus olimlari V.N.Beklemishevning transmissiv(hashorotlar va boshqa bo`g`imoyoqlilar orqali tarqaladigan) kassaliklarning tibbiy manbaligi to`g`risidagi ta`limoti katta ahamiyatiga ega bo`ldi. O`rta Osiyo hududida, jumladan, O`zbekistonda Entomologiya sohasida tadqiqotlarni rus tabiatshunos olimi A.B.Fedchenko boshlab bergan. U Olay va Zarafshon bo`ylab o`tkazadigan ekspeditsiyalarida hashorotlarning 200 ga yaqin kolleksiyasini to`plagan. Hozirgi davrda entomologiya sohasida asosiy e`tibor hashorotlarning xilma xilligi, ularning noyob va yo`qolib borayotgan turlarini o`rganish, zararkunanda hashorotlarga qarshi kurashning atrof muhitga kam ziyon yetkazadigan ilmiy tadqiqit ishlari olib borilmoqda. Bu maqsadda har xil biologik faol pereparatlar, jumladan, attraktantlar, feramonlar, jinsiy garmonlarda foydalanish metodlari ishlab chiqilmoqda.


Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling