1-mashq. Ot, sifat, son va olmoshning sintaktik vazifasini aniqlang


Download 15.07 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi15.07 Kb.
#1168221
Bog'liq
Olmosh mashq


1-mashq. Ot, sifat, son va olmoshning sintaktik vazifasini aniqlang.
1.Ushbu gaplarning bari yolg’on 2 Men ularni omborda saqlayman.3. Bunaqa gaplar bilan biźni chalg’itmang 4.Siz Kimsiz, menda nima ishingiz bor ? 5. Mana bu rasmni o’zim chizdim. 6 Siz nimani qidiryapsiz? 7.Qorovul kimnidir chaqirdi, allakim bilan gaplashdi 8.Shu vatanda o’sdim unib. 9 U o’z kitoblarini hech kimdan ayamaydi. 10.Xamma uning nimalarnidir gapirishini kutardi. 11 Bu yigit kimingiz bo’ladi? 12 Biz hech qachon hech kimni unutmaymiz, 13.Siz qanday va nechta kitob oldingiz?
2-mashq. Olmosh o’rnida qo’llangan so’zlar ostiga chizing.
1 Ilmiy ekspeditsiya tarkibida kamina ham bor edi 2. Faqir sizning xizmatingizga bel bog’lagan. 3.Sizni duo qilib qoluvchi bandai ojizingiz 4 Janoblarini yangi bir vazifaga tayinlamoq fikriga keldim 5. Kechirasiz. bek, qulingiz sizga buni ravo ko’rmaydur. 6. Kaminai kamtarin har qanday og’ir buyruqni bajarishga tayyor.
3-mashq. Berilgan olmoshlarni tuzilishiga ko’ra jadvalga joylashtiring.
Olmoshlar: men, mana shu, u, o’sha-o’sha, u-bu, siz-biz, hech kim, har bir, hech nima, kim, qanday allakim, sen-men, kimdir, shu-shu, ann shu, allaqaysi, nima uchun, nega, qandaydir, bari, kim-kimlar, nima-nima, birov, o’zingiz, shuncha, bunaqa, shunday, buncha, ana 5-mashq. Quyidagi olmoshlarni ma’no jihatdan turlarga ajrating. O’z, biz, bu, shunday, hech kim, ular, bunday, o’sha, har kim, kimdir, shu, hamma, hech nima, siz, men, o‘zim, hech qanday, allanima, har bir, barcha, sen, mana shu, anavi, har qaysi, yalpi, hech qachon, har qanday, qachon, negadir, meniki, nega, nimadir, allakim, har nima, allaqanday, qanday, jami, hamma, har qachon, qandaydir, bir kishi, ana-mana, bir narsa, buncha, shuncha, butun, allaqaysi
6-mashq. Olmoshlarni ma’no jihatdan turlarga ajrating.
1. Ular anhor ko‘prigi ustida to’xtashdi 2.Keksaga hurmat – o’zingga izzat 3. Uning yoshi nechada? 4.Atrofda hech kim yo’q edi. 5.A’zimjon bilan Toshkentda ko’rishgan edi, o’sha gapirib berdi. 6. Allaqancha bolalar to planishib qandaydir yangi bir kuyda yoqimli qo’shiq aytar edilar. 7. Har bir bekning navkarlari oʻzlariga qarashli yuklarni tuya qo shilgan og’ir aravalarga ortmoqdalar. 8. Biznikiga mehmon keldi, Hammasining qoshi qora. 9. Hamma nopok, hamma egri, yolg’iz siz to’g’ri 10. Aybdor o zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror qildi 11 Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi 7-mashq. Ko`chiring. Olmoshlarni topib, tuzilishiga ko’ra turini yozing. 1.Shu-shu Otaqo‘zi ochilib ketib o’rinli-o’rinsiz gaplarni ko’p gapirib yubordi. 2. Siz o’zingizni tuproq bilan tenglashtirmakchi bo’lgansiz 3. Hech qanaqa shartim yo’q. Ishlab u-bu orttirish niyatim ham yoq 4. Shu-shu bo’ldi-yu, Tursunboyning qulog’idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. 5.Hamma unga o‘girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko’rmas edi: 6.Mana bu manzarani qaranglar, qizlar, - dedi Manzura
Download 15.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling