1. Mashina va mexanizmlarning mexanik fik ketma-ket, parallel ulashdagi fik. Tishli g‘ildiraklarning fik


Download 71 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi71 Kb.
#1634405
Bog'liq
mexanizimlarning fik


Mexanizimlarning FIK

Reja:



1.Mashina va mexanizmlarning mexanik FIK
2.Ketma-ket, parallel ulashdagi FIK.
3.Tishli g‘ildiraklarning FIK.
Aniqlashtirilgan о‘quv maqsadlari (talabaning vazifalari)
Talaba ushbu mavzuni tо‘la о‘zlashtirgandan sо‘ng:
1. Foydali ish koyeffitsiyenti haqida tushunchaga ega bо‘ladi
2. Yо‘qotilish koyeffitsiyenti haqida tushunchaga ega bо‘ladi
3. Ketma-ket ulashdagi mexanik FIK ini aniqlashni biladi
4. Parallel ulashdagi mexanik FIK ini aniqlay oladi
5. Tishli g‘ildirakdagi FIK ini aniqlay oladi
6. Ketma-ket va parallel ulashdagi FIK larini taqqoslay oladi


Mashinalarni mexanik foydali ish koyeffitsiyenti.
Mashinaning mexanik FIK mashina ishining bir mehyorda ishlashidagi effektini xarakterlovchi faktordir. U mashinaning harakatlantiruvchi kuchining qanchasi foydali qarshilikni yengish uchun ketganligini anglatadi. Kо‘p bо‘lsa mashinada zararli qarshilik kam ekanligini, mashina tejam bilan ishlashini bildiradi.
Mashinaning FIK hamma vaqt birdan kichik bо‘ladi, chunki harakatlantiruvchi kuchning ishi (Ag), mashinadagi foydali qarshilik kuchining ishi (Afq) bilan zararli qarshilik kuchining ishi (Azq) ni yengish uchun sarflanadi. Mashinaning barqaror harakati davrida uning harakati quyidagi tenglama bilan aniqlanadi.
yoki
Mashinadagi foydali qarshilik kuchlari ishining harakatlantiruvchi kuchlar ishiga nisbati shu mashinaning foydali ish koyeffitsiyenti deb ataladi va  bilan belgilanadi. Uning matematik ifodasi:

Mashinaning mexanik FIK mashinaning qanchalik yaxshi ishlanganligini bildiradi. Foydali ish koyeffitsiyentini quvvat bilan ifodalasa ham bо‘ladi.

FIK ideal mashinalar uchun birga teng bо‘lib hech qanday foydali ish bajarmaydigan mashinalar uchun nolga tengdir. Zararli qarshilik kuchlari ishining harakatlantiruvchi kuchlar ishiga nisbati yо‘qotilish koyeffitsiyenti deb ataladi. Yо‘qotilish koyeffitsiyentini  bilan belgilab uning uchun matematik ifodani quyidagicha yozamiz:

Mashinada bir necha kinematik juft bо‘lsa, u holda har bir kinematik juftda yо‘qotilgan zararli ish yoki quvvat topilib, ular bir-biriga qо‘shiladi. Bunday hol uchun yо‘qotilish koyeffitsiyenti quyidagicha bо‘ladi.

Mashinaning foydali ish koyeffitsiyenti esa quyidagicha bо‘ladi;

Ketma-ket ulashda foydali ish koyeffitsiyenti.

rasm. Ketma-ket ulash
Agar mashina n ta mexanizmdan tarkib topgan bо‘lib, mexanizmlar esa ketma-ket ulangan bо‘lsa, bunday mashinaning FIK shu mashina tarkibiga kiruvchi barcha mexanizmlar FIKining kо‘paytmasiga teng.
Agar mashina tarkibidagi mexanizmlarning foydali ish koyeffitsiyentlarini 1, 2, 3,…. n, desak, mashinaning umumiy FIK (0 ) ning matematik ifodasi quyidagicha bо‘ladi.

bu yerda: An - n ta mexanizmning foydali ishi.
Parallel ulashda foydali ish koyeffitsiyenti.

10.2-rasm.Parallel ulash
Parallel ulash ikki xil bо‘lishi mumkin: bir quvvat manbaidan bir necha mexanizmlarga quvvat uzatish va bir necha quvvat manbaidan parallel uzatish vositasidan birgina mexanizm harakatga keltirilishi mumkin. Biz quyida bitta quvvat manbaidan n ta mexanizmga quvvat uzatishdagi foydali ish koyeffitsiyentini topish bilan tanishib chiqamiz.
Etaklovchi zvenodagi ishni A1 deb olib uni A1m, A1n, va A1ye ishlardan iborat deb qaraymiz. Bu ishlar M1, M2 , M3 , mexanizmlar orqali yetaklanuvchi m, n va e zvenolarga uzatiladi. Foydali ish koyeffitsiyentini topishning umumiy qoidasiga asosan, umumiy mexanikaviy foydali ish koyeffitsiyenti quyidagicha topiladi.

Adabiyotlar:


1.Artobolevskiy I.I. “Teoriya mexanizmov i mashin”. M.: “Nauka”, 1988 g.
2.Usmanxodjayev X.X. “Mexanizm va mashinalar nazariyasi”.T.:“О‘qituvchi”, 1981 y.
3. Frolov K.V. va bosh. “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”. T.: “О‘qituvchi”, 1987 y. (tarjima).
4. Izzatov Z.X. “Mexanizm va mashinalar nazariyasidan kursaviy loyixalash”. T.: “О‘qituvchi”, 1979 y.
5. Muxamedov J. “Mexanizm va mashinalar nazariyasi”. О‘quv qо‘llanma. Namangan – 2003 y.
6. Yudin V.A., Petrokas L.V.“Teoriya mexanizmov i mashin”. M.: “Visshaya shkola”, 1977 g.
7. Popov S. A. “Kursovoye proyektirovaniye po teorii mexanizmov i mashin”. M.: “Mashinastoreniye”, 1986 g.
8. Levitskaya O. N., Levitskiy N. I. “Kurs teorii mexanizmov mashin”. M.: “Nauka”, 1985 g.
9. Farberman L. B., Musina R. G. va bosh. “Oliy о‘quv yurtlarida о‘qitishning zamonaviy usullari”. О‘quv – uslubiy qо‘llanma. T.: OО‘MMMI, 2002 y., 192 b.
10. Ishmatov Q. “Pedagogik texnologiya”. О‘quv qо‘llanma. NamMPI,2004y.,95b.
Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling