12 laboratoriya ishi Tok manbalarining fik ni aniqlashni o’rganish Ishning maqsadi


Download 138 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi138 Kb.
#252261
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-lab


12 - laboratoriya ishi

Tok manbalarining FIK ni aniqlashni o’rganish

Ishning maqsadi: tok manbaining tuzilishi, ishlash prinsipi bilan tanishish va uning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) ni aniqlash.

Qisqacha nazariya: Tok manbaining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) ni bilish ahamiyatga egadir. FIK ni aniqlash uchun tok manbai (element, akkumulyator, o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tok generatori), elektr energiyani uzatish simlari (uzatish simlarining elektr qarshiligini ifodalash uchun unga ekvivalent R0 etalon qarshilik zanjirga kiritilgan) va R qarshilikni iste’molchilardan iborat elektr zanjirdan foydalanamiz (1-rasm).

Foydali ish koeffitsiyentini quyidagi ikki usulda: birinchidan tok manbaining ichki qarshiligini e’tiborga olgan holda elektr yurituvchi kuch ishtirokida va ikkinchidan, manbaning qisqichlaridagi potensiallar tushuvini e’tiborga olgan holda Om va Joul-Lens qonunlariga asoslanib aniqlash mumkin. Iste’molchida sarflanuvchi quvvat kattaligi jihatidan manbaning to’la quvvatidan kichik bo’ladi.



1 - rasm


O’zgarmas tok manbaiga ega bo’lgan elektr zanjirdagi quvvatni aniqlashda zanjirning ixtiyoriy qismidagi quvvat shu qismdan o’tuvchi tok kuchi bilan kuchlanish ko’paytmasiga ekvivalent ekanligidan, qo’shimcha maxsus o’lchov asbobi bo’lishiga zaruriyat bo’lmaydi. Ammo o’zgaruvchan tok manbaiga ega bo’lgan elektr zanjirda esa induktiv va sig’im qarshiliklarga bog’liq holda namoyon bo’luvchi faza siljishi quvvatni aniqlashda maxsus o’lchov asbobidan foydalanishni taqozo qiladi. Tok zanjirining to’la quvvatini yoki uning biror qismining quvvatini aniqlashda vattmetr asbobidan foydalaniladi. Buning uchun o’zgarmas va o’zgaruvchan tok manbai elektr zanjirlarining har birini alohida-alohida ko’rib o’tish maqsadga muvofiqdir.

1-mashq


Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling