1-mavzu: Avtomobil yo‘llarini qidiruv bo‘yicha umumiy ma’lumot


Download 23.76 Kb.
bet1/2
Sana09.05.2023
Hajmi23.76 Kb.
#1449761
  1   2
Bog'liq
1-maruza


1-mavzu: Avtomobil yo‘llarini qidiruv bo‘yicha umumiy ma’lumot.

Reja:


  1. Avtomobil yo‘llari haqida umumiy tushunchalar.

  2. Avtomobil yo‘llarini qidiruv ishlari tarkibi va turlari.

  3. Qidiruv ishlarining natijalari va ularning axamiyati.



Avtomobil yo‘llari haqida umumiy tushunchalar.
Xalk xujaligining transport tizimida avtomobil yo‘llarining roli.
Yuklar va yo‘lovchilar temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, xavo yo‘llari, daryo va dengiz kema yo‘llaridan tashiladi. Suyukliklar va gazlar quvurlar buylab tashiladi.
Temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilarning asosiy qismi uzoq masofalarga tashiladi. Biroq yuklarning temir yo‘llarga keltirilishi va ularning iste’molchilarga yetkazib berilishi ortish-tushirish stansiyalari bilan bogliq. Shuning uchun temir yo‘l transporti boshka transport turlari bilan uzviy boglik; ravishda ishlashi lozim. Kemalar tuxtaydigan joylar va aeroportlarda xam yuklarni keltirish yo‘llariga extiyoj buladi
Avtomobil transporti yuklarni bevosita tashkil etilgan joyidan kabul kilib, ularni muljallangan joyiga bevosita yetkazib berishi mumkin. Biroq avtomobil transportining tonna kilometrlarga sarflagan energiyasi boshka turdagi transport xarajatlaridan ortik bulib, temir yo‘l tarmogi rivojlangan joylarda uning asosiy faoliyati shoxobcha yo‘llarda yuk tashishdan va temir yo‘l transportidan tushirilgan yuklarni nisbatan qisqa masofalarga tashishdan iborat buladi. Yo‘l tarmog’ining xolati yaxshi bulganida 200-400 km gacha bulgan masofalarda yuklar avtomobil transportida temir yo‘l transportiga qaraganda tezroq yetkazib beriladi. Avtomobil transportidan, shuningdeq tez ayniydigan yuklarni uzok masofalarga magistral yo‘llardan tashishda muvaffaqiyatli foydalaniladi, chunki bu xolda yuklarni yetkazib berish urtacha tezligi temir yo‘l buylab yetkazib berishdan yukori buladi (asosiy stansiyalarda poyezdlarni qayta tirkashga ko‘p vaqt yo‘qotiladi).
Ayniqsa tog‘li joylarda va temir yo‘l xamda suv yo‘llari yuk joylarda avtomobil transportining roli beqiyosdir.
Avtomobil transporti bilan tashiladigan yuklarning umumiy xajmi boshqa transport turlari bilan tashiladigan yuk miqdoridan ancha ortiqdir. Ammo yuklar yaqin masofalarga tashilganligidan tonna-kilometr bilan ifodalanadigan umumiy yuk aylanmasida avtomobil transporti tashiydigan solishtirma yuk miqdori 6-7% dan oshmaydi.
Avtomobil transporti temir yo‘l transportiga qo‘shimcha ravishda yo‘lovchilar tashiydi va bu bilan temir yo‘ldan chetda joylashgan axoli yashaydigan punktlar bilan aloqa boglaydi, avtomobil yo‘llari bo‘ylab mustaqil ravishda va axoli punktlari chegarasida katta xajmdagi yuk tashish ishlarini bajaradi. Yo‘lovchilar tashish buyicha yo‘lovchi-kilometr xisobida uning ulushiga 40% dan ortiqroq ish to‘g‘ri keladi.
Avtomobil transporti axoli kam yashaydigan joylarni o‘zlashtirishda katta axamiyatga ega, chunki avtomobil yo‘llarini qurish temir yo‘llarni qurishga qaraganda arzonga tushadi. Shu boisdan yo‘l qurilishi yangi qishloq xujalik xududlarini o‘zlashtirish, katta foydali konlarni ishga tushirish, yangi yirik sanoat rayonlarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar qatori bir vaqtda olib boriladi.

Download 23.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling