Normativ-huquqiy hujjatlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi


Download 26.9 Kb.
bet1/5
Sana08.06.2023
Hajmi26.9 Kb.
#1463081
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat huquq asoslari va konstitutsiyaviy huquq kazus


2-kazus
Normativ-huquqiy hujjatlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Olimlar normativ-huquqiy hujjatlardan boshqa huquq manbalari (huquqiy odat, sud
va ma’muriy pretsedentlar) umumiy tartibga soluvchi ahamiyatga molik emas deb
hisoblashadi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ular qisman, yordamchi va
qo‘shimcha ahamiyat kasb etadi.
Huquq manbasi sifatida normativ-huquqiy hujjatning boshqa huquq manbalaridan
ajralib turuvchi tomonlarini misollar yordamida muhokama qiling.


Javob
Huquq manbalari quyidagilar:
1. Normativ huquqiy hujjat.
2. Huquqiy odat.
3. Huquqiy pretsedent.
4. Normativ shartnoma.
Normativ-huquqiy hujjat– huquqning asosiy manbaidir. Normativhuquqiy hujjat vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik huquqiy hujjati bo‘ lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Qonunchilik– vakolatli davlat organlarining qonun chiqarish faoli yati hamda har bir vakolatli davlat organining qat’iy belgilangan huqu qiy-normativ hujjatlarni chiqarish huquqiga egaligidir.
Normativ-huquqiy hujjatning belgilari:
– huquqiy normalarni mustahkamlaydi, rasmiylashtiradi;
– belgilangan qoidalarning mazmunini bayon etadi;
– belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Qonun, shu jumladan, asosiy qonun hisoblangan – Konstitutsiya. Ular, umumxalq ovoz berish yo‘li bilan yoki parlament tomonidan qabul qili nadi;
2. Farmon – davlat boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjati;
3. Hukumat qarorlari va farmoyishlari;
4. Vazirliklar va boshqa davlat idoralarining buyruq va qarorlari;
5. Mahalliy vakillik va ijroiya davlat organlarining qarorlari.

Download 26.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling