1-mavzu. Hududiy moliya organlarining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini o‘rganish


Download 25.56 Kb.
bet1/3
Sana17.01.2023
Hajmi25.56 Kb.
#1097439
  1   2   3
Bog'liq
Hududiy moliya organlari




1-mavzu. Hududiy moliya organlarining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini o‘rganish

  • Hududiy moliya organlarining funksiyalariga quyidagilar kiradi:

a) mahalliy budjetlar tuzilishini tashkil etish va ijrosini monitoring qilish bo‘yicha:
mahalliy budjetlarni shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash
va ijro etishda hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ushbu jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy budjetlarga budjet ssudasi, o‘tkazib beriladigan mablag‘lar va budjetlaro transfertlarni ajratish yuzasidan takliflar tayyorlash;
mahalliy budjetlar tasdiqlangan parametrlari va ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar oshkoraligini ta’minlashda hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ushbu jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari (keyingi o‘rinlarda – mahalliy budjetlar) xarajatlari natijadorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy moliya organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini Vazirlik buyrug‘i asosida tasdiqlanadigan baholash mezonlari (KPI) asosida baholash hamda ular faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
b) Davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish va hududlarni inspeksiya qilish yuzasidan:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar
va yig‘ilish bayonlari loyihalari bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda qabul qilingan hujjatlar ijrosini monitoring qilish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va yig‘ilish bayonlari ijrosini monitoring qilishda hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ushbu jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
c) Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha:
Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan respublika jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – respublika jamg‘armasi) mablag‘lari tushumi va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqish hamda ularni jamg‘armaning kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
respublika jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni shakllantirish hamda ko‘rib chiqish uchun jamg‘armaning kuzatuv kengashiga kiritish;
Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun respublika jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishini monitoring qilish;
hududiy jamg‘armalar daromadlarining shakllanishini hamda yetkazilgan zarar uchun tovon pullarining to‘lanishida hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ushbu jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
d) hududiy moliya organlari va mahalliy budjetlar bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha:
Departamentga mazkur nizom, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga asosan yuklatilgan funksiya va vazifalardan kelib chiqqan holda yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezidenti, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va Vazirlik hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda vazirlikning xulosa va takliflarini tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar va yig‘ilish bayonlarida departamentga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda hududiy moliya organlariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Departamentga mazkur nizom, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga ko‘ra hududiy moliya organlari faoliyati va mahalliy budjetlar ijrosi bilan bog‘liq tegishli masalalar yuzasidan:
Vazirlik Hay’ati majlislarini o‘tkazish bo‘yicha Hay’at raisi va a’zolariga takliflar kiritish hamda Hay’at majlisiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlariga tegishli ma’lumotlarni tayyorlash;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qilingan murojaatlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablari asosida ko‘rib chiqish;
Departamentga mazkur nizom, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga asosan yuklatilgan funksiya va vazifalardan kelib chiqqan holda yo‘naltirilgan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaat, shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli xulosa (javob xatlari) tayyorlash.



Download 25.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling