1-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari


Download 45.46 Kb.
bet6/7
Sana18.03.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1283445
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu - ma\'ruza - Ekonometrik modellshtirish asoslari

Ekonometrik model – bu ehtimollik-stoxastik model. Bu model yordamida iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarish qonuniyatlarini matematik ko’rinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko’rinishda ifodalash mumkin. Umumiy ko’rinishida ekonometrik model quyidagicha yoziladi:

Ekonometrik modelda y – asosiy endogen ko’rsatkich, modelda y o’zgarish qonuniyatlarini yordamida o’rganish mumkin.
– ta’sir etuvchi, ekzogen ko’rsatkichlar.5
Ekonometrik modelda fiktiv ko’rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv ko’rsatkichlar – bu sifatli ko’rsatkichlar miqdoriy ko’rsatkichlarga o’tkazilgan ko’rsatkichlar.
Ekonometrik model chiziqli va chiziqsiz ko’rinishda tuzilishi mumkin.
Chiziqsiz modellar parabola, giperbola, darajali funktsiya, ko’rsatkichli funktsiya, trigonometrik funktsiya va boshqalar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Tuzilgan ekonometrik modelning haqiqiyligi to’plangan ma’lumotlar hajmiga; ma’lumotlarning aniqlik darajasiga; tadqiqotchining malakasiga; modellashtirish jarayoniga; echiladigan masalaning xarakteriga bog’liq.
4. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari
Modellashtirish jarayonining asosiy bosqishlari turli sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyotda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bitta tsiklining bosqishlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik.
Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi.
Birinchi bosqich – spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qo’yilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to’planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi ko’rsatkichlar aniqlanadi.

Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling