1-mavzu: Avtomobil yo‘llarini qidiruv bo‘yicha umumiy ma’lumot
Loyiha-qidiruv ishlarining turlari
Download 23.76 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-maruza
Loyiha-qidiruv ishlarining turlari
Loyihalanadigan yo‘lning xalq xo‘jaligi talablarini qondirish darajasi va uni qurish qiymati loyihada istiqbolda ko‘zda tutilgan harakatlanish ko‘lami va xususiyatlarining sinchiklab hisobga olinishiga, mahalliy tabiiy sharoitlarga, yo‘l xizmat qiladigan mintaqalarning rivojlanish rejalariga va yo‘l qurishni amalga oshiradigan tashkilotlarning texnik imkoniyatlariga mutlaqo bog‘liqdir. Yo‘l qurilishi ancha ko‘p miqdorda pul mablag‘lari, moddiy va mehnat resurslari sarflashni talab etadi. Qurilgan yo‘lning yuqori transportbop sifatlarini ta’minlash yo‘l uchun kamyob yoki xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun juda zarur bo‘lgan yerlarni olib qo‘yish, yer qazish ishlari hajmi, tashib keltiriladigan qimmat qurilish materiallaridan foydalanish borasida juda o‘ylab hal etilgan va iqtisodiy jihatdan asoslangan yechimlar bilan birga qo‘shib olib borilishi kerak. Loyihachi har qaysi loyiha yechimini o‘ylay turib, bu loyihani quruvchilar qanday amalga oshirishlari mumkinligini va bu yechim avtomobil transportidan foydalanish sharoitlariga qay darajada ta’sir etishini yaqqol tasavvur etishi kerak. Uning yechimi fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslanishi va albatta sanoat qurilishining zamonaviy ilg‘or usullarini ko‘zda tutishi kerak. Yo‘lning ishlashi ko‘p jihatdan uning joydagi vaziyati bilan belgilanadi. Barcha loyiha yechimlari mahalliy xalq xo‘jalik va tabiiy sharoitlarni batafsil va chuqur o‘rganishga asoslangan bo‘lishi kerak. Uzoq vaqtlargacha buning uchun asosiy yo‘l loyihalash tashkilotlari xodimlarining barcha zarur suratga olishlar — qidiruvlarni amalga oshirish uchun joylarga chiqib ketishlari edi. Hozirgi aerofotosuratga olish texnikasining rivojlanishi oldinlari bajarilgan ishlarning katta qismini kameral sharoitlarga o‘tkazishga imkon beradi. Bunda borish qiyin bo‘lgan tog‘li yoki o‘rmon bosgan rayonlar uchun trassani (yo‘lning o‘q chizigini) eng yaxshi o‘tkazishni ishonchli tanlash ta’minlanadi va muhandislik — geologik ishlar hajmi kamayadi. Biroq aerofotosuratlarni deshifrovka qilish (ma’nosini ochib berish) usullarining tabora rivojlanib borishiga qaramasdan, loyihalash uchun zarur bo‘lgan ko‘pgina ma’lumotlarni yerda olib boriladigan geodezik ishlar natijasida olish mumkin, shuning uchun bular loyiha tuzishdagi majburiy elementlar bo‘lib qolmoqda. Yerda olib boriladigan geodezik suratga olishlar, shuningdek qurilish ishlari boshlanishidan oldin trassani joyda tiklash uchun zarur. Avtomobil yo‘llarini loyihalash bitta yoki ikkita bosqichda amalga oshiriladi. Bitta bosqichda (qidiruvlar asosida tuziladigan ish loyihasi qiymatni yig‘ma smetali hisoblanishi bilan) qulay, yaxshi o‘rganilgan tabiiy sharoitlarda oddiy, texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlar va yo‘llarni loyihalash amalga oshiriladi. Bunda namunaviy hamda foydalanish sharoitida o‘zini oqlagan takror qo‘llanadigan alohida (individual) loyihalardan keng foydalaniladi. Ikki bosqichda (qurilishdan oldin o‘tkazilgan uzil —kesil muhandislik qidiruvlari asosida tuziladigan loyiha yig‘ma smetali hisoblash va ish xujjatlari smetalari bilan) davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan katga yo‘llar, shuningdeq alohida hisobga olishni talab etadigan murakkab tabiiy xususiyatli mintaqalardagi yo‘llar loyihalanadi. Qidiruvlar o‘tkazish va avtomobil yo‘llari loyihalarini ishlab chiqish topshirig‘i loyihalash tashkilotlari tomonidan reja organlari ishlab chiqadigan mamlakatning iqtisodiy mintaqalarida xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining rivojlanish va joylashtirilish sxemalari asosida beriladi. Bu sxemalarni batafsillashtirish 15...20 yilgacha istiqbolga mo‘ljallab yo‘l tarmoqlarini rivojlantarish sxemalarini tuzishdan iborat, ular mo‘ljallangan transport qurilishi ob’yektlarining amalga oshirilishining zarurligini va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslovchi iqtisodiy qidiruv ma’lumotlari asosida tuziladi. Muhim yo‘llar loyihalarini tuzishdan oldingi loyiha oldi bosqichiga tegishli bo‘lgan bu ishlar asosida yo‘llar qurilishi yoki qayta qurilishi hamda yo‘llardagi yirik muhandislik inshootlari samaradorligining batafsil texnik — iqtisodiy asoslanishi tuziladi. Download 23.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling